Tildagi ayrim so’zlar shakily jihatdan, ayrimlari ma’no jihatdan, bir xillari esa talaffuzi jihatidan o’xshash bo’ladi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/60
tarix26.04.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#86061
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60
boshlangich sinf ona tili darsliklarida omonim antonim sinonim paronimlarning berilishi va ularni oqitish uslubiyoti

1.3  Antonim so‟zlar 
 O‘zaro qarama – qarshi, zid ma‘no bildiradigan so‘zlar biri ikkinchisiga nisbatan 
antonim  deyiladi.  So‘zlarning  bunday  bunosabatda  bo‘lish  hodisasi  anyonimiya 
deb  yuritiladi.  Katta  –  kichik,  ko‘p  –  oz,  uzoq  –  yoqin,  yuqori  –  past,  qattiq  – 
yumshoq,  yoz  –  qish,  to‘r  –  poyga,  tun  –  kun,  yo‘qotmoq  –  topmoq,  yonmoq  – 
o‘chmoq, bog‘lamoq – yechmoq so‘zlari antonimlar jumlasiga kiradi.  
        Antonimik  munosabatda  bo‘lgan  ikki  so‘z  antonimik  juft  deb  ataladi. 
Antonimik  juftlikni  hosil  qilgan  so‘zlar,  odatda,  bir  so‘z  turkumiga  mansub 
bo‘ladi: og‘ir (sifat) – yengil (sifat), shimol (ot) – janub (ot), tez (ravish)  –  sekin 
(ravish), kelmoq (fe‘l) – ketmoq (fe‘l) kabi.  
      Antonimlar  o‘ziga  hos  hususiyati  bilan  omonim  va  sinonimlardan  farqlanadi. 
Shakily  (fonetik  tuzilish)jihatidan  har  xillik;  ma‘nodagi  o‘zaro  zidlik 
antonimlarning muhim belgisi hisoblanadi. Keyingi belgi, ya‘ni zidlik tushunchasi 
antonimlarni belgilashda asosiy kriteteriya bo‘lib hisoblanadi. 
     Tilda  mavjud  bo‘lgan  so‘zlaning  barchasi  o‘z  antonimiga  ega  bo‘lavermaydi. 
Chunki ko‘p narsa, hodisalar o‘zining ziddiga ega emas. Qarama qarshilik ma‘nosi 


 
29 
ko‘proq  narsa  –  hodisalarning  belgisida  kuzatiladi.  Qalin-yupqa,  erta  –  kech, 
yaxshi  –  yomon,  qattiq  –  yumshoq,  oq  –  qora,  shirin  –  achchiq,  uzoq  –  yaqin 
kabilar belgi ma‘nosini ifodalovchi antonimlar hisoblanadi. 
    Ikki  so‘zning  antonimligini  belgilashda  ularning  semema  structurasini  aniqlash 
juda  muhimdir.  Masalan,  qalin  va  yu‘qa  so‘zlarining  ma‘no  (semema)  structurasi 
quyidagicha:  yupqa  –  yon  ko‘lami  me‘yoridan  kam;  qalin  –  yon  ko‘lami 
me‘yoridan  ortiq.  Bu  so‘zlar  ma‘nolari  strukturasida  yon,  ko‘lam  semalari  bir  xil 
bo‘lib,  umumiy  semani;  kam,  ortiq  semalari  esa  faqlovchi  sema  bo‘lib,  o‘zaro 
zidlik ma‘nosini bildirmoqda. 
   Keng  –  tor,  erta  –  kech,  oriq  –  semiz,  katta  –  kichik  antonimlarining  ma‘no 
structurasi  tubandagicha:  keng  –  en  o‘lchami  nisbatan  katta;  tor  –  en  o‘lchami 
nisbatan kam; erta – belgilangan vaqtdan biroz oldin; kech – belgilangan vaqtdan 
biroz keyin; oriq – tanasidagi go‘sht – yog‘i nisbatan ko‘p, et bitgan; katta – hajm 
yoki shakl o‘lchami meyoridan kam. Bu so‘zlar semamalari tarkibida zid semalar 
mavjud bo‘lib, ular shu so‘zlarning antonim ekanligini yaqqol ko‘rsatib turibdi.   
    Antonimlar  asosan  sifat,  ravish,  ot  va  fe‘l  turkumiga  hos  so‘zlardan  hosil 
bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ular sifat antonimlar, ravish antonimlar, ot antonimlar, fe;l 
antonimlarga bo‘linadi. 
   1.Sifat  antonimlar.  Sifat  turkumida  antonimlar  ko‘p.  Sifat  antonimlar  ma‘no 
jihatdan  bir  necha  turga  bo‘linadi:  1)  kishilarning  harakter  –  hususiyatini 
ifodalovchi  sifat  antonimlar:  sahiy  –  hasis,  botir  –  qo‘rqoq,  muloyim  –  qo‘pol, 
dono  –  nodon  kabilar;  2)  kishilarning  psixologik  holatini,  iqtisodiy  ahvolini 
ifodalovchi  sifat  antonimlar:  huasand  –  hafa,  dilhush  –  dilhun;  badavlat  – 
qashshoq,  boy  –  kambag‘al;  3)  kishilarning  o‘zaro  munosabatini,  fiziologik 
holatini  ifodalovchi  sifat  antonimlar:  ahil  –  noahil,  kuchli  –  kuchsiz,  sog‘lom  – 
kasalmand;  4)  kishilarda  tabiiy  ravishda  oz  beradigan  belgilarni  bildiruvchi  sifat 
antonimlar: yosh – qari, navqiron – mo‘ysafid, novcha – pakana, semiz – oriq; 5) 
narsalarning  hajmini,  shaklini,  ko‘lamini  ifodalovchi  sifat  antonimlar:  katta  – 
kichik, to‘g‘ri –  egri,  baland  – past, keng –  tor,  chuqur  – sayoz, uzun –  qisqa;  6) 


 
30 
maza  –  ta‘m  bildiruvchi  sifat  antonimlar:  achchiq  –  shirin,  mazali  –  bemaza, 
hushho‘r – badho‘r kabilar. 
  2.  Ravish  antonimlar. Ravish turkumiga  hos  antonimlar:  holat, tarz  (tez –  sekin, 
zo‘rg‘a – bemalol, birga – alohida, maburan ihtiyoriy); 2) payt (avval – keyin, erta 
–  kech,  bugun  -  erta);  3)  miqdor  (ko‘p  –  oz,  ortiq  -  kam);  4)  maqsad  (atayin  – 
bilmasdan, jo‘rttaga - beihtiyor); 5) o‘rin (nari - beri) ma‘nolarini ifodalaydi. 
   3.Ot  antonimlar.  Bunday  antonimlar  ma‘no  jihatidan  kishilarning  psihologik 
holatini  (quvonch  –  alam,  rohat  –  azob,  shodlik  –  qayg‘u),  tomonlarga  oid 
tushunchalarni (sharq – g‘arb, shimol – janub, kunbotar – kunchiqar, yer – osmon, 
to‘r – poyga,old – orqa),yil fasllari va sutkaning qarama – qarshi tomonlarini (yoz 
– qish, bahor – kuz, kecha – kunduz, kun – tun, tong – shom), kundalik hayotga, 
urf – odatga oid tushunchalar (muhabbat – nafrat, vasl – hijron, hayot – o‘lim, to‘y 
– aza) ifodalab keladi. 
     4.Fe‘l  antonimiyada  fe‘l  antonimlar  ham  kattagina  o‘rin  egallaydi.  Fe‘l 
antonimlar  asosan  quyidagi  ma‘nolarni  bildiradi:  1)qarama  –  qarshi  tomonga 
bo‘lgan yo‘nalishni ifoda qiladi: kelmoq – ketmoq, bormoq – qaytmoq, kirmoq – 
chiqmoq,  ochmoq  –  yo‘moq;  2)kishilarning  o‘zaro  aloqasini  bnldiradi:  olmoq  – 
bermoq,  olmoq  –  sotmoq;  3)kishilarning  ruhiy  holatini  ifodalaydi:  kulmoq  – 
yig‘lamoq,  qayg‘urmoq  –  sevinmoq,  rohatlanmoq  –  azoblanmoq;  4)  kishilaring 
fizialogik  holatini  bildiradi:  semirmoq  –  ozmoq,  yosharmoq  –  qarimoq; 
5)kishilarning  o‘zaro  munosabatini  ifodalaydi:  urishmoq  –  yarashmoq,  ajrashmoq 
– yarashmoq, eslamoq – unutmoq, salomlashmoq – xayrlashmoq; 6) narsa hajmi va 
holatini  o‘zgarishini  bildiradi:  kengaymoq  –  toraymoq,  og‘irlashmoq  – 
yengillashmoq, isimoq – sonumoq tezlashmoq – sekinlashmoq kabilar.    
  Tilimizda sifat va ravish antonimlar ko‘p uchraydi. Bu antonimlarning ko‘pchiligi 
belgi  bildiruvchi  so‘zlardan  ekanligini  ko‘rsatadi.  Binobarin  tilimizdagi  1700  dan 
ortiq  antonim  juftlikning  1000  dan  ortig‘  sifat  va  ravishdan  iboratdir. 
Antonimiyada  polisemiya  hodisasini  o‘rganish  ham  juda  muhimdir.  Darhaqiqat, 
birdan  ortiq  so‘zning    o‘zaro  antonimik  munosabati  zidlikka  asosnar  ekan,  ko‘p 
ma‘noli  so‘z  har  bir  ma‘nosi  bilan  ayrim  –  ayrim  so‘zlarga  antonim  bo‘lishi 


 
31 
mumkin.  Masalan,  butun  so‘zi  bir  ma‘nosida  yirtiq  so‘ziga,  boshqa  ma‘nosida 
siniq so‘ziga  antonim  bo‘la oladi.  Kambag‘al xalq o‘lib – tirilib  mehnat qiladiku, 
qorni  to‘ymaydi,egni  butun  bo‘lmaydi.(Oybek).  Hammaning  ko‘zi  Rahimovning 
tirsagi  chiqiib  turgan  yirtiq  yengiga  tushdi.  (H.Nazir).  Murabbiya  haligi  qo‘li 
singan qo‘g‘irchoqni olib, o‘rniga butun qo‘g‘irchoqni yotqizib qo‘yayotgan ekan 
(Oydin).  Mehmonhona  eshigi  oldidagi  su‘ada  siniq  choynak  –  piyola,  keng 
ayvonda esa o‘q tekkan ikki otkavshanib yotardi. (SH. Toshmatov ).                                       
Antonimlar quyidagicha yuzaga keladi:  
 1.Tilning  lug‘at  tarkibida  qarama  –  qarshi  ma‘noli  so‘z  azaldan  mavjud  bo‘ladi: 
katta va kichik, keng va tor, kun vat un, kecha va kunduz, yaxshi va yomon, bor va 
yo‘q kabilar. 
  2. So‘z  yasalishi natijasida antonimlar hosil qilinadi.Bunda ikki holat kuzatiladi: 
1)  Ma‘lum  bir  tub  so‘zga  –li  va  –siz,  ba-  va  be-,  bar-  va  dor-,  no-  affikslarini 
qo‘shish  orqali  yasaladi:  kuchli  –  kuchsiz,  jonli  –  jonsiz,  bemani  –  bamani, 
baquvvat  –  bequvvat,  batartib  –  betartib,  barqaror  –  beqaror,  vafodor  –  bevafo, 
mazali  –  bemaza,  haq  –  nohaq  kabilar;  2)  o‘zaro  antonim  bo‘lgan  so‘zlarga  so‘z 
yasovchi qo‘shimchalarni qo‘shib so‘z yasash orqali yangi antonimik juftlar hosil 
qilinadi:    rostgo‘y    -  yolg‘onchi,  do‘stona  –  dushmanlarcha,  og‘irlashmoq  – 
yengillashmoq, kengaymoq – toraymoq, tezlashmoq – sekinlashmoq, xursandchilik 
– xafachilik, eskilik – yangilik, ostki – ustki, oqlamoq – qoralamoq kabilar.  
3.  Boshqa  tillardan  so‘z  o‘zlashtirish  natijasida  antonimlar  yuzaga  keladi: 
do‘st(tojikcha) – dushman (tojikcha), quvonch (o‘zbekcha) – g‘am (arabcha), band 
(tojikcha)  –  bo‘sh  (o‘zbekcha),  mudofaa  (arabcha)  –  hujum  (arabcha),  im‘ort 
(ruscha)  –  eksport(ruscha),  badxo‘r  (tojikcha)  –  hushxo‘r  (tojikcha), 
assimmilyatsiya  (ruscha  )  –  dissimilyatsiya  (ruscha),  analiz  (ruscha  ),  analiz 
(ruscha)  –  sintez  (ruscha),  maksimum  (ruscha)  –  minimum  (ruscha),  manfiy 
(arabcha) – musbat (arabcha) va boshqalar. 
Antonimlarning tilda ahamiyati katta. Antonimlar badiy nutqda keng foydalaniladi. 
Mumtoz  adabiyotimizda  antonim  so‘zlarni  qo‘llash  asosida  tazod  sheriy  san‘ati 
yaratilgan va undan juda keng foydalanilgan. Masalan, Lutfiyning: 


 
32 
Rahm qilg‘il bandag‘a, ey shoh, ul tengri uchun,  
Kim etar bizni gado, ul sizni sulton aylagan 
baytida banda - shoh, gado – sulton so‘zlari o‘zaro zid ma‘nolarni ifodalab, tazod 
san‘ati saosida qo‘llangan. 
Qo`shimchalar  antonimiyasi.
 
Qarama-qarshi  ma'no  bildiruvchi  qo`shimchalar 
antonim  qo`shimcha  deyiladi.  Qo`shimchalar  antonimiyasi,  asosan,  so`z  yasovchi 
qo`shimchalar doirasida uchraydi:  -li, -siz:  aqlli,  aqlsiz;  -li,  be-: suvli, besuv; be-, 
ba-: bedavlat, badavlat.  
Qo`shimchalar  antonimiyasining  o`ziga  xos  xususiyatlari  B.Isabekov  tomonidan 
ilmiy tekshirilgan. 
Maqollarda antonimlarning qo‘llanilishi:  
Yaxshilik  qila olmasang yomonlik ham qilma 
Yaxshi narsaning ko‘pidan yomon narsaning ozi yaxshi 
Yaxshiga yondosh yomondan qoch 
Yaxshiga kun yo‘q yomonga o‘lim 
Yaxshidan bog‘ qoladi, yomondan dog‘ qoladi 
Yaxshi otga bir qamchi yomon otga ming qamchi 
Yaxshi so‘z qand yedirar yomon so‘z pand yedirar 
Yomon gap bilan qilich qinidan chiqar, yaxshi gap bilan ilon inidan 
Nodon bo‘lganidan senga do‘st-o‘rtoq, donodan dushmaning bo‘lgani yaxshiroq 
Ko‘p bil dushman agar bitta bo‘lsa ham, do‘sting mingta bo‘lsa juda kamdir kam 
Ko‘proq eshitib kamroq so‘zlash uchuun 2 ta quloq , 1 tagina og‘iz ato etilgan 
Kattaga hurmatda bo‘l,  kichikka izzatda 
Uzoqdagi qarindoshdan , yaqindagi yot yaxshi 
Azob ko‘rmay rohat yo‘q 
Ilmsiz bir yashar, ilmli ming yashar 
Oyning o‘n beshi qorong‘u, o‘n beshi yorug‘ 
Bolali uy bozor, bolasiz uy mozor 
Tildan ham bol tomadi ham zahar 
Yoshligingda qarilarga qilmading hizmat, qariganda yoshlarga bermagil zahmat 


 
33 
Kichik go‘dak ham katta tushlar ko‘radi 
Ovsinlar do‘st bo‘lsa, og‘a - ini yov bo‘lmas 
Qul bo‘lish oson, odam bo‘lish qiyin 
Bemehr qarindoshdan,  mehribon yot yaxshi 
Befoyda so‘zni ko‘p aytma va foydalig‘ so‘zni ko‘p eshiturdin qaytma 
Gap ko‘p-ku shu umr oz-da 
Duo olgan omondir , qarg‘ish olgan yomondir 
Kech-kunduz tinmay mehnat qilganingda ham onang haqini o‘tay olmaysan.
 
   Boshlang‘ich    sinf   ona   tili    darslarida   antonimlardan    keng  foydalanilgan   va  
antonimlarni    o‘rgatish      uchun    juda    ko‘p    mashqlar    ajratilgan.  Ona    tili  
darsliklaridan  ba‘zi  mashqlarni  ko‘rib o‘tamiz. 
  2-snif  ona  tili  darsligida  157-mashqqa  e‘tibor  bersak,  bu  mashqda  turli  xil 
hayvonlar      tasviri    berilgan    va    bu    hayvonlarni    bir    biriga    solishtirib,  qaysi  
hayvon    katta  yoki    qaysi    hayvon    kichik  ekanligini    topish    sharti  berilgan.  Bu  
mashqda  o‘zaro    zidlik  munosabati    juda    sodda  usulda    ko‘rsatilgan    va  
o‘quvchilarning  yoshiga  mos, tushunishlari  uchun  juda qulay. 
   Huddi  shunday  248- mashqqa  e‘tiboringizni  qaratmoqchiman. 
248-mashq. Ikki  narsani  qarama-qarshi  belgisiga  ko‘ra  qiyoslang.  Mazmunga  
mos  so‘zlarni  qo‘yib  gaplarni  yozing. 
   Rangiga  ko‘ra.  

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə