Qushlarning mavsumiy hodisalarga moslanishi.
1.Yil fasllariga qarab oz’garishiga binoan qushlar qanday guruhlarga bo’linadi?---O’troq, ko’chib yuruvchi va uchib ketuvchi.
2.Qaysi qushlar o’troq qushlar hisoblanadi?-------Chittak, musicha, ko’k kaptar, kaklik, so’fito’rg’ay, qirg’ovul.
3.Qaysi qush yozda bir oz oziq g’amlaydi?------Chittak.
4.Chittak urug’ va hasharotlarni yozda qayerga yashirib qo’yai?---Darxt po’stlog’i yoriqlariga va shoxlardagi lishayniklar orasiga.
5.Qaysi qushlar ko’chmanchi qushlar hisoblanadi?----Go’ngqarg’alar, olaqarg’a, zog’cha, qorayaloq.
6.Qaysi qushlar sovuq tusha boshlashi bilan gala bo’lib, qor kam, oziq mo’l bo’lgan joylarga uchib ketadi?---Ko’chmanchi qushlar.
7.Qaysi qushlar yoz oyining oxiri yoki erta kuzda uchib ketadi?-----Qaldirg’och, bulbul, zarg’aldoq, laylaklar.
8.Qaysi qushlar oziq topolmay qolgandan keyin uchib ketadi?------O’rdak, g’oz, oqqush.
9.Qushlarning qishlov joyiga uchib ketishiga nima signal bo’ladi?---Kuzda kunlarning qisqarishi.
10.Qushlarning uchib ketishi va uchib kelishi nima hisoblanadi?------Tug’ma instinkt.
11.Qushlar nima maqsadlarda halqalanadi?-----Qishlov joyi, uchib ketish yo’li, tarqalishi va qancha umr ko’rishini.
12.O’rta Osiyo laylaklari qayerlarda qishlaydi?------Shimoliy Hindistonda.
13.Bulbullar qayerda qishlaydi?----Tropik Afrikada.
14.Qaldirg’ochlar qayerlarda qishlaydi?-----Afrika va Hindistonda.
15.Yevropa laylaklari qayerda qishlaydi?---Janubiy-Sharqiy Osiyo.
16.Qushlarni uchib o’tish yo’li va qishlov joyi nima orqali o’rganiladi?---Halqalash.
17.Qushlarni erta bahorda o’z vatanlariga uchib kelishi nima bilan bog’liq?—Ko’payish instinkti.
Dostları ilə paylaş: |