Tijorat banklarida kredit operatsiyalari hisobini takomillashtirish



Yüklə 123,97 Kb.
səhifə2/5
tarix11.12.2023
ölçüsü123,97 Kb.
#147370
1   2   3   4   5
TIJORAT BANKLARIDA KREDIT OPERATSIYALARI

MUHOKAMA VA NATIJALAR
Hozirgi kunda xar bir tijorat banki o‘zining kredit siyosatini ishlab chiqib, kredit munosabatlarini ushbu siyosat orqali yuritadilar Markaziy bank esa kreditlash bo‘yicha umumiy ko‘rsatmalar beradi. Shu o‘rinda kredit liniyalari haqida to‘xtalib o‘tsak. Xorijiy bank amaliyotida kreditlashning ikki usuli ma’lum. Birinchi usulning ahamiyati har bir ssuda induvidual tartibda ko‘rib chiqilishidadir. Kredit ma’lum maqsaddagi mablag‘ ehtiyojini qondirishga beriladi. Ushbu usul aniq muddatga kredit ajratishda qo‘llaniladi. Ikkinchi usulda kredit bank tomonidan qarz oluvchiga oldindan belgilab qo‘yilgan kredit limiti bo‘yicha beriladi, bunda qarz oluvchi unga qo‘yilgan to‘lov hujjatini o‘z vaqtida to‘lash majburiyatini oladi. Kreditlashning ushbu shakli kredit liniyasi deb ataladi. Ochilgan kredit liniyasi kredit hisobiga barcha hisob-kitob pul hujjatlarini bank va mijoz o‘ptasidagi shartnomaga asosan to‘lash 1 yilga ochiladi, ammo kredit liniyasi undan qisqa muddatga ham ochilishi mumkin. Kredit liniyasi muddati davomida mijoz bank bilan qo‘shimcha kelishuvni istagan vaqtida kredit olishi mumkin. Ammo bank qarz oluvchining moliyaviy holatini zaiflashganini aniqlasa, mijozga belgilangan limit chegarasida kredit berishdan bosh tortishi mumkin. Kredit liniyasi, odatda, moliyaviy barqaror va e’tiborli mijozlarga ochiladi. Mijoz iltimosiga binoan kreditlash limiti qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Kredit liniyasi – bank yoki boshqa kredit tashkilotining qarz oluvchiga ma’lum davr mobaynida kelishilgan limit doirasida huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan kredit berish majburiyatidir. Kredit liniyasining ochilishi kreditor va qarzdorning uzoq muddat davomidagi xamkorligini anglatadi. Shu o‘rinda xalqaro kredit liniyasiga ta’rif berib o‘tsak: xalqaro kredit liniyasi bu xalqaro miqiyosda qarz oluvchiga ma’lum davr mobaynida kelishilgan limit doirasida huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan kredit berish majburiyatidir.
Kredit liniyasi bir yildan oshmagan xar qanday muddatga to‘lov hujjatlarini to‘lash uchun beriladi, u qayta tiklanadigan va tiklanmaydigan bo‘lishi mumkin. Bunda limit tugagandan so‘ng bank va qarzdor o‘rtasidagi munosabat o‘z payoniga etadi. Ushbu berilgan ta’riflardan ko‘rinib turibdiki kredit liniyasida qarz berish muddatlari turlicha T.Kosterinaning fikricha kredit liniyasi qisqa muddatga ochiladi, O.Lavrushinning fikricha muddat ahamiyatga ega emas bo‘lib, asosiy e’tibor kreditning maqsimal miqdoriga karatiladi. Bulardan xulosa qilgan holda xalqaro kredit liniyasiga quyidagicha ta’rif bersak maqsadga muvofiq bo‘ladi: xalqaro kredit liniyasi xalqaro moliya institutlari tomonidan qarz oluvchilarga ma’lum bir muddatga kredit limiti doirasida kredit berish majburiyatini anglatadi. Davom ettiriladigan va ettirilmaydigan kredit liniyalari o‘zaro farqlanadi. Davom ettirilmaydigan kredit liniyasi ochilib ssuda berilgan va qaytarilgandan keyin mijoz va bank o‘rtasidagi aloqalar tugatiladi. Davomlashtiriladigan kredit liniyasida kredit belgilangan limit asosida avtomatik ravishda beriladi va qaytariladi. Agar, bank tomonidan mijozga kredit liniyasi ma’lum tovarlarga bir shartnoma bo‘yicha bir yil ichida pul to‘lash uchun ochilgan bo‘lsa, kredit liniyasi maqsadli bo‘ladi. Kreditlash usuli kredit berishda va qaytarishda ishlatiladigan kredit hisobvarag‘ini shaklini tanlab beradi. Banklar kreditlash operatsiyalarini amalga oshirish uchun ssuda schyotlarini ochadilar. Bank tomonidan beriladigan kreditlar muddatiga ko‘ra qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Qisqa muddatli kreditlar 1 yil muddatga, uzoq muddatli kreditlar 1 yildan ortiq muddatga beriladi. Qisqa muddatli kreditlarning ham xar xil turlari mavjud, ular bir biridan kredit berish shartlari, ta’minlash tarzi, qoplash muddatlari bilan farq qiladi. Hozirgi kunda qisqa muddatli kreditlar hisobi Adliya vazirligi tomonidan 2004 yil 17 dekabrda № 1435 son bilan ro‘yxatga olingan, Markaziy banki Boshqaruvining 2004 yil 27 noyabrdagi 25/9-sonli Qarori bilan tasdiqlangan № 594 sonli “Tijorat banklarida kreditlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom va boshqa Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga asosan tashkil etilgan.



Yüklə 123,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə