Tildagi ayrim so’zlar shakily jihatdan, ayrimlari ma’no jihatdan, bir xillari esa talaffuzi jihatidan o’xshash bo’ladi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/60
tarix26.04.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#86061
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60
boshlangich sinf ona tili darsliklarida omonim antonim sinonim paronimlarning berilishi va ularni oqitish uslubiyoti

1.2 Sinonim so‟zlar 
    Sinonimlar (grekcha sinonomos yoki sinonomon – bir nomli degani) – shakli har 
xil bo‘lsa ham, ma‘nolari bir – biriga yaqin bo‘lgan so‘zlardir. Sinonim so‘zlar bir 
hil  predmetlarni  (ovqat,  osh,  taom),  predmetning  bir  hil  belgisini  (ishchan, 
harakatchan, tirishqoq), bir hildagi harakatni (asramoq, saqlamoq) bildiradi. 
     Bunday so‘zlar ikki yoki undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lgan sinonimik qatorni 
tashkil  etadi.  Bu  qatordagi  ma‘nosi  betaraf  bo‘lgan,  ko‘p  qo‘llaniladigan  so‘z 
asosiy so‘z (dominanta, bosh so‘z) deb ataladi: chiroyli, go‘zal, ko‘hliq. 
     Ko‘p ma‘noli so‘zlar ko‘chma ma‘nosida boshqa so‘zlar bilan sinonim bo‘lishi 
mumkin: hayoli, andishali, oriyatli, iboli (sifat); yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, 
oraz, jamol (ot); gapirdi, so‘zladi (fe‘l). 
      Tildagi  o‘zlashma  (boshqa  tildan  kirgan)  so‘zlar  o‘zbekcha  so‘zlar  bilangina 
emas,  balki  o‘zaro  ham  sinonim  bo‘lishi  mumkin:  Respublika  –  jumhuriyat.  Tub 
so‘zlar yasama so‘zlar bilan sinonim bo‘lishi mumkin: his (tub) – sezgi (yasama), 
                                                 
5
 4-sinf ―Ona tili‖ dasrligi  6/3/2014Toshkent 2013.  


 
17 
savol (tub) – so‘roq (yasama). Sinonimik qatordagi so‘zlar eskirishi mumkin: odat, 
rasm, urf, fan (rasm, odat); iltimos, o‘tinch, tavollo; oqsoq, cho‘loq, lang. 
     Sinonimlarning quyidagi turlari mavjud: 
leksik  (lug‘aviy)  sinonimlar.  Bular  ham  ikki  xil  bo‘ladi:  a)  to‘liq  sinonimlar  har 
jihatdan  teng  keladigan,  o‘zaro  farq  qilmaydigan,  birining  o‘rnidan  ikkinchisini 
bemalol  qo‘llash  mumkin  bo‘lgan  sinonimlardir  (bular  yana  leksik  dubletlar  ham 
deb  yuritiladi,  kosmos  –  fazo,  respublika);  b)  ma‘noviy  sinonimlar  ayrim  ma‘no 
nozikliklari  bilan  farq  qiladigan,  birini  ikkinchisini  o‘rnida  har  doim  ham  qo‘llab 
bo‘lmaydigan sinonimlardir: ovqat, taom, yemish, ho‘rak; kuldi, jilmaydi, tirjaydi, 
irjaydi,  ishshaydi, irshaydi, hoholadi;  2)  frazeologik  sinonimlar: boshi  osmonda – 
og‘zi  qulog‘ida  –  do‘ppisini  osmonga  otmoq  (o‘ta  xursand).  3)  grammatik 
sinonimlar  ikki  xil  bo‘ladi:  a)  morfologik  sinonimlar:  adabiyotchi  – 
adabiyotshunos,  keldilar  –  kelishdi.  b)  sintaktik  sinonimlar  erkin  so‘z  birikmalari 
yoki gaplar o‘rtasidagi sinonimlikdir: dala ishlari – daladagi ishlar. Kitobni o‘qidi 
–  kitob  o‘qildi.  4)  shartli  sinonimlar  ma‘lum  gap  yoki  matn  ichidagini  o‘zaro 
sinonim bo‘lgan so‘zlardir: Nega kerak edi shu chiroy, shu o‘t? Shu yoniq yulduzni 
ko‘zga  yashirmoq?  (Hamid.O)  Bu  misoldagi  chiroy,  o‘t,  yoniq  yulduz  so‘zlari 
o‘zaro shartli sinonimlar hisoblanadi.  
   So‘zlar  doirasidagi  ma‘nodoshlik  hodisasi  leksik  sinonimiya  deyiladi.  Til 
birliklari  ichida  so‘zlardan  tashqari  ibora  va  qo‘shimchalarda  ham  sinonimlik 
hodisasi uchraydi. 
    Shaklan,  har  xil,  birlashtiruvchi  ma‘nosi  bir  hil  yoki  umumiy  bo‘lgan  so‘zlar 
sinonimlar deyiladi. Sinonimlar ma‘nodosh so‘zlar deb ham yuritiladi. Sinonimlar 
ikki  so‘zdan  tortib  o‘ntagacha  so‘zni  o‘z  ichiga  oladi.  Masalan,  ish,  yumush;  in, 
uya, oshyon; nur, shul‘a, yog‘du, ziyo va boshqalar. 
   Bir  ma‘no  atrofida  birlashuvchi  so‘zlar  yig‘indisi  sinonimik  qator  deyiladi. 
Sinonimik  qatordagi  bosh  so‘zga  dominanta  deyiladi.  Dominanta  so‘z  hozirg 
adabiy so‘zga mansubligi, hissiy bo‘yoq va uslubga ko‘ra betarafligi, nutqda ko‘p 
qo‘llanilishi, zamonaviy qatlamga hosligi bilan harakterlanadi. 


 
18 
     Sinonimlar  shaklan  har  xil  bo‘lishi  bilan  omonimlarga  o‘hshasada,  ma‘noning 
yaqinligi  va  har  doim  bir  xil  so‘z  turkumiga  mansub  bo‘lishi  bilan  ulardan 
farqlanadi. 
     O‘zbek tilida sinonimiya antonim va omonim kabi boshqa hodisalarga nisbatan 
keng  tarqalgandir.  Buni  sinonimlarni  barcha  so‘z  turkumlarida  uchrashi  ham 
isbotlaydi. 
     Masalan,  baxt,  tol‘e,  iqbol,  saodat  (ot),  bepoyon,  poyonsiz,  cheksiz  (sifat), 
hamma, barcha, bari (olmosh), gapirmoq, so‘ylamoq, so‘zlamoq (fe‘l), asta, sekin, 
ohista (ravish), ammo, lekin, biroq (bog‘lovchi), kerak, lozim, darkor (modal fe‘l), 
balli,  barakalla,  ofarin,  yashavor,  qoyil,  tasanno.  Sinonim  so‘zlar  ma‘nolari 
o‘xshash  yoki  bir  xil  bo‘lsada,  ayrim  hususiyatlari  ya‘ni  hissiy  bo‘yoq,  nutq 
uslubiga  hoslik,  zamonaviylik,  dealektal  qo‘llanilishi,  ma‘noni  ifodalash  darajasi 
kabi  belgilari  bilan  bir  –  biridan  farqlanadi.shunga  ko‘ra  ular  quydagi  turlarga 
bo‘linadi:  
Ma‘noviy sinonimlar – ma‘noni ifodalash darajasiga ko‘ra bir – biridan farqlanadi. 
Bunday  sinonimik  qatordagi  bazi  so‘zlar  belgini  me‘yoriy  darajada  ifodalasada, 
boshqalari  kuchli  yoki  kuchsiz  daraja  bilan  ifodalaydi.  Masalan,  achchig‘lanmoq, 
g‘azablanmoq, qaxrlanmoq;  nam, ho‘l, shallabo; yel, shabada, shamol, bo‘ron kabi 
sinonimik  qatorlarda  belgining  ortib  borishi  kuzatilsa,  yaxshi,  durust,  tuzuk 
sinonimik qatorida me‘yorga nisbatan kuchsizlanib borish ifodalangan. 
   Uslubiy  sinonimlar  –  so‘zning  semantik  takibi  leksik  ma‘nodan  tashqari  ijobiy 
yoki  salbiy  bo‘yoq  bilan  qo‘langan  so‘zlardir.  Masalan,  yuz,  bet,  aft,  bashara, 
chehra,  jamol  sinonimik  qatorida  yuz  so‘zi  betaraf,  bet,  aft,  bashara  so‘zlari  esa 
salbiy,  chehra,  jamol  so‘zlari  esa  ijobiy  bo‘yoqqa  ega.  Lekin  bu  so‘zlarning 
barchasi bir hil ―boshning old qismi‖ ma‘nosini ifodalaydi. 
Nutqiy  sinonimlar  nutqning  u  yoki  bu  turiga  hoslanganligi  bilan  o‘zaro 
farqlanadigan  sinonimlardir.  Masalan,  ozgina,  picha,  sal,  hiyol,  qittay,  jichcha 
sinonimik  qatorida  ozgina  nutqning  barcha  ko‘rinishlarida  qo‘llanila  olgan  holda, 
picha,  sal,  hiyol,  qittay,  jichcha  kabilar  faqat  so‘zlashuv  nutqiga  hosdir.  Yoki, 


 
19 
boshqa, o‘zga, bo‘lsa qatorida boshqa adabiy nutqda, o‘zga badiiy nutqda bo‘lak – 
so‘zlashuv nutqiga hosdir. 
 Shartli (kontekstual) sinonimlar – yakka olinganda o‘zaro sinonim bo‘lmay, faqat 
ma‘lum  matn  doirasida  sinonimik  munosabatga  kirishuv  so‘zlaridir.  Masalan, 
chinni  va  kosa  so‘zlarining  leksik  ma‘nolari  bir  xil  emas.  CHinni  ―idish  tovoq 
uchun ishlatiladigan oq loyni‖, kosa esa ―piyoladan kattaroq idish‖ni ifodalaydi va 
ular  sinonim  bo‘la  olmaydi.  Biroq  ular  matn  doirasida  sinonimlikni  yuzaga 
keltirish  mumkin.  Masalan,  Holjonbeka  hitoy  chinnida  moy  olib  keldi.  Hitoy 
kosalarga suzilgan ovqatning hovuri chiqib qolgan edi. 
To‘liq  sinonimlar.  Leksik  (dubletlar)  –  ma‘nolari  o‘zaro  teng  bo‘lib  farqlovchi 
semalari  bo‘lmagan  so‘zlardir.  Ba‘zi  adabiyotlarda  ular  absolyut  sinonimlar  deb 
ham berilgan. Masalan, so‘roq, savol; nom, ot; habar, darak, agitasiya, tashviqot va 
boshqalar.    
     Tilda  sinonimlar  quyidagi  yo‘llar  bilan  yuzaga  keladi:  1)  Boshqa  tildan  so‘z 
o‘zlashtirish orqali: sevgi (o‘zbekcha) – muhabbat (arabcha), ot (o‘zbekcha) – ism 
(arabcha),  yozuvchi  (o‘zbekcha)  –  adib  (arabcha),  ko‘klam  (o‘zbekcha)  –  bahor 
(arabcha),  o‘qituvchi  (o‘zbekcha)  –  pedagog  (ruscha),  tilshunoslik  (o‘zbekcha)  – 
lingvistika (ruscha). 2) mahalliy lahja va shevalardan so‘z olish orqali: aka va og‘a, 
yostiq va bolish, narvon – shoti. 3) tilda mavjud so‘zlar asosida so‘z yasash orqali: 
vazifa  –topshiriq,  hotira  –  esdalik,  farq  –  ayirma.  4)  so‘zning  yangi  ma‘no  kasb 
etishi natijasida: masalan, o‘rin so‘zi ma‘no taraqqiyotiga uchragani uchun ham joy 
so‘zi bilan, ham lavozim so‘zi bilan sinonimik qator hosil qiladi: o‘rin – joy; o‘rin 
–  lavozim.  Demak  ko‘p  ma‘noli  so‘zlar  har  bir  ma‘nosi  bilan  alohida  alohida 
sinonim  qatorni  tashkil  etadi.  O‘g‘zaki  va  yozma  nutqda  sinonimlarning  katta 
amaliy  ahamiyati  bor.  Sinonimlar  nutq  boyligini  oshiradi.  U  til  lug‘at  tarkibining 
qanchalik boy va rang barangligini ko‘rsatuvchi belgilardan biridir. Sinonimlar bir 
so‘zni  o‘rinsiz  takror  ishlatilishiga  yo‘l  qo‘ymaydi,  uslubning  ravonligini  
ta‘minlaydi. So‘z ma‘nolarini chuqur o‘rganish imkonini beradi.
 
Tushum 
kelishigining 
o‘rin-payt,  jo‘nalish,  chiqish  kelishiklari  bilan 
sinonimiyasiga  ham  sinchkovlik  bilan  qarash  lozim. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə