Tibbiyot psixologiyasining predmeti



Yüklə 18,87 Kb.
tarix26.09.2017
ölçüsü18,87 Kb.


AIM.UZ



TIBBIYOT PSIXOLOGIYASINING PREDMETI



Reja:

1. Tibbiyot psixologiyasi haqida tushuncha.

2.Tibbiyot psixologiyasining fan sifatida rivojlanishi.

3. Tibbiyot psixologiyasining tarmoqlari.

4. Tibbiyot psixologiyasining ahamiyati.
Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar


  • Tibbiyotpsixologiyasi - umumiy psixologiyaning tarkibiy qismi bo'lib kasalliklarning kelib chiqishida psixikaning o'rni va ahamiyatini o'rganadi.




  • Psixogigiena, psixoprofilaktika kasalliklarning oldini olish, saqlash va mustahkamlashda psixikaning rolini o'rganadi




  • Patopsixologiya tibbiyot psixologiyasining tarmog'i bo'lib, kasal odam psixikasini o'rganadigan tarmoq. E Krechmer (1888 - 1964) tibbiyoi psixologiyasini fan sifatida ajrab chiqishiga o'zi yaratgan nazariyasi bilan hissa qo’shgan olim.


Tibbiyot psixologiyasini o'rganilish qanday ahamiyatga ega?
Tibbiyot psixologiyasi birmuncha yangi fan bo'lib, uni tarao'o'iy etish zamonaviy meditsina yutuqlariga, uni oldida turgan vazifalariga chambar - chas bog'liq.

Tibbiyot psixologiyasining maqsadi bemorga uning shaxsiga oid individual xususiyatlarini hisobga olgan holda shubhasiz terapevtik samara beradigan usullarni topib yondoshishdir.

Tibbiyot psixologiyasi quyidagilarni o'rganadi:

A) Kasalliklarni psixik ko'rinishini.

B) Kasalliklarni kelib chiqishi va o'tishida psixikaning qanday rol o'ynashini.

B) Ularni davolashda psixikaning rolini.

G) Kasalliklarni oldini olish va sog'liqni mustahkamlashda psixikani qanday rol o'ynashini.

Tibbiyot psixologiyasi psixologiya taraqqiyotiga qanday ta'sir etdi?
Bizning asrimizni 20 - yillariga kelib psixologiya,xususan tibbiyot psixologiyasini fan sifatida ajrab chio'ishiga E. Krechmer yaratgan nazariya katta ta'sir ko'rsatdi. U «Tibbiyot psixologiyasi» nomli asar yozib, unda ruxiy o'zgarishlar, buzilishlar xaqida ma'lumot berdi. Rus olimlari Sechenov va Pavlov tibbiyot psixologiyasini taraqqiy etishiga katta xissa qo'shdilar. Sharqda Ibn Sinoga qadar ham bir qator olimlar barcha fanlar qatori psixologiyaga ham e'tibor berganlar Bular:

Yakub bin Isaak al Kindi, Abu Nasr al Farobiy Abu Bakr ar Roziy va boshqalar. Ular psixologiyaga doir maxsus asarlar yozgan bo'lsalar ham o'zlarining falsafaga oid asarlarida psixologiyaga doir turli hil muammolarni hal qilishga harakat qilganlar. Abu Ali Ibn Sino ularni davomchisi sifatida psixologiyaga doir masalalarni umumlashtirdi va maxsus asarlar yozdi. U Aristotel kabi odam tanasi va «Ruxiy quvvatlar» materia bilan shaklan bir - biridan ajralmagan holda mavjud ekanligini takidlaydi.


Kasallikni davolashda psixikaning roli qay darajada?

Turli kasalliklarni davolashda psixikaning roli juda katta, kasallikni davolashda kasallarga psixik ta'sirning ahamiyati alla qachon isbotlangan.

Kasallarga davo maqsadida reja asosida muntazam psixik ta'sir ko'rsatib borish psixoterapeya deb ataladi.

Kasalliklarni olidini olish sog'liqni saqlash va mustahkamlashda psixikaning rolini alohida fanlar psixigigiyena va psixoprofilaktika o'rganadi.

Tibbiyot psixologiyasi bir - biriga yaqin, ammo bir - biridan farq qiladigan 2 tushunchani - psixopotologiya va patopsixologiyani (patalogik psixologiyani) o'z ichiga oladi Psixopatologiya bu-avvalo ruxiy kasalliklarda, shuningdek boshqa kasalliklarda ham psixikada ro'y beradigan jami o'zgarishlardir.

Patopsixologiya psixologiyaning ana shu o'zgarishlarini o'rganadigan sohasi yoki kasal odam psixikasi to'g'risidagi ta'limotdir.


Mavzu yuzasidan nazorat savollari:


  1. Tibbiyot psixologiya, psixologiyaning qanday soxasi xisoblanadi?

  2. Tibbiyot psixologiyasi fan sifatida qachondan taraqqiy eta boshladi?

  3. Tibbiyot psixologiyasi tarmoqlarini ayting?


Tavsiya etiladigan adabiyotlar.

  1. Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevoriT. - 1997 yil.

  2. Barkamol avlod orzusi T. 2000

  3. Psixologiya Slovar 1990

  4. Umumiy va tibbiy psixologiya T - 2003

  5. Tibbiyot psixologiyasi etikasi va deoitologiyasi asoslari T. 1997


Mavzu yuzasidan test savollari


  1. Tibbiyot psixologiyasi fanining predmeti nima?

A) Kasalliklarni umumiy ko'rinishi, ularni davolash.

B) Kasalliklarni kelib chiqishi va asoratlari.

*C)Kasalliklarni psixik ko'rinishlari ularni davolashda psixikaning roli.

D) Psixik faktlar ularning qonuniyatlari.

E) Psixikaning taraqqiyoti.


  1. Tibbiyot psixologiyasining tarmoqlari qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?

*A) Patopsixologiya, neyropsixologiya, samatopsixologiya, psixoterapiya.

B) Psixofarmakologiya, neyroxirurgiya, parkinsonizm, polipentid.

C)Psixogigiyena, adrenoretsseptor, eritropoez nevrasteniya.

D) Psixoprofilaktika, leykopoez, deontologiya, eyforiya.

E) Neuropsixologiya, neyroxirurgiya, polipoptid, eyforiya.

3. Agar har qanday narsa va xodisa ichki yoki tashqi sabablar bilan harakatga keladigan bo'lsa, demak insonning yashash va harakatida ham birorta sabab bo'lishi kerak, bunday sabablardan biri ruxiy quvvatdir degan fikrni Kim aytgan?



    1. Aristotel

*B) Abu Ali Ibn Sino

C) Abu Bakr Ar- Roziy



    1. Abu Nasr Al - Farobiy

    2. Abu Rayxon Beruniy



  1. Psixopatologiya va potopsixologiya, tushunchalari bir

mazmunda qo'llanadimi?

A) Aynan bir hil tushuncha.

*B) Bir biriga yaqin, lekin ikki hil tushuncha.

C)Ikkisi ham boshqa – boshqa tuguncha

D) Omonim tushuncha

E) Sinonim tushuncha

5. Kasalliklarni oldini olish, sog'liqni saqlash va mustahkamlashda psixikaning rolini tibbiyot psixologiyasining qaysi tarmoqlari o'rganadi?

A) Patopsixologiya psixofarmarologiy.

B) Deontologiya, neyropsixologiya.

C)Samatopsixologiya, psixoterepiya.

*D) Psixogigiyena, psixoprofilaktika.

E) Psixofarmakologiya, psixoterepiya.

6. Somatik kasalliklar bu?

A) Ruxiy kasalliklar.

B) Asab kasalliklar.

*C)Ichki kasalliklar.

D) Ruxiy zo'riqish.

E) Doridan zaharlanish.



Aim.uz





Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə