Til haqida maqollar va hikmatli so’zlar to’plami


Til haqida hikmatli so‘zlar



Yüklə 55,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix15.05.2022
ölçüsü55,22 Kb.
#87054
1   2   3   4   5
til-haqida

Til haqida hikmatli so‘zlar

O‘zbek xalqining milliy maqollari juda ko‘p, ularning til va unga yaqin bo‘lgan mavzulardagi maqollaridan

namunalar

Bir yaxshi gap esdan chiqmas, Bir — yomon gap.

Birovning o‘zi g‘ar, Birovning so‘zi g‘ar.

Bug‘doy noning bo‘lmasin, Bug‘doy so‘zing bo‘lsin.

Gapda g‘iybat yomon, Dardda — quyanchiq.

Gapdan gap chiqar, Cho‘pdan — xas.

Gapi gapga o‘xshamas, Og‘zi gapdan

bo‘shamas.




"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz

2/4

Gap egasini topar.

Gapning yomoni pichir.

Gapning ozi yaxshi, Qizning — nozi.

Gapning qisqasi yaxshi, Qisqasidan hissasi

yaxshi.


Yomon gap yer tagida uch yil yotar.

Yomon til yo jonga urar,

Odam — so‘zlashguncha, Yilqi — kishnashguncha.

So‘z chumchuq emas, Og‘izdan chiqsa, tutib

bo‘lmas.

Til bor, bol keltirar, Til bor, balo keltirar.

Gapni gap ochar, Yomon gapdan qochar.

Yomonning tili bor, Yaxshining — dili.

Yomonning yuzi qursin, Gapirgan so‘zi qursin.

Ko‘ngilsiz gapning kechikkani yaxshi.

Yomon so‘zning qanoti bor.

Qo‘yning qimmati — yungida, Odamning qimmati —

so‘zida.

Yomonning yaxshi so‘zidan, Yaxshining yomon

so‘zi yaxshi.

Dushman orttiraman desang, Chaqirtikan bo‘l.

Yomon so‘z bo‘lmasa, Yaxshi so‘z bo‘lmaydi.

Yomon til boshga balo keltirar, Yaxshi til davlat,

dunyo keltirar.

Issiq kiyim tanni ilitar, Issiq so‘z jonni ilitar.

Dunyoni yel buzar, Odamni — so‘z.

Ovni — oziq bilan, Odamni — so‘z bilan.




Yüklə 55,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə