Tilning paydo bo`lishi



Yüklə 50,5 Kb.
səhifə1/2
tarix11.03.2023
ölçüsü50,5 Kb.
#102319
  1   2
Tillarning paydo bo`lishi

Tillarning paydo bo`lishi




Reja:



  1. Til qanday paydo bo`lgan.

  2. Tilning paydo bo`lishida biologik va ijtimoiy aspekt.

  3. Tilning paydo bo`lishi haqidagi turli nazariyalar, ularning talqini va ilmiy asosi.

Til qanday paydo bo`lgan, degan savolning javobi qadim zamonlardan beri insoniyatni qiziqtirib keladi. Bu jumboqning yechimi juda murakkab bo`lib, uni inson nutqining paydo bo`lishi masalasi bilan tenglashtirib bo`lmaydi. Yuqoridagi savol faqat tilshunoslik fanigagina tegishli bo`lib qolmay, bu muammo antropologiya, psixologiya, etnografiya kabi o`nlab fanlarning ham o`rganish obyektidir. Hozirgacha yer yuzida umuman bashariyatga xos bo`lgan tilning qachon, qanday paydo bo`lganligi, dastlabki tillardagi so`zlar, uning leksik, sintaktik, morfologik, semasiologik xususiyatlari nimalardan iborat ekanligi hal qilingan emas va hal etilishi mumkin ham emas. Tilning paydo bo`lishi bilan ayrim aniq tillarning yoki til oilalarining paydo bo`lishi masalalarini aralashtirmaslik lozim. Hozir yer yuzida mavjud bo`lgan millat, elatlarga tegishli jonli tillarning, ba’zi bir o`lik tillarning ham kelib chiqish tarixi o`rganilgan, o`rganilmoqda. Bu u qadar qiyin masala emas. Chunki ba’zi bir muayyan tillar va shi tillarga qardosh bo`lgan tillar turli davrlarda , har xil shart – sharoitlarda, bilvosita va bevosita sabablarga ko`ra paydo bo`lgan. “Til~nutq~nutq sharoiti” aspektida olib borilgan uzoq yillik tadqiqotlar samarasiga tayangan holda komil ishonch bilan ayta olamizki, tilning paydo bo`lishi ong va jamiyatning paydo bo`lishi bilan, qolaversa, yer yuzida inson zotining paydo bo`lishi bilan uzviy bog`liqdir. Ilmiy gepoteza(taxmin)lar odamning paydo bo`lish evolyutsiyasi va jamiyatning shakllanishini uch bosqichga bo`lib ko`rsatadi:



  1. Yuqori darajada taraqqiy etgan avstralopiteklar davri. Bu bosqichda ilk ibtidoiy odamlar ikki oyoqlab yurishga o`tib, tayoq, tosh,suyak parchalaridan qurol sifatida foydalanganlar. Bu bizdan ikki – uch million yil oldingi davrga to`g`ri keladi.

  2. Paleantroplar bosqichi. Bu davrda paleantroplar, ya’ni eng qadimgi odamlar sun’iy qurollar, turar joy tayyorlaganlar, yirik hayvonlarni jamoa bo`lib ov qilish bilan shugullanganlar. Bu bizdan taxminan bir million yillar oldingi davrga to`g`ri keladi.

  3. Hozirgi zamon kishilari bosqichi. Ilmiy taxminlar bu davr 40-50 ming yillar oldin paydo bo`la boshlaganligini ko`rsatadi. Chamasi, bir million yillar avvalgi eng qadimgi odamlar uzoq va murakkab jarayon davomida insonga xos biologik hamda sotsial xususiyatlarga ega bo`la boshlaydilar. Aniq nutq ularga hayvonot dunyosidan ajralish, jamiyat bo`lib uyushish, uyushgan holatda mehnat qilish hamda tafakkurning rivojlanishiga turtki bo`ladi.

Tilning paydo bo`lishi uchun faqat biologik zaminlargina emas, jamiyatning paydo bo`lishi ham nihoyatda zarur edi. Antropologiya (odam hamda irqning kelib chiqishini o`rganuvchi fan), arxeologiya (tarixiy dalillar va madaniy yodgorliklar asosida odamning o`tmish tarixini o`rganuvchi fan) fanlarning uzoq davrlardan beri olib borayotgan tekshirishlari, ilmiy izlanishlari natijasida kishilik tarixi ikki davrdan iborat degan fikrga kelingan. Bular – tarixgacha bo`lgan davr va tarixiy davr. Tarixgacha kishilarning ibtidoiy jamoa bo`lib yashashi ya’ni kishilik jamiyatining shakllanish, tiklanish, uyushish davridir. Ibtidoiy kishilar jamoasi sotsial - biologik organizm bo`lgan. Ularda instinktiv mehnat qobiliyati rivojlangan bo`lib, asosan, tabiatdagi tayyor narsalardan foydalanganlar. Instinktiv mehnat ong va tilning paydo bo`lishi uchun shart – sharoit yaratgan. Olimlarning faraz qilishicha, mehnat, ibtidoiy mehnat qurollarini yasash inson tana a’zolarini asta – sekin, juda uzoq muddatli tabiiy jarayonda takomillashtirib, til va tafakkurning rivoj topishida beqiyos rol o`ynagan. Albatta, dastlab paydo bo`lgan til va nutqni bizning tilimizga yoki nutqimizga aslo tenglashtirib bo`lmaydi. Ehtimol, dastlabki tilda har biri alohida narsani, harakatni yoki holatni bildiradigan so`zlar bo`lmagandir; o`sha davrdagi tilga xos so`zlar butun boshli voqea - hodisani ifodalagandir. O`sha davrda insonning tovush chiqaradigan a’zolari hozirgidek takomillashmagani uchun nutqda dastlab paydo bo`lgan so`zlarning talaffuzi aniq bo`lmagan. Demak, mehnat qilish, mehnat qurollarini yasash jarayonida odamlar jamoasi borgan sari uyushib boradi, natijada kishilik jamiyatining ilk ko`rinishlari vujudga keladi. Hayvonot dunyosidan ajralib chiqqan odamlarda jamoa bo`lib mehnat qilish jarayonida bir – birlariga nimadir deyish ehtiyoji tug`iladi. Ana shu zaruriy ehtiyoj tilning yaralishiga sabab bo`ladi. Til bilan bir paytda tafakkur ham paydo bo`ladi. Demak, uch omil -“mehnat~til~tafakkur” bir – biriga ta’sir etib, ularning rivoj topishiga sabab bo`lgan. Ijtimoiy mehnat natijasida nihoyatda katta (kuchli) zaruriy ehtiyoj talabi bilan til nutq a’zosi sifatida va miyaning asta – sekin takomillasha borishi biologik jihatdan xarakterlansa, til va tafakkurning paydo bo`lishi, tasavvurning, fikrning nutqda voqelana olishi ijtimoiylik, ya’ni kishilik jamiyati bilan uzviy bog`liqdir.
Inson tovush tili tufayli hayvonot dunyosidan ajralib chiqdi. Tovush tili esa tafakkursiz mavjud bo`la olmaydi. Ma’lumki, tafakkurda bor narsa tilda aks etadi, tilda bori esa nutqda voqelanadi. Ayni paytda miyada paydo bo`ladigan har qanday oddiy tushuncha ham til orqali nutqqa ko`chmas ekan, ya’ni nutq tovushlari, so`zlar orqali ifodalanmas ekan, bunday tushuncha o`zicha hech kimga, hatto fikr qiluvchining o`ziga ham ma’lum bo`lmaydi. Qisqasi, tilsiz tafakkur, tafakkursiz til mavjud emas.

Yüklə 50,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə