Hasharotlarning ichki tuzilishi.
1.Yashil bronza qo’ng’izi nimalar b-n oziqlanadi?------O’simlik guli, yosh barglar va yetilmagan mevalar.
2.Yashil bronza qo’ng’izi nimasi yordamida o’simlik to’qimalarini uzib oladi?---Yuqori jag’lari.
3.Yashil bronza qo’ng’izi nima yordamida oziq moddalarni maydalaydi?---Pastki jag’lari.
4.Bronza qo’ng’izining og’iz apparati qanday tipda tuzilgan?------Kemiruvchi.
5.Hazm qilish sistemasining ketma-ketligi?------Og’iz, halqum, qizilo’ngach, oshqozon, ichak, orqa chiqaruv teshigi.
6.Qattiq o’simlik va hayvon to’qimasi b-n oziqlanadigan hasharotlar?------Beshiktebratar, qo’ng’iz, qandala.
7.Suyuq oziq b-n oziqlanadigan hasharotlarning og’iz apparati qanday tipda tuzilgan?-------Uzun va ingichka xartumcha.
8.Qon aylanish sistemasi qanday tipda tuzuilgan?-----Ochiq tipda.
9.Bronza qo’ng’iziningt ichki organlari va to’qimalari qayerda joylashgan?-----Qon suyuqligida.
10.Hasharotlarning qoni …..ishtirok etmaydi?------Nafas olishda .
11. Hasharotlarning yuragi qayerda joylashgan?----Qorin bo’limida, ichagining ustida.
12.Yuragi qanday tuzilgan?-----Muskulli naychadan.
13.Yuragi qisqarganda qon qayerga haydaladi?-------Bosh tomonga, u yerdan tana bo’shlig’iga.
14.Yuragi kengayganda qon tana bo’shlig’idan qayerga quyiladi?-----Yurak ichiga.
15.Nafas olish sistemasi qanday tipda tuzilgan?------Ingichka naychali traxeyalardan.
16.Traxeyalarda havo qanday almashinadi?-----Qorin muskullarining dam-badam qisqarishi natijasida.
17.Ayirish vazifasini nima bajaradi?-------Malpigi naychalari.
18.Malpigi naychalarini uchlari qayerga ochilgan?---Bir uchi berk, ikkinchi uchiichak bo’shlig’iga.
19.Nerv sistemasi nimadan iborat?-----Nerv halqasi va qorin nerv zanjiridan.
20.Hasharotlarning boshidagi juda ko’p nerv tugunlari qo’shilib nimani hosil qiladi?---Bosh miyani.
21.Qaysi hasharotning bosh miyasi kuchli rivojlangan?-----Ari va chumoli.
22.Ayrim kapalak erkagi urg’ochisining hidini qancha masofadan sezadi?-----11 km dan.
23.Qaysi hasharotlarda ovoz chiqarish va eshitish organi rivojlangan?------Chirildoq,temirchak, jizildoq.
24.Hasharotlarning sezgi a’zolari nima hisoblanadi?-------Tanasidagi va mo’ylovlaridagi tukchalar.
Dostları ilə paylaş: |