The Importance of Reading


Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi



Yüklə 2,63 Mb.
səhifə2/3
tarix31.03.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#103792
1   2   3
Alijonov

Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi

Jahon xo‘jaligining globallashuvi yo‘nalishlari va ziddiyatlari

  • Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bilan bir qatorda globallashuvi jarayoni ham muhim o‘rin tutadi. Bu har ikkala tushuncha o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular jahon xo‘jaligi subyektlarining umumiy maqsadlarga erishish yo‘lidagi xatti-harakatlarining birlashuvi jarayonini aks ettiradi. Shuningdek, bu tushunchalar bir-biridan farqlanadi. Birinchidan, ular bir xilda bo‘lmagan xo‘jalik birlashmalari miqyoslarini ifodalaydilar. Oldingi o‘rinda ko‘rsatilganidek, baynalminallashuv jahon xo‘jaligining bir necha subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar o‘matilishi va rivojlanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Globallashuv (lotincha globus - yer kurrasi) jahon xo‘jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi. Bugungi kunda globallashuv jarayoni ahamiyatining tobora oshib borishi iqtisodiy adabiyotlarda uning rivojlanish yo‘nalishlari va ziddiyatlari kabi masalalaming ham ko‘rib chiqilishini taqozo etmoqda.

Jahon xo‘jaligining globallashuvi yo‘nalishlari va ziddiyatlari

Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. Jahon infratuzilmasining rivojlanishi

  • Jahon xo‘jaligi murakkab tizim hisoblanadi. Turli milliy iqtisodiyotlar (yoki ular tashqi iqtisodiy aloqalari)ning barcha majmui tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan mustahkamlangan bo‘ladi. Shu asosda mamlakatlar o‘rtasida xalqaro iqtisodiy munosabatlar vujudga keladi. Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi eng awalo milliy xo‘jaliklaming xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokiga bog‘liq. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. Jahon bozoriga tovar va xizmatlarning xalqaro harakati sifatida qarash mumkin. Jahon bozori o‘zining rivojlanishida bir qator bosqichlardan o‘tadiki, ulardan har biri milliy xo‘jalikning xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb qilinishining ma’lum darajasi bilan tavsiflanadi. Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi va jahon bozorining asosiy belgi va xususiyatlarini 27 bobda batafsil ko’rib chiqamiz.

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə