Nazorat va muxokama savollari.
Tikuv korxonasining ishlab chiqarish strukturasi.
Tikuv korxonalarining turlari.
MA`RUZA № 2 (2 soat)
MAVZU: TIKUV KORXONA TURLARI VA ULARNI TASNIFI
Reja
Tikuv korxonalarining klassifikatsiyasi.
Tikuv korxonalarining quvvati, ixtisoslanishi, kooperatsiyalashtirish va ishlab chiqarish jarayonini sxemasi bo`yicha xarakteristikasi.
Korxona turlarining klassifikatsiyasi
Ixtisoslashtirilganligiga, kooperatsiyalashtirilishiga, ishlab chiqarish jarayonini tarkibiy tuzilishi va quvvatlariga qarab tikuvchilik korxonalari turlicha bo‘ladi.
Bir yoki bir nechta turdosh buyumlarni oqimga xech qanday o‘zgartirish kiritmay (mavsumiydan tashqari) ishlab chiqaradigan korxona ixtisoslashtirilgan korxona deyiladi. Turdosh buyumlar deb quyidagilarni aytish mumkin:
- jun gazlamadan erkaklar paltosi va mavsumiy erkaklar, ayollar va o‘smirlar paltosi;
- jun gazlamadan o‘smirlar va erkaklar kostyumi;
-maktab yoshigacha va yasli yoshidagi o‘g‘il bolalar qishki, mavsumiy va engil paltosi va boshqalar.
Detallarni tayerlash, yig‘ish va pardozlash ishlari alohida tsex yoki oqimlarga ajratilgan bo‘lsa, bunday korxonalarda detallarga ishlov berish guruhlari ixtisoslashtirilgan bo‘lishi mumkin.Bunda ishlab chiqarish jarayoni bitta yaxlit oqimdek tuziladi.
Ayrim hollarda mamlakatning u yoki bu viloyati, tumani asosiy sanoat markazlaridan ancha yiroqda joylashgan bo‘lsa, ko‘p assortimentli korxonalarni loyixalash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bunday hollarda mamlakat tashqarisidan tikuvchilik mahsulotlarini keltirmay turib, ushbu viloyat va tumanlar axolisi talabini qondirish mumkin bo‘ladi.
Korxona ishlarini kooperativlashtirish bo‘yicha mustaqil yoki boshqa korxonalar bilan birlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish birlashmasi qoida bo‘yicha 3-5 ta, ayrim hollarda ko‘p korxonalardan iborat bo‘lishi mumkin. Ularni quyidagilarga asosan tashkil etiladi:
- birlashma korxonalari tomonidan texnologik jixatdan turdosh bo‘lgan mahsulotlar assortimentini ishlab chiqarishi bo‘yicha;
- birlashmaga kirgan korxonalarni joylashishi bo‘yicha, ya`ni ular bir-biriga yaqin joylashgan bo‘lishi kerak (bir shaharda yoki aholi yashash joyiga yaqin joylashgan, xududi yaqin bo‘lgan korxonalar);
- detallarni tayyorlash va buyumga ishlov berish bosqichlarini ixtisoslashtirish darajasi bo‘yicha tajriba, bichish tsexlarini, omborxonalarni, uskunalarni kapital ta`mirlashni markazlashtirish.
Korxonalar nafaqat ishlab chiqariladigan maxsulotlarni turdoshligi bo‘yicha birlashtiriladi, balki savdo-tikuv sanoati birlashmasi (STSB) yoki ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari (IIChB) ham tashkil etilmoqda.
Tikuvchilik korxonalari ishlab chiqarish sxemasi bo‘yicha farqlanadilar. Birlashmalar maxsulotlarni tayyorlashda tugallangan yoki tugallanmagan tsikl asosida tuzilgan bo‘lishi mumkin. (2,3,4,5-rasm).
Mol bilan ta'minlovchi
Istеmolchi
Tikuv korxonasi
Tikuv ishlab chiqarish
Xom ashyo
Т1Ц
БЦ
Т2Ц
ШЦ
ТМО
Bozor
а
Tikuv korxonasi
Mol bilan ta'minlovchi
Istеmolchi
Tikuv ishlab chiqarish
Xom ashyo
Т1Ц
БЦ
Т2Ц
Т3Ц
ПЦ
ТМО
Bozor
b
2-rasm. Tugallangan tsiklli kichik (a), o‘rta va katta (b) quvvatli korxonalarning strukturaviy sxemasi
3-rasm. Tugallangan siklli korxona- oqimning strukturaviy sxemasi
Xom ashyo
Т1Ц
БЦ
Т2Ц
ПЦ
ТМО
Bozor
Mol bilan ta'minlovchi
Istеmolchi
Tikuv ishlab chiqarish
Т3Ц-1
Т3Ц-2
Korxona filiallari
5- rasm Tugallanmagan siklli ishlab chiqarish birlashmasini strukturaviy sxemasi
Xom ashyo
Т1Ц
БЦ
Т2Ц
Т3Ц-1
ПЦ
ТМО
Bozor
Tikuv ishlab chiqarish
Mol bilan ta'minlovchi
Istеmolchi
Т3Ц-2
Korxona filiallari
6- rasm Tugallangan siklli ishlab chiqarish birlashmasini strukturaviy sxemasi
slatma: T1TS – tayyorlov tsexi, BTS - bichish tsexi, T2TS – tajriba tsexi, PTS – pardozlash tsexi, TMO – Tayyor maxsulot ombori, T3TS – tikuv tsexi, T3TS-1, T3TS-2 – filialdagi tikuv tsexlar.
Ishlab chikarish sxemasi turlarining ko‘pligi ularda ishlab chiqariladigan mahsulot soniga bog‘liq. Kam quvvatli korxonalarda ko‘proq maxsulotlarni ishlab chiqarish tugallanmagan tsikl asosida bajariladi, bunda korxona uchun ajratilgan resurslardan (ajratilgan maydon, materiallar, ishchi kuchi, jixozlar) ratsional foydalaniladi.
Kiyim ishlab chiqarish jarayonining tugallangan texnologik tsikli ko‘prok o‘rta va katta quvvatli korxonalarda qo‘llaniladi. Korxonalarning quvvati qanchalik katta bo‘lsa, ular shunchalik ixtisoslashtirilgan bo‘ladi. Bu esa, zamonaviy texnika va texnologiyadan foydalanish darajasini oshiradi.
6 - rasm. Korxona turlarining klassifikatsiyasi
Dostları ilə paylaş: |