25
birgalikda qo‘llab ko‘raylik: Karim Salimani
maktab qadar
kuzatib bordi; Karim
Salimani
maktab qarab
kuzatib bordi; Karim Salimani
maktab tomon
kuzatib
bordi. Bu gaplarning faqat uchinchisi adabiy til normasiga to‘liq mos keladi.
Qolgan ikkitasi esa hozirgi o‘zbek tili normasiga unchalik mos kelmaydi» (
Q o’ n
g’ u r o v R.
O‘zbek tili stilistikasidan ocherklar. – Samarqand, 1975, 97-bet).
Olimning fikrini qo‘llab-quvvatlagan holda faqat bir narsani qo‘shimcha qilish
mumkinki,
maktab tomon
birikmasining me‘yorlashuvi uning ko‘pchilik
tomonidan qo‘llanish chastotasi bilan bog‘liq.
Qadar, sari
ko‘makchilari o‘z
sinonimlari
qarab
va
tomon
ga nisbatan nutqda, ayniqsa so‘zlashuv nutqida kam
qo‘llaniladi. So‘zlashuv nutqi esa til biriliklarining me‘yorlashuvi uchun eng qulay
imkoniyat sanaladi. SHu ma‘noda hatto
qarab
ko‘makchisining
qadar
va
sari
ga
qaraganda
–ga
o‘rnida qo‘llanishning ommalashib, me‘yorlashib borayotganini
kuzatish qiyin emas.
Bu o‘rinda xulosa sifatida shuni qayd qilish mumkinki, nutqiy jarayonda
so‘zlarning o‘zaro birikuvini tashkil qiluvchi so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar va
ularning ayrim ko‘makchilar bilan sinonimiyasi o‘zbek tilining fikrni eng nozik
jihatlari bilan ifoda etishdagi imkoniyatlari naqadar kengligidan dalolat beradi.
Binobarin, ular uslubshunoslik uchun qimmatli material bera oladi. Masalan,
ularning o‘zaro almashinib qo‘llanishiga me‘yor nuqtai nazardan qaraganimizda
esa grammatik me‘yor nomuvofiqligi uslubiy me‘yor buzilishlariga qaraganda
nisbatan kam diqqatni tortad
Qo`shimchalar sinonimiyasi.
Dostları ilə paylaş: