Tilshunoslik asoslari



Yüklə 2,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/32
tarix24.06.2022
ölçüsü2,06 Mb.
#90050
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Tilshunoslik-asoslari



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY BA 0 ‘RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
0 ‘LMAS SHARIPOVA
IBROHIM YO‘LDOSHEV
TILSHUNOSLIK ASOSLARI
O'zbekiston RespublLkasi O liy va o'rta m axsus ta’lim vazirligi 
oliy o'quv yurtlari uchun o‘ quv qo'llanm a sifatida 
nashrga tavsiya etgan.
TOSHKENT - 2006


ANNOTATSIYA
"Tilshunoslik asoslari” fanidan yozilgan ushbu o'quv qo'llanmada 
tilshunoslikning tarixi va nazariyasiga oid materiallar berilgan. Undo 
"TilnLng paydo bo'lishi”, “Til va tafakkur”, “Til va iamiyat”, “Yozuv va 
uning paydo bo'lishi”, “Leksikalogiya", “Grammatik kategoriyalar”, 
“Sotsiolingvistika”, “Tillaming tipologik tasnifi” kabi mavzular atroflicha 
yoritib berilgan.
Ushbu qo'llanm a oliy o'quv yurti filologiya fakulteti bakalavr 
yo'nalishi taiabalari uchun yozilgan.
В настоящем учебном пособии приведены сведения по истории 
и теории 
языкознания. 
Подробно изучены такие темы 
как 
«Возникновение языка», «Язык и общество», «Письмо и его 
возникновение», 
«Лексикология», 
«Грамматические 
категории». 
«Социолингвистика», «Типологическая классификации языков».
Пособие 
предназначено 
для 
студентов 
бакалавриатуры 
филологических факультетов ВУЗов республики.
Annotation
There are given materials about history and theory of linguistics in 
this m anual Undertaken attempt learn indetail such themes as “Origin of 
language", 
“Writting 
and 
its 
origin”, 
"Grammar 
category”, 
‘'Sociolinguistics”, “Typological classification of languages".
Manual intends for Universitys bachelour students of filologik 
faculties in Uzbekistan.
M axsus muharrir: 
filologiya fanlari nomzodi, dotsent 
Saodat M uhammedova
Taqrizchilar: 
filologiya fanlari doktori, professor 
Ravshanxo1 ja Rasulov, 
filologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar 
Xislat Mahamadaliyev,
M a'rufjon Yo'ldoshev
Muharrir: O dina Ergasheva
O 'zb ek isto n Respublikasi Oliy va o ’rta maxsus ta ’lim 
vazirligining 2006-yil 18-iyuldagi 166-buyrug‘iga asosan nashrga 
ruxsat berilgan
© Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti


SOZBOSHI
Mazkur o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining O 'zbek tili 
va adabiyoti va C h et lili fakulteti talabalari uchun «Tilshunoslik 
asoslari» kursi dasturi asosida yaratildi. O 'quv qollanm ada 
tilshunoslikka oid dastlabki masalalar yoritildi.
O'quv 
qo'llanm adagi 
m ateriallarni 
yozish 
mualliflar 
o'rtasida quyidagicha taqsimlandi: 
filologiya fanlari doktori, 
professor I.J.Yo'ldoshev tomonidan «Til va tafakkur», «Til va 
jamiyat», 
«Yozuv», 
«Leksikologiya», 
«Terminologiya», 
«Terminlaming 
yasalishi», 
«Etimologiya», 
«Leksikografiya» 
raavzulari, 
filologiya fanlari nomzodi, d o tsen t O'.Sharipova 
tomonidan esa «Tilshunoslik fan sifatida», «Tilning mohiyatl», 
«Tilning paydo bo’lishi», «Tillaming o'zaro ta ’siri va rivojlanish 
qonuniyatlari», «Til sistema sifatida», «Fonetika va fonologiya», 
«Nutq tovushlari artikulyatsiyasi», «N utq tovushlari tasnifi», 
«Nutqning fonetik bo'laklari», «Urg'u», «Tovushlaming nutq 
jarayonida o’zgarishi», 
«Leksik 
m a’n o n in g 
kengayishi va 
torayishi», «So'zlarning m a’no m unosabatiga ko'ra turlari», 
«Tabú va evíemizm», «Grammatika», «Morfologiya», «Sintaksis», 
«Sotsiolingvistika», «Sintagma», «Tillaming tipologik tasnifi» 
mavzulari yozildi.
O'quv 
qo'llanm ani 
yozishda 
mualliflar 
O.Azizov, 
M.Irisqulovlaming 
«Tilshunoslikka 
kirish», 
A.Hojiyevning 
«Tilshunoslik terminlarining izohli lug'ati», N.M ahmudovning 
«Til», 
«Ma’rifat 
manzillari» 
nomli 
kitoblaridan 
unum li 
foydalanishdi. 
Shu 
bois 
m ualliflar 
ularga 
o'z 
minnatdorchiliklarini bildirishadi.
Qo'llanma oliy o'quv yurtlarining O 'zbek tili va adabiyoti 
hamda 
Chet 
tilllar 
fakultetlarining 
talabalari 
uchun 
mo'ljalíangan.


TILSHÜNOSLIK FAN SIFATIDA
Tilshunoslik til haqidagi mustaqil va aniq fan bo'lib, tilnmg 
kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyot jarayonlari va qonuniyatlarini 
ilmiy asosda o 'rg an ad i. Bu fan muayyan va umumiy tilshunoslik 
sohalaridan 
iborat. 
Tilshunoslik 
mikrolingvistika 
va 
m akrolingvistikaga ajratiladi. Mikrolingvistika tilning faqat 
ichki, 
y a ’ni 
fonetik, 
leksik 
va 
grammatik 
tuzilishini, 
m akrolingvistika esa tilni boshqa fanlar bilan qo'shib o'rganadi.
«Tilshunoslik asoslari» kursi til haqidagi fanlarning asosiy 
masalalarini o'rganadi, 
shu bois, bunday bilimlarga ega 
bo'lm asdan u n in g ayrim bo'limlarini to'liq tasaw ur qilish 
mumkin emas. Tilshunoslik fani tekshiradigan muammolardan 
eng asosiylari «Tilshunoslik asoslari» fanida o'rganiladi. Tilni 
tilshunoslikdan tashqari falsafa, mantiq kabi boshqa fanlar ham 
o'rganadi. Til va jam iyat taraqqiyoti bog'liqligi tufayli tilni 
sotsiologlar 
ham
o'rganadilar. 
Tilshunoslar 
ham 
tarix, 
etnografiya, psixologiya, antropologiya, matematika, geografiya, 
fizika 
kabi 
fanlarga 
oid 
materiallar 
va 
xulosalardan 
foydalanadilar.
Dunyoda tilshunoslik borasidagi ilk qadamlar insonlar 
o'rtasidagi m uloqotga bo'lgan zaruriyat sezilgan davrlardan 
e ’tiboran qo'yilgan, desak yanglish bo'lm aydi. Tilshunoslik fani 
eng uzoq tarixga eg a bo'lgan fanlar sirasiga kiradi. U eramizdan 
bir necha yuz yillar aw al Qadim gi Hindiston va Qadim gi 
Yunoniston (G retsiya)da taraqqiy eta boshlagan. Qadimgi 
Yunoniston olim va faylasuflari o'rtasida so‘z va uning 
tushuncha 
m ohiyati 
o'rtasidagi bog'lanishning 
mavjudligi 
masalasi ancha m unozaralarga sabab bo'ldi. Bulaming natijasi 
o'iaroq olib borilgan tahlillar, kuzatishlar pirovardida tilning so'z 
boyligi, so'zlam ing paydo bo'lishi haqidagi dastlabki nazariy 
fikrlarga asos solindi.
XIX asm ing birinchi yarmida tilshunoslik sohasida juda 
katta m arralarga erishildi. Xususan, bu davrda tilshunoslikda 
qiyosiy-tarixiy m etod shakllandi va unga hamohang tarzda til 
haqidagi fan ham qiyosiy-tarixiy tilshunoslik fani deb yuritila 
boshlandi. Bu davTda Evropa tillarining sanskrit (qadimgi hind) 
tili bilan uzviy bog'lanishi borligini sezgan holda bu tillarning 
o'zaro aloqadorlik, bog'liqlik taraflari jiddiy o'rganila boshlandi. 
Ayniqsa, tillarni qiyosiy-tarixiy o'rganish borasida nemis olimlari


Frans Bopp (1791-1867), Yakob Grimm (1785-1863), daniyalik 
olim Rasmus Rask (1787-1832), rus olimi A leksandr Vostokov 
(1781-1864), chex olimi Dobrovskiy (1753-1829) kabilarning 
xizmatlari katta bo'ldi. Q iziqarli tarafi shuki, m azkur olim lar bir—
birlariga bog'liq bo'lm agan holatda va bir davm ing o‘zida 
tillarni qiyosiy-tarixiy jih atd an o'rganish metodi, g'o y asi va 
tamoyillarini ishlab chiqish borasida bir nuqtada uchrashdilar.
1818-yilda F.Boppning «Sanskrit tilining yunon, lotin, fors, 
va germ an tillariga qiyosan tuslanish sistem asi haqida» nomli 
asari chop etildi. Unda F.Bopp mazkur tillarning morfologik 
tuzilishini ko'rsatib bergan, Oolaversa, u hind-yevropa tillarining 
ko 'p jihatdan m ushtaraklikka ega bo'lganligini, 
xususan, 
grammatik qurilishini bir xilda ekanligini, bu tillarning bir o'zak 
tildan kelib chiqqanligini asoslab bergan. X uddi shu yili 
R.Raskning «Qadimgi shim oliy til yoki island tilining kelib 
chiqishiga oid tadqiqotlar» nomli ilmiy ishi e ’lon qilindi. R.Rask 
ham 
o ‘z 
asarida 
tillarning 
yaqinligini 
va 
o'xshashligini 
aniqlashda ularning gram m atik qurilishi, tovushlam ing bir-biriga 
mos kelishi kabi holatlar asos bo'lishini ta ’kidlaydi. 1819 yilda 
Y.Grimmning «Nemis gram m atikasi» nomli asarining birinchi 
jildi dunyo yuzini ko'rdi. 1920 yilda A.V ostokov qalamiga 
mansub «Slavyan tili haqida mulohazalar» nomli ilmiy asar chop 
etildi. E’lon qilingan bu ishlarda insoniyat tillarini y angi usul -
tarixiy nuqtayi nazardan o 'rg an ish metodi boshlab berildi.
Umuman, tilshunoslik fanining taraqqiyotiga k atta hissa 
qo'shgan olimlar — bu F erdinand de Sossyur, Grosse, Boduen de 
Kurtene, N.V.Krushevskiy, eram izdan oldingi IV asrda yashagan 
hind olimi Panini, grek tilshunoslari Demokrit, Epikur, Geraklit, 
o'zbek tilshunoslari M ahm ud K oshg‘ariy, Zamaxshariy, Alisher 
Navoiy kabilardir. Ular til haqidagi fanning yaratilishida 
o'zlarining salmoqli ilmiy g'oyalari, izlanishlari bilan ishtirok 
etganlar.
Tilshunoslik 
umumiy 
tilshunoslikning 
muammolarini 
tushunishga tayyorlaydi va sh u bilan birga til h aq id ag i dastlabki 
m a’lumotlarni beradi.


TILNING MOHIYATI
Tilshunoslik tarixida ikki qaram a-qarshi fikr o'rtasida kurash 
boradi. Bular:
1. 
Avgust Shleyxer (XIX asr) asos solgan tilning tabiiy 
hodisa ekanligi haqidagi fikr. Bu g'oyaga binoan til paydo 
bo'ladi, rivojlanadi, kezi k elg an d a yo‘q bo'ladi, o'iadi. Bu fikmi 
olimîar quyidagicha dalillaydilar: lotin, sanskrit tillari o'iik tillar 
hisoblanadi, bu tillai xuddi tabiiy hodisalar kabi paydo bo'lgan, 
yashagan va o'igan.
2. 
M aterialistik tilshunoslik til tabiiy hodisadir, degan 
g'o y ani rad etadi. Tilning paydo bo'lishi va taraqqiyoti insoniyat 
jam iyati bilan uzviy bog'langan. Jam iyatdau tashqarida yashagan 
inson bolasi gapirmaydi. Irsiyat qonuniga tilning aloqasi yo'q. 
0 ‘zbekning bolasi ruslar q o 'lid a tarbiyalansa, ruscha gapiradi. 
Demak, til ijtimoiy xarakterga ega, chunki u jamiyat taraqqiyoti 
m ehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladi. Til jam iyat bilan 
paydo b o ‘lganidekr jamiyat bilan birga o'iadi.
Til - insoniyatning eng m uhim aloqa vositasi. Aloqa boshqa 
vositalar bilan ham o ‘raatilishi mumkin: Morze alifbosi, imo~ 
ishora va boshqalar. Masalan, Afrikada uzoq masofaga axborot 
berish uchu n qo‘llanadigan n o g ‘ora tovushlari, Kanar orollarida 
ishlatiladigan “Xushtak - tili" sh u lar jumlasidandir. Boshqa aloqa 
vositalari tilga nisbatan yordam chi, ikkinchi darajalidir. Til va 
boshqa aloqa vositalarini birlashtiruvchi xususiyatlar quyidagilar:
- fikr va hissiyotni ifodalashi;
- ijtimoiy, chunki jam iyat tom onidan yaratilib, unga xizmat 
qilishi;
- m oddiylik (tovush to‘îqinlari, grafik chizmalar...);
- o b ’ektiv borliqni aks ettirishi.
Ular orasidagi farqlar quyidagilar:
- til fikr va hissiyotlami ifoda qiluvchi vosita. Inson uni 
barcha 
faoliyatida qo'llaydi. 
Boshqa aloqa vositalarining 
ishlatilish k o ‘lami cheklangan, masalan, ko'cha harakati belgilari 
faqat haydovchilarga xizmat qiladi;
- til quruq axborotning o ‘zinigina bir shaxsdan ikkinchi 
shaxsga yetkazmasdan, balki gapiruvchining bu axborotga 
munosabatini, uning xohish - istagi va bahosi, ruhiy holatini aks 
ettiradi.



tildan boshqa harama sig n al sistemalari s u n ’iydir, ular 
inson tom onidan yaratiladi va sharoitga ko'ra o'zgartirilishi 
rriumkin. S un’iy vositalami yaratishda hamma odam lar emas, 
mazkur sohani yaxshi biluvchi kichik bir gurub ishtirok etadi, 
Til odam lam ing istak - xohishiga b o g 'liq b o ‘lmaydi, uni jam iyat 
a'zolari o'zgartirmaydi. Til asrlar davomida jam iyatga xizmat 
qiladi. Til va jamiyat doimo bir - birini taqozo etadi. Boshqa 
signal sistemalari tilga nisbatan ikkilamchi, unga qo'sh im ch a 
vosita sifatida nainoyon bo'ladi, lilni to'Idiradi.
Til o'ziga xos semiologik sistem a (ishoralar sistemasi) bo'lib, 
jamiyatda asosiy va eng m uhim fikr almashish quroli, jam iyat 
tafakkurining 
rivojlanishini 
t a ’minlovchi, 
av lo d d an -av lo d g a 
madaniy—tarixiy 
an’analarni 
yetkazuvchi 
vosita 
xizmatini 
o'taydi.
Til va tafakkur cham barchas bog'liq bo'lib, tilsiz fikrni 
ilodalash sira mumkin bo'lm aganidek, tafakkursiz til o'z 
ifodasini shakllantira olmaydi. Fikr va so'z m unosabati ju d a 
murakkab bo'lib, íikr so'zlarda o ‘z iíodasini topm aguncha, y a ’ni 
so'zlardan tarkib topgan ifoda qolipiga tushm aguncha yuzaga 
chiqmaydi. Fikrning mohiyatini tashkil etadigan h ar q an d ay
idrok ham íaqat so'zlar vositasi bilangina namoyon bo 'ladi. Til 
va tafakkur íaqat kishilargagina xos bo'lib, bosh m iyaning 
moddiyligi bilan bog'liqdir. Til va tafakkur bir narsa emas. 
Tafakkur tashqi moddiy olam ning kishilar m iyasida 
aks 
etishining yuksak shaklidir. Til esa tafakkurni fikrning m a ’lum 
bir shakliga solib, so'zlar, so 'z birikmalari va jum lalar orqali 
ifodalaydi.
Til grammatikaning o 'rg an ish manbai, tafakkur m antiqning 
o'rganish manbaidir. Til b arch a uch u n birday xizmat qiladi. Bir 
tilda gaplashuvchi jamiyat a ’zolarining fikrlashlari b ir xil 
bo'lmaydi.
TILSHÜNOSLIKNING FAN SIFATIDA PAYDO BO‘LISHI
Tilning 
qachon va 
q ay erd a 
paydo 
bo'lganligi 
hali 
aniqlangan 
emas. 
Uning 
payd o
bo'lishi 
m asalasi 
k o 'p
zam onlardan beri insoniyatni qiziqtirib keladi. Bugunga q ad ar 
fanda eng dastlabki til (yoki tillar) qanday tovush yoki so 'zlar 
yig'indisidan 
iborat bo'lgan, 
deg an
savolga 
aniq 
javob 
topilmagan. Ba’zi olimlarning fikricha, eng dastlabki til (tillar)


taxm inan bundan yarim million yil ilgari paydo bo'lgan. Til 
taraqqiyotining yozuv pay d o bo'lgandan a w a lg i holati biz 
u ch un qorongidir. U davrda qanday tovushlar talaffuz qilingani, 
u lam ing bir-biri bilan q a y tarzda bog'langani, u so'zlarning 
q an d ay m a'nolam i ifodalagani kabi savollarga javob yo‘q, 
Albatta, tilning paydo b o ‘lish jarayoni juda m urakkab bo'lib, bu 
m asala bilan tilshunoslikdan tashqari anlropologiya, psixologiya 
va etnograiiya kabi fanlar ham shug'ullanadi.
Tilshunoslik tarixidan m a ’lumki, grek faylasuflari ikki xil 
farazni o'rtag a tashladilar. Demokrit va boshqalar narsa bilan 
narsa nomi orasida b o g 'lan ish yo‘q, til inson tomonidan 
yaratilgan, degan fikm i ilgari surishadi. Bular anomalistlar 
deyiladi. Platon boshliq olim lar narsa bilan uning nomi orasida 
bo g 'lanish bor, d eg an
fikrni ilgari surishgan. 
Bu oqira 
analogistlar deyiladi.
Hozirgi tilshunoslik n u q tai nazaridan qaraganda, dastlabki, 
y a ’ni ilk chog‘lardagi n arsa nom i bilan ayni shu narsa orasida 
bo g 'lanish bo'lm agan. B unday bo'lsa, tillaming soni 5000 dan 
ortib ketmasdi.
Tilning paydo bo'lishi h aqida quyidagicha farazlar mavjud:
1. Tovushga taqlid farazi. Bunga ko'ra, ibtidoiy odamlarning 
turli tovushlarga, hayvon va qushlar ovoziga, tabiat hodisalariga 
taqlid qilishi jarayonida so ‘z yasalgan (kukushka, gavkat, 
miyov...).
Bu faraz n o to 'g ‘ri albatta, chunki u til va tafakkur birligiga 
ziddir.
2. Undovlar farazi - ikkinchi farazdir. Bu qadimiy faraz 
b o ‘lib, 
uning 
asosida 
odam lar 
hayvonlaming 
baqiriq- 
chaqiriqlarini 
o'rganib, 
ulax 
orqali 
o'zlarining 
ichki 
kechinmalari, g ‘am -alam larini ifodalashgan (oh, 
uh kabi). 
Fransuz olimi Jan Jak Russo ham shu farazni quw atlagan. Bu 
faraz ham tilning jam iyat bilan bog'liqligini inkor etadi. His- 
tu yg'ularni bildirish u ch u n jamiyatning mavjudligi shart emas. 
Lekin til faqat jam iyat bo r joydagina mavjud,
3. M ehnat chaqiriqlari faraziga ko'ra, odamlar jam oa bo'lib 
m ehnat qilayotganlarida m ehnatni tashkil qilishda foydalanilgan 
tovushlar asosida til paydo bo'lgan, deb hisoblanadi.
Hozirgi zamon olim larining dalolat berishicha, tilning paydo 
b o 'lish ida m ehnat chaqiriqlarining daxli yo‘q. Bu faraz ham


tilning paydo b o ‘lishini jam iyatning paydo bo'lishi bilan uzviy 
bog'lay olmaydi.
4. 
Ijtimoiy kelishuv farazining asosiy kamchiligi, tilning 
paydo bo'lishini odamnmg paydo bo'Ushi bilan bog'lam asligidir. 
Lekin bu faraz ham tilning paydo bo'lishini tushuntirishga o 'z
hissasini qo'shgan.
Tilning paydo bo'lishini dialektik materializm quyidagicha 
yoritib beradi: maymunlar odam ga aylanar ekan, d a s ta w a l 
qo'lning vazifalari o'zgara boradi, m ehnal qila boshlaydi, oyoq da 
yurib q o 'lga tayanmay qo'yadilar. M ehnat rivojlanib, odam lar 
vanada bir-birlariga jipslashib, b ir-b irla ri bilan aloqa qilish 
zaruriyati paydo bo'ldi. Til - m ehnat bilan birga taraqqiy etg an . 
Til va m ehnat asta-sekin miyani rivojlantirib, tafakkurni yuzaga 
keltiradi. M ehnat, til va ong orasidagi m unosabat hozirgacha 
davom etib kelmoqda.
Odamni ham, tilni ham kollektiv, ijtim oiy m ehnat yaratdi. Til 
vaqt o'tishi bilan o'zgarib, taraqqiy etdi.
TILLARNING 0 ‘ZARC) TA’SIRI VA RIVOJLANISH 
QONUNÏYATLARI
Ibtidoiy jam oada kishilar u ru g ‘ b o 'lib yashaganlar. Bir 
nechta u ru g 'la r qabilani tashkil qilgan. Bu uyushm alarning o ‘z 
tili bo'lgan. Q abilalai ko'payib, tarqala boshlaydi. U zoqroq 
hududdagi qarindosh qabilalar bir tilning turli shevalarida 
so‘zlashuvchi 
qabilalar 
uyushm asiga 
birlashadi. 
Q abila 
ittifoqlarining umumiy tili bo'ladi, ayrim qabila tillari q ab ila 
tiliga nisbatan sheva holatini egallaydi.
Q abilalar ittifoqi xalqni tashkil qiladi. Xalqning asosiy 
belgilaridan biri milliy tilning bo'lishidir. Shevalar, milliy tillar 
urug'chilik davridan boshlab ko'payib boradi.
Shevalardagi farq ortib borib, y angi til paydo bo'ladi. Son 
o'zgarishi sifat o'zgarishiga olib keladi. Vaqt o'tg an sayin, 
masofa 
kengaya borib, 
yangi 
tillar 
paydo b o ‘ladi. 
Bu 
differensatsiya va integratsiya (farqlanish va mujassamlashuv) 
hodisasidir. Shevalarning ko'payishi va yangi tillarning pay do
bo'lishi tilshunoslikda farqlanish (difierensatsiya) deyiladi, y a ’ni 
tillarning shevalarga ajralishi.
Til butun bir xalqqa xizmat qiladi, sheva esa xalqning bir 
guruhigagina taalluqli. Til ko'pfunksiyalidir, hamma u c h u n


umumiy aloqa vositasidir, y a’ni invariant vositadir. Millatning 
asosiy belgilari um um iy hudud, umumiy til, umumiy madaniyat 
birliklaridir. Shu belgilarni o'zida mujassamlashtirgan uyushmani 
millat deyiladi. Bu uyushm aning tilini milliy til deyiladi,
Milliy tilning xalq tilidan farqi unda adabiy yozuv shaklining 
mavjudligidir. H ar bir m illatning madaniy m erosi ana shu tilda 
o 'z aksini topadi. Tilning rivojlanish tarixi jam iyat tarixi bilan 
uzviy bo g ‘liqdir. Til taraqqiyotida qo'shni xalqlar o‘rtasidagi 
turli munosabatlar, savdo—sotiq va madaniy aloqalar, urushlar 
o 'z ta ’sirini qoldiradi. Bu b a’zi tillarga ko'proq, b a’zilariga 
kam roq ta ’sir etadi. D unyoda soí tilning o ‘zi y o ‘q. Masalan, 
ingliz tili lu g'at boyligining 30 foizi sof ingliz so'zlari bo'lib, 
qolganlari román va sh arq tillaridan o'zlashgan.
Tillarning chatishuvida substrat va superstat haqida gapirish 
mum kin (tag qatlam v a ustki qatlam). Ikkala tushuncha mag'lub 
tilning g'olib tildagi elementlaridir. Bir tildan ikkinchi tilga 
so'zlam ing o'zlashtirilishi substraíga kirmaydi. Substraída g'olib 
til m ag'lub tilni siqib chiqaradi va bunda m ag'lub til g'olib tilga 
sezilarli ta’sir ko'rsatadi. Superslaída kelgindilar lili mahalliy 
tilg a sezilarli ta ’sir o'tkazadi, lekin uní siqib chiqara olmaydi.
Tilda inqilob bo'lm aydi. Tildagi o'zgarishlar asta-sekin 
evolyulsion yo‘l 
bilan 
am alga oshadi, 
Til 
taraqqiyotida 
tu rg 'un lik bo'lm aydi. U doim rivojlanadi.
TIL SISTEMA SIFATIDA
Sistema nima? Bu savolga turli manbalarda turlicha javoblar 
berilgan. 
Taniqli 
o 'z b e k
tilshunosi, 
professor Abduhamid 
Nurmonov sistema nim a ekanligiga javob berishdan oldin buning 
qanday muhim belgilardan iboral ekanligiga e ’libor berish 
lozimligini la’kidlaydi. 
Awalo, 
har qanday sislema ichki 
bo'linuvchanlik xususiyatiga ega, Demak, sistem a muayyan ichki 
tuzilishga ega b o ‘lib, ikki va undan ortiq qismlaming o'zaro 
inunosabatidan tashkil topadi. Masalan, bir tup daraxtni olsak, 
bu daraxt sistema sifatida ichki tuzilish birliklarining o'zaro 
m unosabatidan iboraí. Uning ichki tuzilish birliklari ildiz, lana 
v a shox hamda ularning m unosabalidan lashkil topgan.
Sistemaning ikkinchi jihati shundan iboralki, sistemani 
tashkil etgan uzvlar o 'zaro shartlangan, bir-birini taqozo etuvchi 
k o 'p pog'onali m unosabatda bo'ladi. Masalan, ildizsiz tananing,


tanasiz shoxning bo'lishi mumkin eraas. Ularning har qaysisi bir- 
birini taqozo etadi, bir-biri bilan shartlangan.
Sistemaning uchinchi jihati shundaki, har qanday sistem a 
ichki bo'linuvchanlik xususiyatiga 
ega bo'Iganligi tufayli, 
sistemani tashkil etgan qismlar b ilan sistem a o'rtasida ham
m unosabat bo'ladi. Bu m unosabatni: 

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə