Tijorat banklarida kredit operatsiyalari hisobini takomillashtirish


Tijorat banklarida kredit operatsiyalar hisobini yuritish uchun asos bo‘lgan me’yoriy hujjatlar



Yüklə 123,97 Kb.
səhifə3/5
tarix11.12.2023
ölçüsü123,97 Kb.
#147370
1   2   3   4   5
TIJORAT BANKLARIDA KREDIT OPERATSIYALARI

Tijorat banklarida kredit operatsiyalar hisobini yuritish uchun asos bo‘lgan me’yoriy hujjatlar.
Banklarda kreditlar hisobini tashkil qilishda buxgalteriya hisobida umumqabul qilingan tamoyillardan foydalaniladi: buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usuli yuritish; uzluksizlik; xo‘jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarni pulda baholanishi; aniqlik; hisoblash; oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik); mazmunning shakldan ustunligi; ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi; moliyaviy hisobotning betarafligi; hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi; aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi. Kredit operatsiyalarni hisobga olish uchun kredit hisobvaraqlaridan va balansdan tashqari hisobvaraqlaridan foydalaniladi. Bunda bir martalik va kredit liniyasidan foydalanilgan holda kredit operatsiyalari hisobga olinadi. Kredit olish uchun bankda xar bir kredit bo‘yicha alohida kredit hisobvarag‘i ochiladi. Mijoz kredit olish uchun bankga belgilangan tartibda hujjatlar paketini rasmiylashtirilib topshiradi. Kredit komissiyasining qaroriga ko‘ra kredit berish lozim deb topilsa bank va kredit oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasi tuziladi. Kredit shartnomasida kreditning nima maqsadda olinishi, muddati, summasi, qaytarilishtartibi, kredit uchun to‘lovlar, tomonlarning majburiyatlari, javobgarligi, boshqa shartlar ko‘rsatiladi. Kredit bo‘limining farmoyishiga ko‘ra, hisob operatsion bo‘limida kredit oluvchi korxonaga kredit hisob varag‘i ochiladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mulkchilik shakliga qarab, tegishli balans hisobvarag‘i bo‘yicha kredit hisobvarag‘i ochiladi. Masalan: fermer xo‘jaliklariga kredit berish uchun 13101 balans hisobvarag‘i bo‘yicha kredit hisobvarag‘i ochiladi. Kredit hisobvarag‘i ham 20 ta razryaddan iborat bo‘lib, uning ichida kredit olmokchi bo‘lgan fermer xo‘jaligining xos raqami (unikal kodi) bo‘lishi lozim. Masalan, mijozga berilgan unikal kod 04952452 bo‘lsa AQSH dollarida berilgan kreditni hisobga olish uchun qarz oluvchi fermer xo‘jaligi ekanligini hisobga olgan holda quyidagi hisobvaraq ochiladi.

Yüklə 123,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə