Tildagi ayrim so’zlar shakily jihatdan, ayrimlari ma’no jihatdan, bir xillari esa talaffuzi jihatidan o’xshash bo’ladi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/60
tarix26.04.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#86061
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
boshlangich sinf ona tili darsliklarida omonim antonim sinonim paronimlarning berilishi va ularni oqitish uslubiyoti

 
     
  
 


 
105 
Tarixiy va arxaik so‟zlarni  o‟qitish uslubiyoti
.                                    
   Mavzu: Yusuf Hos Hojib. ―Bahor tarifida‖. 
       Darsning maqsadlari: 
       a)  Yu.H.Hojibning  bahor  ta‘rifini  o‘qish  orqaqli  o‘quvchilarda  bahor  fasli 
haqida to‘lqinlanib so‘zlash malakasini rivojlantirish; 
       b) o‘qish darsini ona tili vatabiat darslariga bog‘lash, erta bahorda bo‘ladigan 
o‘zgarishlar  bilan  tanishtirish  va  bu  orqali  o‘quvchilarni  tabiatni  sevishga,  uni 
avaylab – asrashga o‘rgatish; 
       v)o‘quvchilarning  ifodali  va  ongli  o‘qish  malakalarini,  ijodiy  fikrlash 
qobilyatlarini rivojlantirish. 
 Dars usuli: tushuntirish, klaster, interfaol. 
 Dars  jihozi:  harakatli  ko‘rgazmalar,  kom‘yuter,  rangli  rasmlar,  yangi  uzilgan 
gullar. 
                            Darsning borishi 
  - Navbatchi axboroti.                        
O‘qituvchi: 
Bizning Vatanimiz qayer? 
O‘quvchi: 
O‘zbekiston.  
O‘zbekiston poytaxti qayer? 
Toshkent shaxri. 
Vatan deganda nimani tushunasiz? 
O‘quvchilar: 
-Vatan bu tug‘ilib o‘sgan joy. 
O‘qituvchi:  -  Bolajonlarim,  men  vatan  ravnaqi  uchun  nima  qildim?  So‘rog‘iga 
qanday javob beramiz? 
O‘quvchi:  -  Biz,  yosh  avlod  sog‘lom,  barkamol,  kuchli  va  polvon  yigit  vaqizlar 
bo‘lib,  voyaga  yetib  a‘lo  baholarimiz  bilan  Vatan  oldida  ―labbay‖  deb  javob 
beramiz. 
Men shifokor bo‘lib, elimning sog‘ligi uchun qayg‘uraman. 


 
106 
 - Men mohir quruvchi bo‘lib, katta – katta inshoatlar quraman. 
- Men o‘qituvchi bo‘laman, barcha murg‘ak qalblarga ilm sirlarini o‘rgataman. 
 
O‘qituvchi:  -Barakalla,  aziz  bolajonlarim!  Siz  Vatan  ravnaqiga  o‘z 
hissangizni  qo‘shadigan    va  kelajakda  har  tomonlama  yetuk  inson  bo‘lib 
yetishingiz uchun o‘qishingiz kerak bo‘ladi. 
 
Endi, o‘quvchilar, o‘qish darsidan DTSga ko‘ra qanday bilim,  ko‘nikma va 
malakalarni bilishimiz zarurligini aniqlab olsak. 
 
1.So‘z va iboralarni to‘g‘ri, o‘qiy olishimiz; 
 
2.Gap ohangiga rioya qilgan holda ravon o‘qishimiz; 
 
3. Bir daqiqada 80 – 90 so‘zni o‘qiy olishimiz;  
          4. Gapdagi tinish belgilarini talaffuzda aks ettirishimiz;  
          5. Sanash va ajratish ohanglariga qat‘iy rioya qilishimiz lozim, shundaymi?  
    Ilmiy  atamalarni  to‘g‘fi  talaffuz  qilishingiz,  ikkita  she‘rni  yoddan 
bilishingiz,ertak,  maqol,  tez  aytish,  to‘ishmoq,  qo‘shiq,  alla,  hikoya,  qissa  kabi 
adabiy atamalarga ta‘rif bera olishingiz shart. 
    Ana  shu  talab  asosida  bilimingizni  baholab,  egallagan  bilim,  ko‘nikma, 
malakalaringizni 5 ball, 4 ball, 3 ball reyting asosida belgilab boraman. 
   Bolalar  bugungi  darsimiz  qiziqarli  va  mazmunli  o‘tishi  uchun  guruhlarga 
bo‘linib olamiz. 
   1-guruh – ―Binafsha‖ : 
   - Men, 1-guruh sardori – Qo‘chqorova Umidaman. Binafsha bahorning darakchi 
guli bo‘lib, u adir va ariqlar bo‘ladi. 
    Binafshajon, binafsha 
    Kulishlaring chiroyli. 
    Bog‘imizda ochilib, 
    Turishlarin chiroyli. 
   2-guruh – ―Boychechak‖ : 
   -  Men,  guruh  sardori  Hayrullaeva  Mavludaman.  Boychechak  –  bahorning 
darakchi gulidir. U tog‘larda ochiladi. 
    Boychechagim boylandi. 


 
107 
    Qozon to‘la ayrodir. 
    Ayroningdan bermasang, 
    Qozon – tovog‘ing vayrondir. 
   Yumshoq yerdan yumaloq chiqqan boychechak. 
   3-guruh – ―Lola‖ : 
   Men,  3  –  guruh  sardori  Hamroev  Jahongir  bo‘laman.  Lola  bahorning  darakchi 
guli, u qizil alvon rangda bo‘ladi. 
   Bahor keldi elimizga
   Ko‘m – ko‘k bo‘ldi bo‘g‘ dala. 
   Sevinch to‘lib dilimizga 
   Terib keldik biz lola. 
   O‘qituvchi  :  -  mana,  sizlar  bilan  guruh  sardorlari  va  guruh  nomlari  bilan  ham 
tanishib oldik. Guruhlarning nomlaridan ko‘rinib turibdiki, bugungi darsimiz ham 
bahor fasliga bag‘ishlangan. 
   Endi  sizlarning  darsdagi  faolligingizni  oshirish  uchun  tezkor  savollar  bilan 
murojaat qilaman. 
    1-guruhga : 
   1. O‘zbekiston qachon mustaqillikka erishdi? 
   2. Bahorda birinchi gullaydigan daraxt? 
   3. Bahorda qanday bayramlar bor? 
    2-guruhga : 
   1. Tinchlik qushi nomini ayting. 
   2. Bahorni darakchi gullari. 
   3. Bahor fasli necha oy. 
     3-guruhga : 
   1. Qaysi daraxt gullamay meva tuyadi? 
   2. ―Bolalar uyida‖ hikoyasi qaysi asardan olingan? 
   3. Bahorda uchib keladigan qushlar nomini ayting. 
   O‘quvchilar javoblari baholanadi. 


 
108 
Bolalar  biz  siz  bilan  birinchi  sinfda  ham  bahor  fasli  haqida  ko‘p  tushunchalarga 
ega bo‘lganmiz. 
        Demak siz bahor fasli haqida bemalol gapirib bera olasiz. Hozirgi darsimizda 
Yusuf  Hos  Hojib bobomizning  ―Bahor tarifida‖  mavzuyi  orqali bu  bilimlarimizni 
yanada boyitib kengaytirib olamiz.  
       Keling,  mavzuni  boshlashdan  oldin  Yusuf  Hos  Hojib  bobomizning  hayoti  va 
ijodi bilan tanishib olamiz. 
       Kompyuterda  bobomiz  rasmi  ko‘rsatilib  u  haqida  ma‘lumotlar  beriladi. 
Demak,  Yusuf  Hos  Hojib  bobomizni  ―Qutadg‘u  bilig‖  asari  orqali  bizni  bilim 
olishga, hunar egallashga da‘vat etganlar. 
       Uning  ―Bahor  ta‘rifida‖  mavzusini  so‘zlab  berishdan  oldin,  mavzuda 
uchraydigan ayrim so‘zlar lug‘atiga o‘quvchilar diqqati tortilsa, uning tushunilishi 
yanada samarali bo‘ladi. 
     - 1. Mushk-anbar – atirga o‘hshash ifor.   
       2. Kofur-oq rang. 
       3. Ifor-yoqimli hid. 
       4. Harir-yaltiroq 
       5. Sabo-mayin shamol. 
       6. Nasim-mayin shabada. 
       7. Firdavs-Jannat arig‘i. 
       8. CHin-Xitoy. 
   So‘ng yangi mavzuni ―Bahor valsi‖ musiqasi ostida tariflab so‘zlayman.  
     
                        Bahor tarifida 
   Sharqdan bahor nasimi esib keldi. Olamni bezamoq uchun firdavs yo‘lini ochdi. 
    Oq  rang  ketib,  bo‘z  yerni  alvon  rang  qo‘ladi,  olam  o‘ziga  oro  berib  bezanmoq 
taraddudiga tushdi. 
    Zerikarli qishni bahor nafasi haydadi, musaffo bahor yana o‘z hukmiga kirdi. 
   Uyquga kirgan darahtlar yana yashil to‘n kiydi, oq, sariq, ko‘k, qizil rangli harir 
yo‘inchiqlar bilan bezandi. 


 
109 
   Kitobni  ochtirib,  matndan  uchta  gap  o‘qib  beraman,  keyin  o‘quvchilarga  ikkita 
uchtadan gap o‘qitaman. 
    Shundan keyin darslik kitob yo‘iladi. 
    Uchala guruhga so‘z boyligimizni sinab ko;rish maqsadida shu mavzu yuzasidan 
esda qolgan so‘zlarini yozishga doir savol beriladi. 
    1-guruhga ―Qushlar nomi‖; 
    2-guruhga ―Belgini bildirgan so‘zlar‖; 
    3-guruhga ―Hayvonlar nomini bildirgan so‘zlar‖. 
   O‘quvchilarni yozgan so‘zlari o‘zlariga o‘qitiladi va nechtadan so‘z yozganligiga 
qarab  ular  baholanadilar.  So‘ng  mavzu  yuzasidan  ularga  tezkor  savollar  bilan 
murojaat qilinib, ballar jamlanib, rag‘batlantiriladilar. 
    - Demak, bolalar yangi mavzuni ham mustahkamlab oldik.    
     Uyga vazifa : ―Bahor tarifida‖ ni yaxshilab o‘qib, so‘zlarga tayyor bo‘lib kelish, 
lug‘at so‘zlarni yodlash, bahor gullari va qushlarni rasmini chizib kelish. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
110 
  

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə