Tildagi ayrim so’zlar shakily jihatdan, ayrimlari ma’no jihatdan, bir xillari esa talaffuzi jihatidan o’xshash bo’ladi


Shaklan har xil, umumiy  ma'nosi bir-biriga yaqin  bo`lgan  qo`shimchalar  sinonim  qo`shimcha



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/60
tarix26.04.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#86061
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60
boshlangich sinf ona tili darsliklarida omonim antonim sinonim paronimlarning berilishi va ularni oqitish uslubiyoti

 
Shaklan har xil, umumiy  ma'nosi bir-biriga yaqin 
bo`lgan  qo`shimchalar  sinonim  qo`shimcha
 
deyiladi:  -yap,  -yotir,  -moqda 
qo`shimchalari  hozirgi  zamon  davom  fe'lini  yasaydi.  -li  va  -dor  qo`shimchalari 
egalikni ifodalaydi: homilali, homilador. -giz, -dir qo`shimchalari fe'lning orttirma 
nisbatini yasaydi: oldir – olg`iz, kiydir – kiygiz kabi. 
Sinonim  absolyut  tenglikka  ega  emas.  Ular  ma'nosi,  uslubiy  bo`yog`i,  qo`llanish 
doirasi  bilan  o`zaro  farqlanib  turadi.  Bu  farqlarga  e'tibor  qilish  orqali  mazmunni 
ochiq,  nozik  ottenkalarni  hamda  emotsiyalarni  aniq  berishga,  umuman,  uslubiy 
jihatdan savodli bo`lishga erishiladi. 


 
26 
Sinonim  qo`shimchalar  boshqa  tillardan,  shevalardan  qo`shimchalar  olish  yo`li 
bilan hosil bo`ladi. 
Sinonim  qo`shimchalar  so`z  yasovchilarda  ham  (unumli,  unumdor),  shakl 
yasovchilarda ham (oqish, oqimtir, aytingiz, aytinglar) uchraydi. 
Sinonim  qo`shimchalarning  o`ziga  xos  xususiyatlari  Y.Tojiev  tomonidan  maxsus 
tadqiq etilgan. 
―Muhokamat  ul  lug‘atayn‖  –  turk  va  fors  tillari  qiyoslab  yozilgan  ikki  til 
muhokamasiga bag‘ishlangan asar. Bu bilan  turkiy tilni ham boy til ekanligi va bu 
tilda  badiiy  asarlar  yozish  mumkinligi  isbotlandi.  Birgina  kulmoq,  yig‘lamoq, 
sevmoq  so‘zlarining  100  dan  ortiq  sinonimlari  keltirildi…Navoiyning  hizmati 
shundaki  :  o‘zbek  adabiy  tilini  yangi  tub  so‘zlar  bilan  boyitdi.  So‘zlar    va 
qo‘shimchalar  asosida  yangi  so‘zlar  yaratdi.  O‘zigacha  bo‘lgan  so‘zlarni  yangi 
ma‘nolar bilan boyitdi… 
So‘zlarning  leksik  me‘yorini  belgilashda  va  ulardagi  ma‘no  nozikliklarini 
farqlashda  hamda  umumiy  jihatlarini  payqashda  sinonim,  omonim  va  antonim 
lug‘atlarning  xizmati  katta  bo‘ladi.  O‘zbek  leksikografiyasida  yuqorida  sanab 
o‘tilgan  bu  kabi  lug‘atlarning  izohli  ko‘rinishlari  mavjudligi  quvonarli  voqeadir. 
A.Hojiev «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati» (Toshkent, 1974) ining 223-
betidan  misol  keltiramiz:  
Chiroyli,  go’zal,  husndor,  husnli,  xushro’y,  ko’hlik, 
ko’rkam,  barno,  suluv,  zebo,  latofatli,  sohibjamol.
  Ular  garchi  ma‘nolarining 
yaqinligi  bilan  bir  sinonimik  qatorda  joylashsa-da,  me‘yoriy  o‘lchovlariga  ko‘ra 
teng  emas.  Lug‘at  xuddi  ana  shu  jihatlar  hisobga  olinganligi  bilan  qimmatlidir. 
Fikrimizning  isboti  uchun  sinonimik  qatordagi  so‘zlarga  berilgan  izohlarni  to‘liq 
keltiramiz:  «Husni  odatdagidan  ortiq,  xunuknig  aksi. 
Chiroyli 
stilistik  jihatdan 
neytral.  Bu  so‘z  odamga,  boshqa  jonli  narsalarga  nisbatan  ham  qo‘llanilaveradi. 
Go’zal
  odamga  va  jonsiz  narsalarga  nisbatan  qo‘llanadi.  Bu  so‘zda  belgi  darajasi 
kuchli. 
Husndor,  husnli 
so‘zlari  nisbatan  kam  qo‘llanadi. 
Xushro’y,  ko’hlik 
faqat 
odamga  nisbatan  qo‘llanadi  va  «yoqimlilik»  ottenkasi  bor. 
Barno,  suluv,  zebo 
so‘zlari  ham  odamga  nisbatan  qo‘llanadi. 
Suluv
  –  kam  qo‘llanadi. 
Zebo
   kitobiy. 
Ko’rkam
 asosan jonsiz narsalarga, kam darajada odamga nisbatan qo‘llanadi». 


 
27 
    Boshlang‘ich  sinflarda  sinonim  (ma‘nodosh so‘zlar)ni  o‘qitish  juda  muhim. 
Chunki  o‘quvchilar  so‘z  boyligini  oshirishga  xizmat  qiladi.  
 2-sinf    ona  tili    darsligiga    nazar    tashlaydigan    bo‘lsak,    bu    mavzuga    oid  
mashqlar juda  kam uchraydi. 
 Masalan: 231-mashq. 
 Kamtar  bo‘lsang,  obro‘  ortar, 
Manman  bo‘lsang,  ensa  qotar. 
 
Ko‘kka  boqma, ko‘pga  boq. 
Mashq  shartida :  ularni ko‘chiring, mazmunini  izohlang,  
ortar, boq
  so‘zlariga  
yaqin  ma‘noli  so‘zlar  tanlang. 
Ortar
 so‘ziga yaqin  ma‘noli  so‘zlar – 
ko’payar, oshar
    so‘zlari bo‘lsa 
Boq 
  so‘ziga    yaqin    ma‘noli    so‘z  – 
qara,  e’tibor
    ber  so‘zlarini    yozishimiz  
mumkin. 
 3-snif  ona  tili darsligida  bu  mavzuga  ko‘p  e‘tibor  qaratilgan. 
Masalan: 3-snif  darsligidagi  291-mashqqa e‘tibor  qaratadigan  bo‘lsak  sinonim
67
  
so‘zlarni yaqqol  ko‘rishimiz  mumkin. 
291-mashq. O‘qing. Berilgan  fe‘llarga  yaqin  ma‘noli  fe‘llar  tanlang  va  ularni  
birgalikda yozing. 
   Sevinmoq,  sog‘aymoq,  tugatmoq, asramoq,  yugurmoq,  yig‘moq. 
Namuna:  sevinmoq – quvonmoq  
  Foydalanish    uchun    so‘zlar:   
tuzalmoq,    quvonmoq,    bitirmoq,    cho’moq,  
saqlamoq,  to’’lamoq.  
 
  Mashq    quyidagicha    bajariladi:    sog‘aymoq  –  tuzalmoq,  tugatmoq  –  bitirmoq, 
asramoq – saqlamoq, yugurmoq – chopmoq, yig‘moq – to‘‘lamoq. 
Bundan  ko‘rinib  turibdiki  sinonimlik  fe‘l  so‘z   turkumi  doirasida  kuzatilyapti. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə