Til haqida maqollar va hikmatli so’zlar to’plami



Yüklə 55,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix15.05.2022
ölçüsü55,22 Kb.
#87054
1   2   3   4   5
til-haqida

Til — dil jarchisi.


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz

3/4

Til — aql bezagi.

Til — aql tarozisi.

Suydirgan ham til, Kuydirgan ham til.

So‘z kaltada, Un xaltada.

Suyaksiz til suyak sindirar.

 

So‘z ko‘rki — maqol.



So‘z ojizi bo‘lguncha,

So‘z emgak bo‘lar, Bo‘z — ko‘ylak.

So‘zda qanquv yomon, Dardda — sanchuv.

So‘zdan so‘zning farqi bor, O‘ttiz ikki narxi bor.

So‘zdan so‘z chiqar, So‘zlamasang na chiqar.

So‘zlagandan so‘zlamagan yaxshiroq, So‘zlab

edim, boshimga tegdi tayoq.

So‘zning yomoni — sanchiq, Dardning yomoni —

quyonchiq.

So‘zning onasi — quloq, Suvning onasi — buloq.

Tayog‘i yo‘g‘on birni urar, So‘zi yo‘g‘on mingni

urar.


Til — dil kaliti.

 

So‘z oyoqdan ilgari borar.



So‘zi nodurustning o‘zi nodurust.

So‘zni bir ezmadan so‘ra, Bir — kezmadan.

Tanballik — kulfat, Mahmadanalik — ofat.

Taom lazzati o‘zida. Odam lazzati — so‘zida.

Til yugurigi — boshga, Oyoq yugurigi — oshga.

Til yaxshisi bor etar, Til yomoni xor etar.

Tilingda bo‘lsa boling, Kulib turar iqboling.

El bor yerda so‘z bor.

Uzun til — umr zavoli.

Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz.

Tilga e’tibor — elga e’tibor.

Tig‘ jarohati bitar, Til jarohati bitmas.

Tilni bog‘la dil bilan, Dilni bog‘la til bilan.

Tuzsiz oshning epi oson, Tuzsiz gapning epi qiyin.

Uzun til — boshga to‘qmoq, Bo‘yinga — sirtmoq.

Chin so‘z — mo‘tabar, Yaxshi so‘z — muxtasar.

Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar, Yomon gap

bilan pichoq qinidan chiqar.

Toza suvni yer olar, Yaxshi so‘zni el olar.

Shirin so‘z — qaymoqli ayron, Achchiq so‘z —

bo‘yniga arqon.

Til tig‘i qilich tig‘idan o‘tkir.

Fil ko‘tarmaganni til ko‘tarar.

Til — dil tarjimoni.

 


Yüklə 55,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə