Tildagi ayrim so’zlar shakily jihatdan, ayrimlari ma’no jihatdan, bir xillari esa talaffuzi jihatidan o’xshash bo’ladi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/60
tarix26.04.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#86061
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
boshlangich sinf ona tili darsliklarida omonim antonim sinonim paronimlarning berilishi va ularni oqitish uslubiyoti

3.bob  Xulosasi. 
    Yosh  avlodga  ta‘lim-tarbiya asoslarini  puxta  o‘rgatish,  keng  dunyoqarash  va  
tafakkur  ko‘lamini  hosil  qilish,  og‘zaki  va  yozma  nutqini  rivojlantirish, so‘z  
boyliklarini    oshirish,  ma‘naviy    ahloqiy    sifatlarni    shakllantirish    boshlang‘ich  
sinf    ona    tili    va    o‘qish    darslarining    asosiy    vazifasi    hisoblanadi.    Shuning  
uchun    har    bir    boshlang‘ich    sinf    o‘qituvchisi    darsni    to‘g‘ri    tashkil    qilishga  
katta  e‘tibor  qaratishi lozim.  Zamonaviy  ta‘limni  yo‘lga  qo‘yishda  biz  uchun  
manbalar    yetarli    bo‘lib    faqatgini    uni    o‘z    o‘rnida    qo‘llay    bilishimiz    dars  
jarayonini  tartibli, izchillikda  olib  boorish  lozim.   
   Biz  yuqorida  ko‘rib  o‘tgan  bir  qator  dars  ishlanmalari,  faqatgina  namuna  
sifatida    ko‘rsatib  o‘tilgan.    Bu    darslarda    biz    e‘tiborimizni    omonim,  sinonim,   
antonym,    tarixiy    va    arxaik    so‘zlarni    o‘rganishga    qaratdik.    Darsni    har    bir  
o‘qituvchi  o‘zining  kasbiy  mahorati,  malakasidan  kelib  chiqqan  holda  turlicha 
tashkil  etishi  mumkin. 
    Ushbu    bob    bevosita    ―o‘qish‖    darsi    bilan    bog‘langan    bo‘lib,    o‘quvchilar  
ona    tili    darsida    olgan    bilimlarini    mustahkamlashga,    takrorlashga    imkon  
beradi.   Omonim, sinonim,  antonim,  tarixiy  va  arxaik  so‘zlarga  oid  misollarni  
o‘qish    fanlarida    juda    ko‘p    uchratish    mumkin,  bu    esa    o‘quvchilar    so‘z  
boyligini    oshirishda,    ularning    bilim    sifatini    yaxshilashda,    ona    tilida    olgan  
bilimlarini  mustahkamlashda  katta  yordam  beradi. 
      Xulosa    o‘rnida    shuni    aytish    joizki,    o‘quvchilarni    ma‘naviy  –intellektual  
jihatdan   shakllanishi  uzluksiz  va uzviy  jarayon  bo‘lib,  ayni  paytda  zamonaviy  
yondashuvni    talab    qiladi.    Ta‘lim    sifati    va    samaradorligini    oshirish    biz  
o‘qituvchilarning  darsni  qanday  va  qay  tarzda  tashkil  qilishimizga  bog‘liq. 
 
 
 
 
 
 


 
111 
                           
Xulosa.
 
    Ish  badiiy  matnni  shakllantiruvchi  leksik  vositalar,  ya‘ni  omonim,  sinonim, 
antonim, tarixiy va arxaik so‘zlardan foydalanib yozilgan. Omonim so‘zlar   badiiy 
matnda  qo‘llanib,  o‘quvchilar  uchun  matn  voqealarini  yanada  jozibaliroq  va 
tushunarli  yetkazish  uchun  asos  bo‘ladi.  Umuman  olganda  omonim,  sinonim, 
antonim  so‘zlar  matnni  shakllantiruvchi  vositalar  sanaladi.  O‘qish  darslarida  bu 
sozlar ustida lug‘at shaklida foydalanish esa ta‘lim  jarayonining  uzviyligi hamda 
ona    tili  va  o‘qish  darslarining  samaradorligini  oshirishga  xizmat  qiladi.  Chunki 
o‘quvchilar ona tili darslarida sinonim, omonim, antonim, tarixiy va arxeik so‘zlar 
haqida  qisqacha  ma‘lumot  oladilar.  Bu  ma‘lumotlar  esa  faqatgina  ona  tili 
darslaridagina  emas,  o‘qish  daarslarida  ham  mustaxkamlanib  borilsa,  bu 
o‘quvchilarni  ona  tilining    naqadar  boyligi  va  jozibadorligini  anlashga,  nutq 
ravonligiga  ham  xizmat  qiladi.  Bunday  usulda  dars  joriy  etilishi    o‘quvchilarni 
insho,  bayon  kabi  ijodiy  ishlarini  ham  o‘rinli,  chiroyli  usulda  bayon  etishlarini 
ta‘minlaydi. 
    Bu  usul  hozirgi  darslarda  endilikda  qo‘llanilayotganligi  bilan  ham  ahamiyatli. 
Chunki  bu    ishlarda  yoritilgan  hamda  dars  jarayonlarida  to‘laligicha  joriy 
etilganligi sababli bu mavzu kelgusidagi  ta‘lim jarayonida keng qo‘llashga zamin 
yaratadi.  Ishda  omonim,  sinonim,  antonim,  tarixiy  va  arxaik  so‘zlarni  o‘qitish 
usullari  yoritilgan.  Bundan  ko‘zlangan  asosiy  maqsad  o‘quvchilar  uchun  matnda 
tushunarsiz  bo‘lgan  so‘zlarni  tushuntirish  va  fanlararo  aloqalarni  mustahkamlash. 
Shu bilan bir qatorda o‘quvchilar lug‘at boyligini yanada oshirish va sof ona tilida 
so‘zlashlari  uchun  zamin  bo‘la  oladi.  Ushbu  dars  ishlanmalarini  tuzishda  mohir 
pedagoglarning  dars  ishlanmalaridan  foydalanildi.  Ushbu  dars  ishlanmalar  ta‘lim 
samaradorligini oshirishga hizmat qiladi deb o‘ylaymiz. 
                               
 
 
 
 


 
112 
                             

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə