4
asar ―Yuksak
1
ma‘naviyat yengilmas kuch‖ deb atalmagan. Negaki qaysi inson
ma‘naviy tomondan boy bo‘lsa
2
uni hech qanday kuch yenga olmaydi. Shuni
nazarda tutib qaraganda yurtboshimiz bu borada uzoqni ko‘zlab ish olib
borganliklarini guvohi bo‘lamiz. Biz, yoshlar bunday sharoitlardan unumli
foydalana olish zarur .
Ona tili ta'limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay
olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon
bayon qila olish, jamiyat a'zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va
malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili ta'limiga o‘quv fani
emas, balki, butun ta'lim tizimini uyushtiruvchi ta'lim jarayoni sifatida qaraladi.
Ona tili ta'limi standarti ko‘rsatkichlari
3
bolani fikrlay olish, ifodalangan
fikrni anglash va o‘z fikrini savodli, mantiqiy izchillikda bayon eta olishga
o‘rgatish nuqtai nazaridan belgilanadi.
Boshlang‘ich ta'lim bosqichida o‘quvchilarning ona tili ta'limi bo‘yicha
tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar quyidagi uch parametrli standart
mezon orqali aks ettiriladi: o‘qish texnikasi, o‘zgalar fikrini va matn mazmunini
anglash hamda fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
"Ta'lim to‘g‘risida"gi Qonunda ta'limning ravnaqi, uning insonparvarligi,
ta'lim va tarbiya tizimining uzluksizligi, ilmiyligi va dunyoviyligi, ta'limda
umuminsoniy va ilmiy qadriyatlarning ustuvorligi, davlat ta'lim standartlari
doirasida hammaning bilim olishi uchun imkoniyat yaratilishi ta'kidlab
ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: