Tillar kafedrasi farmatsevtik terminologiya fanidan sanoat farmatsiyasi fakulteti uchun



Yüklə 480,39 Kb.
səhifə1/4
tarix08.03.2018
ölçüsü480,39 Kb.
#30790
  1   2   3   4

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI

TILLAR KAFEDRASI
FARMATSEVTIK TERMINOLOGIYA FANIDAN SANOAT FARMATSIYASI FAKULTETI UCHUN

O`QUV- USLUBIY MAJMUA
картинки по запросу herbal remedy plantsкартинки по запросу medicinal form picture

Toshkent - 2016
MUNDARIJA

1. Sillabus (o`qituvchining ish dasturi) .........................................................................
2. O`tilayotgan fanning asosiy nazariy materiali .........................................................
3. Prezentastiya ...........................................................................................................
4. Tarqatma materiallar, mustaqil ta’lim uchun materiallar..................................
5. Amaliy mashg`ulot uchun materiallar....................................................................
6. Glossariy....................................................................................................................

«Farmatsevtik terminologiya» fani bo`yicha katta o`qituvchi

2016/2017 o`quv yili uchun mo`ljallangan

SILLABUSI




Fanning qisqacha tavsifi

OTMning nomi va joylashgan manzili:

Toshkent farmatsevtika instituti

Oybek ko`chasi, 45

Kafedra:

TILLAR

“Sanoat farmatsiyasi” fakulteti tarkibida


Ta’lim sohasi va yo`nalishi:

5510600 – Sanoat farmatsiyasi

5320500 – Biotexnologiya 5310901 – Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (Dori vositalari)



Bakalavriat bosqichining sanoat farmatsiyasi fakulteti talabalari uchun mo`ljallangan


Fanni (kursni) olib boradigan o`qituvchi to`g`risida ma’lumot:

Suyundikov N.S. –Tillar kafedrasining katta o’qituvchisi

Matyusupova Sh.- Tillar kafedrasining katta o’qituvchisi

D.Q.Xudoyqulova- Tillar kafedrasi mudiri, katta o’qituvchisi



e-mail:

Hudoyqulova-1982@mail.ru




Dars mashg`ulotlarini o`tkazishning vaqti va joyi:

O`quv bo`limi tomonidan ishlab chiqilgan jadval asosida institut o`quv binolarida

33,34,39-xonalar



Kursning boshlanishi va davom etish muddati:

Bakalavriat ta’lim yo`nalishi o`quv rejasiga muvofiq 1 /2 semestrda

Individual grafik asosida professor-o`qituvchining talabalar bilan ishlash vaqti:




Fanga ajratilgan o`quv soatlarining o`quv turlari bo`yicha taqsimoti

Auditoriya soatlari

90/72

Mustaqil ta’lim:

36/18

Ma’ruza:

-

Laborato-riya

-







Fanning boshqa fanlar bilan uzviy aloqasi (prerekvizitlari):

“Farmakognoziya”, “Botanika ”, “Dori turlari texnologiyasi” “Farmatsevtik kimyo”

Fanning mazmuni

Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:

Fanni o‘qitishdan maqsad – tаlаbаlаrni tanlagan mutаxаssisligi bo`yichа o`quv rеjа аsоsidа bo`lаjаk prоvizоrlаrning farmatsevtik terminologiya asoslarini shakllantirish va sifаtini oshirishga qаrаtilgаn. Dаstur I va II sеmеstrgа mo`ljаllаngаn.

Fanning vazifasi - Sanoat farmatsiyasi fakultetida Farmasevtik terminologiyani o’qitishning bosh maqsadi lotin tilidagi zamonaviy farmatsevtika atamalarini tushunib, savodli tarzda qo’llay oladigan mutaxassislarni tayyorlashdir. Bu tilning alifbo, fonetika, morfologiya, so’z yasovchi va leksik resusrlari qadimgi yunon tilining so’z yasovchi va leksik resurslari bilan birga tibbiy, farmatsevtik, botanik, mikrobiologiya va boshqa atamashunosliklarning, ularning baynalminalashishiga imkon bergan holda, to’ldirishda yetakchi rol o’ynashda davom etmoqda.

Dorivor moddalarning patentlanmagan deb ataluvchi xalqaro nomlari Butun Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkilotining nomlari lotin tilida berilgan. Dunyoning ko’pgina mamlakatlarida, shu jumladan, O’zbekistonda ham retsept qog’ozlari lotin tilida yoziladi.

Bosh maqsadga yetishish uchun o’qitish farmatsevtika atamashunosligi asoslariga qaratilgan bo’lishi kerak. Bu tushuncha nazariy va til amaliyoti masalalarini o’z ichiga oladi.

“Farmatsevtik terminologiya” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

farmatsevtika atamashunosligining tarkibiga kiruvchi turli nomlar majmuidagi atamalarni qo`llay bilishi.

Farmasevtik terminologiya fani o’qitib bo’lingandan so’ng talabalar:



- lotin tilidagi atamalarni o’qish va yozishni bilishlari;

- grammatika elementlarini bilishlari(turlanish tizimini, otning sifat bilan moslashuvini);

- retsept va farmasevtik atamalarni lug’atsiz tarjima qila olishlari;

- lotin tilidagi nomlar mazmun prinsplariga muvofiq holda

ob’yektlarni atay bilishlari (ximik, botanik, farmakognostik);

- 700 atrofdagi birlikdan iborat leksik minimumni xotirada uzoqroq

saqlay olishlari va ularni amaliyotda qo`llash ko`nikmalari

Farmasevtik terminologiya bo’yicha 1- kursda egallagan bu ko’p qirrali farmatsevtik atamashunoslik asoslari fani mohiyati yuqori kurslarda keyinroq o’qitiladigan mutaxassislik fanlarida chuqurlashtiriladi, kengayadi va boyitilib boradi. Talaba fandan olgan bilimlarni amaliyotda retsept va farmasevtik atamalarni, lotin tilidagi nomlar mazmun prinsplariga muvofiq holda element va dori nomlarini atay bilishlari (ximik, botanik, farmakognostik), leksik birliklarni retseptlarda qo`llay olish mаlаkаlаriga egа bo`lishi kеrаk.



Talabalar uchun talablar


Institutning odob-ahloq kodeksi talablarigi qat’iy rioya qilish, shuningdek:

-professor-o‘qituvchi auditoriga kirganida o‘tirgan joydan turib “Assalomu alaykum” deb kutib olish;

- uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yish;

- professor-o‘qituvchidan so‘ng dars mashg‘ulotiga kech kelgan talaba auditoriyaga kiritilmaydi;

- professor-o‘qituvchi va guruhdoshlarga qo‘pollik qilmaslik, so‘z talashmaslik, hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

- institut ichki tartib - intizom qoidalariga rioya qilish;

-kiyinish talablari (madaniyati) ga rioya qilish;

-mashg‘ulotlar vaqtida o‘qituvchining ruxsatisiz auditoriyadan chiqmaslik (umuman dars jarayonida auditoriyadan sababsiz chiqishga ruxsat berilmaydi);

- uy vazifasi va mustaqil ish topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;

- ko‘chirmachilik (plagiat) qilmaslik, qat’iyan man etiladi;

- darslarga qatnashish majburiy, sababsiz 3 (uch) va undan ortiq dars qoldirgan talaba keyingi mashg‘ulotlarga fakultet dekani ruxsati bilan kiritiladi;

- sababli dars qoldirilgan taqdirda, professor-o‘qituvchiga ma’lumotnoma (spravka) taqdim etish;

- har qanday holatlarda ham qoldirilgan darslar qayta o‘zlashtirilishi shart;

- ma’ruza va amaliyot darslariga oldindan tayyorlanib kelish va faol ishtirok etish;

- qo‘shimcha ravishda bajarilgan taqdimot, mustaqil ish, esse, referat, kreativ fikrlash darajasi, turli xil tadbirlar va ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etish;

- talabaga o‘z vaqtida bajarilmagan mustaqil ish, uy vazifasi, tartib – intizomi bo‘yicha choralar ko`rish;



- talaba reyting ballidan norozi bo‘lsa fan bo‘yicha nazorat turlari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 1 kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat qiladi va apellyasiya komissiyasi shu kunning o‘zida talabaning arizasini ko‘rib chiqib xulosa chiqaradi.


Elektron pochta orqali munosabatlar tartibi


Professor-o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin, telefon orqali baho masalasi muhokama qilinmaydi, lekin oraliq, joriy va yakuniy baholash faqatgina institut hududida, ajratilgan xonalarda va dars davomida amalga oshiriladi. Elektron pochtani ochish vaqti soat 15.00 dan 20.00 gacha.


Fan mavzulari va unga ajratilgan soatlar taqsimoti:



Mavzular

Amaliy mashg`ulot

Mustaqil ta`lim

1.

Farmatsevtik terminologiya: Lotin tili alifbosi. Unli harflar. Diftonglar. Undosh harflar

2




2.

Harf birikmalari va qo‘sh undoshlarning o‘qilishi. Digraflar.

2




3.

So‘zlarning bo‘g‘inlarga bo‘linishi. Bo‘g‘inlarning cho‘ziqlik va qisqalik qoidalari. Urg‘u.

2




4.

So‘z turkumlari. Fe‘l. Fe‘l negizi. Fellarning buyruq mayli

2




5.

Ot. I turlanishdagi otlar

2




6.

Aniqlovchi. Moslashgan va moslashmagan aniqlovchilar. Moslashmagan aniqlovchili atamalarni tarjima qilish. Predlog va bog‘lovchilar

2




7.

Retsept. Retseptning tuzilishi

2




8.

II turlanishdagi otlar. Mujskoy roddagi otlar. Jenskiy roddagi otlar

2




9.

II turlanish sredniy roddagi otlar

2




10.

Yunon -lotin atama (termin) elementlari

2




11.

Dorivor preparatlar nomi. Dorivor preparatlar nomidagi familiyalar.Fe’lning shart mayli. “ fiat, fiant “ fe’lining retseptlarda qo‘llanilishi

2




12.

Sifat. I -II turlanishdagi sifatlar. Moslashgan aniqlovchi. I -II turlanishdagi sifatlarning I, II turlanishdagi otlar bilan moslashuvi

2




13.

Dorivor preparatlarning ko‘p bo‘lakli nomlarida sifatlarning qo‘llanilishi

2




14.

Majhullik nisbatidagi o`tgan zamon sifatdoshi

2




15.

Kimyoviy elementlar, kislotalar va oksidlarning lotincha nomi

2




16.

Tuzlar nomi. Asos tuzlarning nomi.


2




17.

III turlanishdagi otlar. Undosh tip. Undosh tipdagi mujskoy roddagi otlar. I -II turlanishdagi sifatlarning III turlanishdagi undosh tipdagi mujskoy roddagi otlar bilan moslashuvi

2




18.

III turlanishdagi otlar. Undosh tipdagi jеnskiy roddagi otlar. I -II turlanishdagi sifatlarning III turlanishdagi undosh tipdagi jenskiy roddagi otlar bilan moslashuvi

2




19

III turlanishdagi otlar. Undosh tipdagi srеdniy roddagi otlar. I -II turlanishdagi sifatlarning III turlanishdagi undosh tipdagi sredniy roddagi otlar bilan moslashuvi

2




20

Aralash tipdagi otlar

2




21

Unli tipdagi otlar. I -II turlanishdagi sifatlarning III turlanishdagi unli tipdagi otlar bilan moslashuvi. Yunon-lotin atama elementlari

2




22

III turlanishdagi sifatlar

2




23

Organik kimyoviy moddalarning ilmiy va trivial (shartli) nomlanishi. Farmatsevtik atama va retseptlarni tarjima qilish

2




24

IV va V turlanishdagi otlar

2




25

Retseptlarda so‘zlarni qisqartirish

2




26

Sifat darajalari. Son. Sanoq va tartib sonlar.

Farmatsevtik atama va retseptlarni tarjima qilish



2







Farmatsevtik atama va retseptlarni tarjima qilish

2




Yüklə 480,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə