Tilshunoslik asoslari



Yüklə 2,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/32
tarix24.06.2022
ölçüsü2,06 Mb.
#90050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Tilshunoslik-asoslari

«...dan tashkil topadi»,
«...ning tarkibiga kiradi»
ifodasi bilan ko'rsatish m um kin. 
Boshqacha aytganda, butun va bo'lak, tu r va jins m unosabatini 
o‘z
ichiga oladi. Masalan, daraxt va uning ildizi, tanasi, shoxi, 
barglari o'rtasida butun va bo'lak m unosabati bo'lsa, daraxt b ilan 
olma, o'rik, shaftoli o ’rtasida tur va jin s munosabati mavjud.
Sistemaning 
to'rtinchi 
jihati 
uning 
ichki 
tuzilishining 
pog'onaviyligidir. Ya’ni butun va bo'laklik, tur va jin slik
munosabati nisbiy xarakterga ega. M a’Ium jinslarga nisbatan tur, 
bo'laklarga nisbatan butun b o 'lgan yo k i tur tarkibiga kirib b o 'la k
yoki jins b o ‘lishi mumkin. M asalan, olm a bir necha nav lam in g 
umumlashmasi sifatida navlarga nisbatan tur, har qaysi n av esa 
jins bo'lib kelsa, daraxtga nisbatan olm a jins roíini o'ynaydi.
Sistemaning beshinchi jihati 
substantsionalligidir. 
Y a’ni 
substantsiya va uni bevosita kuzatishda tazohirlar o rqali 
voqelanishi, uinumiylik ~ xususiylik, m ohiyat - hodisa, im koniyat
- voqelik dialektikasining o'zida nam oyon qilishidir.
Shunday qilib, bir-birini taqozo etuvchi ikki va un dan ortiq
unsurlarning o'zaro shartlangan m unosabatidan tashkil to p g a n
butunlik sistema sanaladi. 
(N urm onov A., 
Y o'ldoshev 
B. 
Tilshunoslik va tabiiy fanlar. Toshkent: Sharq, 2001,)
Demak, biz yuqorida sistem aning um um iy ta ’rifini bilib oldik. 
Umuman, / har qanday til ham
o'zining 
tuzilishi, 
ayrim
unsurlarining o'zaro munosabati bilan b u tu n bir sistemani tash kil 
etadi, Tilning fikrlami ifodalashi, h is-tu y g ^ la m i bildirishi, fikr 
iíodalaydigan eng kichik birlik b o ‘lgan gapning so 'zlard an
tashkil topishi, bu so'zlarning asosiy materiali tovush ek anligi, 
so'zlarning ham, tovush hodisalarining ham, so'z shakllarining 
(formalarining) ham, so‘zlami biriktirib, 
so'z birikmasi va g a p
hosil qilishning ham o'z m a’lum qoidalari borligi bizga m a’lum . 
Ana shu sanab o'tilgan holatlam ing barchasi tilda m undarija, 
shakl (forma) va funktsiyaning o 'zaro bog'liqligini, tild ag i 
qonun-qoidalam ing shu uch tom onga asoslanganligini, d em ak , 
fonetik, leksik va grammatik sistem alam ing organik aloqasini — 
tilning qismlari bir-biri bilan b o g 'lan g a n yaxlit, bir butun h o d isa


- sistema ekanligini k o 'rsatad i/ (O'zbek tili grammatikasi. 1-tom. 
Morfologiya. -Toshkent: Fan, 1975). Yuqoridagi holatlardan kelib 
chiqqan holda aytish mumkinki, har bir til íonetik tuzilish, 
gram m atik qurilish va lu g 'a t tarkibidan iborat. Tilning mazkur 
tarkibiy qismlari m a’lum qonun-qoidalar negizida bir-biri bilan 
bog'lanib, butun b ir tilni hosil qiladi. 0 ‘z navbatida, til esa 
m ana shu birikmalar asosida uzviy bog'langan holda bir butun 
sistem ani tashkil etadi. Ayni zamonda, tilning fonetik tuzilishi, 
gram m atik qurilishi va lu g 'a t tarkibining har biri ham alohida bir 
sistem ani tashkil etadi. «Sistema» (tizim) so'zining tilshunoslik 
term ini sifatidagi izohi quyidagicha: «1. O 'zaro munosabatlar 
bilan bog'langan, bir b u tu n b o ’lib uyushgan til unsurlari majmui: 
Til sistemasi (tizimi). S o‘z yasalish sistemasi (tizimi). 2. M a’lum 
b ir grammatik kategoriyaga xos ichki b o ’linishlarning bir 
butunligi: 
Kelishiklar 
sistem asi 
(tizimi). 
M ayllar sistemasi 
(tizimi)». (Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli iug'ati. - 
Toshkent: O 'zbekiston M illiy ensiklopediyasi, 2002).
TIL VA TAFAKKUR
Insoniyat bilan b irg a paydo bo'lgan til uning hayotida eng 
m uhim rolni o'ynab k elgan va bundan keyin ham o 'z ahamiyatini 
y o ’qotmaydi. Til, 
en g
aw alo, 
inson va uning tafakkuri 
shakllanishidagi zaruriy shartlardan biridir. Aniq nutqning paydo 
bo'lishi insonning bilish, idrok qilish jarayonlarini tamoman 
o ’zgartirib yubordi. Til tufayli inson tafakkuri boyidi, moddiy 
dunyodagi narsa va predm etlarni ongi orqali idrok qilish, ular 
ustidan mulohaza yuritish, ularga oid fikrlarini so‘z bilan 
ifodalash im koniga eg a bo'ldi. Til ilk boshdan e ’tiboran hech bir 
narsa bilan alm ashtirib bo'lm aydigan xizmatni, ya’ni inson 
tafakkurida um um lashtiruvchi vazifani bajarib keladi.
Psixologiyada ham insonning tafakkur faoliyati haqida 
aytilganda hissiy bilish bilan birga til va nutqning o'zaro 
bog'liqligi alohida k o 'rsatib o'tiladi. Bunda inson psixikasi bilan 
hayvonlar psixikasi o 'rtasid ag i asosiy farqlardan biri namoyon 
bo'lishi ta’kidlanadi. Hayvonlam ing o'ta oddiy, juda sodda 
tafakkuri hamma v aq t faqat ayoniy harakat tafakkuriligicha 
qoladi; ular hech q ach o n mavhum, bavosita bilish darajasiga 
yetmaydi. Ularning, y a ’ni hayvonlarning tafakkuri ayni chog'da 
g o 'y o ko'z o'ngilarida turgan narsalarni bevosita idrok qilish


bilan ish ko'radi. Ana shunday jo 'n tafakkur ayoniy harakat 
tarzidagi narsalar bilan m unosabatda b o 'lad i va bunday ayoniy 
harakat doirasidan chetga chiqmaydi. 
Faqat nu tq paydo 
bo'lgach, bilinayotgan o b ’ektdan m a’lum b ir xususiyatni ajratib 
olib, uni raaxsus so'z yordam ida tasaw u rd a yok i tushunchada 
mustahkamlash, qayd etish im koniyati tug'ildi, Tafakkur so'zda 
o'zining moddiy qobig'iga ega bo'ladi, tafakkur faqat so'z orqali 
boshqalar uchun va o'zimiz uchun ham bevosita reallikka 
aylanadi. 
Inson 
tafakkurini, 

qanday 
sh aklda 
amalga 
oshirilmasin, tilsiz amaiga oshirib bo'lm aydi. H ar qanday fikr 
nutq bilan chambarchas bog'liq holda pay d o bo'ladi va 
rivojlanadi. U yoki bu fikr qanchalik ch u qu r va asosli suratda 
o'ylangan b o isa, u so'zlarda, og'zaki v a yozma nutqda 
shunchalik aniq ham da yaqqol ifodalangan bo'ladi. Yoki, 
qandaydir 
fikming 
so'z 
orqali 
ifodasi 
qanchalik 
k o ‘p 
takomillashgan, sayqallangan bo'lsa, ayni shu fikrning o'zi 
shunchalik yaqqol va tushunarli bo'ladi.
Kishi o'zining fikr-mulohazalarini b o sh q alar uchun ovoz 
chiqarib ifodalab berar ekan, buning bilan u shu mulohazalami 
o‘zi uchun ham ifodalaydi. Fikrni ana shu tarzda so'zlar orqali 
ifodalash, mustahkamlash, fikmi so'zlarda qayd qilish fikrni 
bo'lishni anglatadi, diqqatni mazkur fikrning turli o'rinlarida va 
qismlarida tutib turishga yordam beradi 
ham da fikming 
qismlarini yanada chuqurroq tushunishga im kon tug'diradi. Shu 
tufayli keng, izchil, sistemali mulohaza yuritish, y a ’ni taiakkur 
jarayonida tug'ilgan hamma asosiy fikrlami bir-biri bilan aniq va 
to 'g 'ri solishtirib ko'rish mum kin bo'ladi. S hunday qilib, so'zda, 
fikrni ifodalashda tafakkurning eng muhim zaruriy, mulohazali, 
rnantiqiy bo'laklarga ajratilgan va anglashilgan 
tomonlari 
berilgan bo'ladi. Fikrni so'zda ifodalash va m ustahkam lash orqali 
u y o ’qolmaydi hamda paydo b o ’lishi bilanoq o 'chib qolmaydi. 
Fikr so'z iboralarida - og'zaki yoki yozm a so 'z iboralarida 
mustahkara qayd qilinadi. Shuning uchun, kerak bo'lganda, 
mazkur fikrga yana qaytish, uni yanada ch u qu rroq o'ylab, 
tekshirib ko'rish va qayta o'ylash davomida b o sh q a fikrlar bilan 
solishtirib ko'rish im koniyati saqlauib qoladi. Shunday qilib, 
inson tafakkuri til va nutq bilan cham barchas bog'liqdir. 
Tafakkur zaruriy tarzda moddiy so'z q o b ig 'id a mavjuddir. 
(Umumiy psixologiya. Toshkent: O 'qituvchi, 1992).


M a’lum ki dialektika kategoriyalarining uchlnchi turkum iga 
bilish jarayonini aks ettiruvchi tushunchalar kiradi. Dunyoni 
bilish, idrok etish masalasi doirao falsafa fanining diqqat 
markazida b o 'lib kelgan. Qadim gi faylasuflar ham dunyoni bilish 
m um kinligini e ’tirof etib kelganlar. Xususan, O 'rta Osiyolik 
buyuk m utafakkirlar Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, ibn Sino, Mirzo 
U lug'bek va boshqalar ham o ‘z asarlarida dunyoni bilishning, 
bilish jarayonida hissiy organlar bilan aqlning roli haqida 
qim matbaho fikrlarni ilgari suradilar.
ïngliz faylasufi Bekon ta ’limoticha, bilish jarayoni fan va 
amaliyot bilan b o g ‘liq bo'lishi va shularga bevosita xizraat qilishi 
kerak. U ning fikricha, ob’ektiv mavjudlik to'g'risidagi bilimlar 
sezgilarimiz orqali olingan dalillar tuiayligina tafakkur yordamida 
to ’ldiriladi. Fransuz faylasufi Dekart esa bilishning birdan bir 
manbai tafakkur deb biladi. Dekartning vatandoshlari Didro, 
Golbax, G elvetsiylar dunyoni bilish jarayonida sezgilarimiz bilan 
tafakkum ing 
rolini 
tan 
olsalar-da, 
ulam ing 
o'zaro 
m unosabatlarini to'la-to'kis ochib bera olmadilar. Tafakkur 
xususida b u n d ay falsafiy fikrlarni k o 'p keltirish mumkin. Lekin 
falsafada shu nd ay fikr borki, bilish - inson tafakkuridagi 
voqelikning in ’ikos jarayoni. (Tulenov J. Dialektika nazariyasi. 
Toshkent: O 'zbekiston, 2001).
M antiq ilm ida ham til va tafakkur munosabatlariga alohida 
e ’tibor berilgan. Unda tafakkum ing muhim xususiyati sifatida 
uning til bilan bog'langaniigi e ’tirof etiladi. Yana aytiladiki, 
inson tafakkuri uning tili bilan birga takomillashib rivojlangan. 
Tilda tafakkum ing ish natijasi mustahkamlanadi. Til o ‘zining shu 
xislati bilan insonga bilim to'plashga, uni saqlashga, avloddan- 
avlodga 
uzatishga, 
to'plagan 
bilish 
boyliklaridan 
hayotiy 
faoliyatida unum li foydalanishiga yordam beradi. Shu bilan birga, 
til tafakkum i takomillashtirish, mavhumlashtirish, umumlashtirish 
va ju z’iylashtirish qurolidir. Shuning uchun ham bizning 
tafakkurimiz voqelikni bevosita aks ettirish vositasi bo'lgan 
sezgilardan til yordam ida ifodalanishi bilan farq qiladi,
Til va tafakkur reallikni bilish, boshqa insoniar bilan 
m unosabatda b o ‘lish, ob’ektiv reallikka ta ’sir ko'rsatish, har bir 
ishni oldindan o'ylab, ongli ravishda arrtalga oshirish kabilarda 
ko'rinuvchi, 
umuinan, inson faoliyatining ongli, maqsadga 
muvofiqligini ta ’minlovchi insongagina xos bo'lgan tarixiy 
muhim xislatdir. Lekin amalda, hayotda, tarixiy jarayonda til va


tafakkur har doim o'zaro ajralmas b o ‘lsa-da, ulami turii fanlar 
alohida o'rganadi. Masalan, tafakkur formalarini mantiq fani 
o'rgansa, til kategoriyalarini tilshunoslik fanlari tadqiq etadi. 
Tafakkur umum insoniy bo'lsa, til, uuing qonun-qoidalari milliy 
xarakterga ega. Dunyodagi tillar ju d a k o 'p qonun-qoidalariga 
ko'ra bir-biridan iarq qiiadilar. T afakkur shakllari, tamoyillari 
esa, insonlarning millati, irqi, davridan q a t’iy nazar, ham m ada b ir 
xildir.(Xaymllayev M., Haqberdiyev M. Mantiq. -T o sh k en t: 
O'qituvchi, 1993).
Demak, tafakkurning moddiy q o b ig 'i tildir, Shunday ekan til 
bilan tafakkurni bir-biridan ajratib bo'lm aydi. Lekin ayrim
tilshunoslar, xususan, N.Ya.Marr til bilan tafakkurni ajratib 
qo'ydi. U shunday yozadi: «Bo'lajak til tabiiy materiyadan xoli 
bo'lgan, texnikada o'sib borayotgan tafakkurdir». Bunda, albatta, 
tilning tafakkurdan ajratib qo'yilganiigi k o'rinib turibdi. G o‘yo 
kishilar kelajakda o'z qobig‘idan xoli b o 'lg a n tafakkur bilan ish 
ko'ra berar emish (Sodiqov A. va boshq. Tilshunoslikka kirish. -
Toshkent: O 'qituvchi, 1981). Albatta, b u fikrlar buDdan 70-80 yil 
muqaddam aytilgan. Bizningcha, N.Ya.M arr texnika taraqqiyotini 
o ‘z ko'rishlariga ko'ra baholagan bo'lishi mumkin, 
Lekin 
bugungi axborot texnologiyalari o ‘ta taraq q iy etgan davrda h am
til bilan tafakkur bir-biridan aloqasini uzgan emas, aksincha, 
yanada yaqin m unosabatda bo'lm oqda. Bum biz ko'rib, sezib 
turibmiz.
Tabiat va jam iyatda inson tiliday murakkab, serqirra, 
serqatlam, servazifa, shakl va mazmun tantosibi tarang h o disa 
kamdan-kam topiladi. Til dunyoni bilish, bilimlami to 'p lash , 
saqlash, keyingi avlodlarga etkazish, ruhiy m unosabatlam i a k s 
ettirish, go'zallik kategoriyalarini voqelantirish kabi bir q a n c h a
vazifalami bajarishiga qaramasdan, asosiy e ’tibor uning kishilar 
o'rtasidagi aloqani ta’minlash vazifasiga qaratib kelindi. 
Tilni 
faqat kishilar o'rtasidagi aloqa vositasi sifatidagina talqin etish
insonning tabiiy tilini, bu benihoya m urakkab hodisani, e n g
kami, jo'nlashtirishdan, aniq bir milliy qiyofa yoki m illiy-ruhiy 
zamindan m utlaqo ayrilgan su n ’iy tilga tenglashtirishdan, y o ‘l 
harakatini tartibga solish m aqsadida yaratilgan shartli «til»ga 
baravarlashtirishdan boshqa narsa em as. Agar til faqat a lo q a 
vositasigina bo'lganda edi, u juda oddiy, sodda va qashshoq b ir 
narsaga aylangan bo'lardi. (M ahm udov N. M a’rifat manzillari. 
Toshkent: M a’naviyat, 1999). H olbuki, til bemisl boy, seh ru


sinoatga, ruhu m honiyatga, ko'rku komillikka limmo-lim bir 
n e ’matdir.
O 'zaro fikr alm ashish va uni kelajak avlodlarga etkazuvchi 
vosita siiatida milliy madaniyatning shakllaridan biri bo'lgan tiJ 
ong va tafakkur bilan uzviy bog'langandir. Ushbu matnda 
qo'llangan «likr», «tafakkur» va «ong» terminlarini ko‘p hollarda 
sinonim siiatida ko'ram iz. Aslida ularning har biri m a’no 
tfodalash doirasiga k o 'ra bir-biridan farqlanadi. Xususan, ong - 
voqelikning kishi miyasida uning b u tun ruhiy faoliyatini o'z 
ichiga olgan va m a ’lum maqsadga yo'nalgan holda aks etishi. 
Fikr - tafakkum ing aniq bir natijasi. Tafakkur - o'yiash, 
muhokama qilish, voqelikni anglash, ta sa w u r qilish, unga baho 
berish, fikrlash qobiliyati.
Demak, tafakkurni so'z boyligi vositasida ifodalashda asosiy 
vazifani til bajaradi. Albatta, har bir inson tafakkuridagi fikrlami 
ifodalashda shu inson nutqining naqadar takomil topganligi 
muhim sanaladi. C hinakam nutq m adaniyati shu tilning butun 
boylik va go'zalliklaridan foydalana olish, uni n e ’mat sifatida 
idrok etish asosida shakllanadi.
Aniqki, 
n u tq
madaniyati 
jam iyat 
madaniy-ma’rifiy 
taraqqiyotining, m illat m a’naviy kamolotining muhim belgisidir. 
Haqiqiy 
m a’n o d agi 
madaniy 
nutq 
shaxs 
umummadaniy 
saviyasiriing favqulotda muhim unsuriaridan biridir. Shuning 
uchun ham m am lakatim izda m a’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat 
siyosatining ustuvor yo'nalishi deb e ’ion qilingan bugungi kunda 
nutq madaniyati masalalari, farzandlarimizniïig nutqiy madaniyat 
ko'nikm alari va m alakalarini oshirish, ta ’lim jarayonlarining 
barcha bosqichlarida 
madaniy nutq muammolarini yetarli 
darajada nazarda tu tish har qachongidan ham dolzarblik kasb 
etganligi bejiz emas.
Respublikamizda so 'n g g i yillarda qabul qilingan «Davlat tili 
haqida», «Ta’üm to ‘g ‘risida>»gi qonunlar, «Kadrlar tayyorlash 
MiÜiy dasturi» va boshqa juda ko'plab hujjaüarda m a’naviy- 
m a’rifiy tarbiya, til masalalariga alohida e ’tibor berilgan. Fikrni 
o'z ona tilida m ustaqil, ravon, go'zal va lo 'n d a ifoda etish uchun 
odam da nutqiy m adaniyat yetarli darajada shakllanishi kerak, 
busiz, zotan, ona tiliga sohiblik degan tushuncha ham m a’noga 
ega emas. C hunki n u tq madaniyati tildan bemalol va maqsadga 
o ‘ta muvofiq tarzda foydalana olishni ta'm inlaydigan ko'nikma, 
malaka va bilim larning jami demakdir.


Inson tafakkurining mahsuli yoki fikm i so'z orqaLi ifodalash 
qobiliyati, m ahorati sanalgan nu tq n in g raadaniyligini ta ’m in 
etuvchi to'g'rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, rang-baranglik, 
soflik kabi bir qancha sifatlar mavjud. Ana shu kom m unikativ 
sifatlaming baichasini o'zida m ujassam lashürgan nutq m adaniy 
hisoblanadi 
(Mahmudov N. 
M a’rifat 
manzillari. Toshkent: 
M a’naviyat, 1999).
Albatla, h ar bir tildagi mavjud s o ‘z, so 'z birikmasi yoki biror 
gap o‘zida muayyan ma’noni, tu shu nchan i ifodalaydi. Bu h o lat 
ularning har biriga berilgan ta’rifda h am o ‘z aksini topgan. S o ‘z
- leksem aning nutqda muayyan shakl va vazifa bilan voqelangan 
ko‘rinishi. 0 ‘z tovush qobig'iga eg a bo'lgan, o b ’ektiv n arsa- 
hodisalar haqidagi tushunchani, ular o'rtasidag i alöqani yoki 
ularga m unosabatlarni ifodalay oladigan, turli grammatik m a ’no 
va vazifalarda qo'llanadigan eng kichik nutq birligi. So'z 
birikmasi - bir-biri bilan tobelanish aso sid a birikkan, m a’no va 
grammatik jihatdan o ‘zaro bog'langan, yaxlit, biroq qism larga 
ajraladigan tushunchani ifodalovchi ikki yoki undan ortiq so 'zlar 
bog‘lanmasi. Gap - til qonunlari aso sida grammatik va o h an g
jihatdan shakllangan, fiktni ifodalash u ch u n xizmat qiladigan 
nutq birligi. Albatta, sun’iy ravishda tovushlar yig'indisidan 
tashkil topgan, 
hech qanday m a’n o va ahamiyatga e g a
bo'lm agan tovushlar majmuasini (masalan, «takatumba») s o 'z
sifatida qabul qilish mumkin emas.
M a’lumki, til birliklari m antiqiy tafakk u r birliklari bilan uzviy 
bog'langan: so‘z tushuncha bilan, g ap mulohaza bilan. Bu yerd a 
til birliklarini ahamiyatiga ko'ra guruhlashtirilgan holati olingan, 
ya'ni nominativ birlik - so‘z, kom m unikativ birlik - gap. So'z va 
tushuncha m oddiy dunyodagi mavjud predm et va hodisalam ing 
farqli belgilarini ifodalasa, gap va m ulohaza tasdiq yoki in k o r 
xususidagi fikrni yaratadi.
Til va tafakkur o'z birliklarining aham iyati va qurilishi 
nuqtayi nazaridan farqlanadi. T afakkurning maqsadi y a n g i 
bilimlami olish va ularai sistem alashtirishdan iborat bo'lsa, til 
fikmi shakllantiradi, mustahkamlaydi va uni boshqa ob’e k tg a
yetkazadi. Boshqacha aytganda, biz bilish va tushunish u ch u n
fikrlaymiz, fikrimizni, istak va hissiyoüarim izni ifodalash u c h u n
esa gapiramiz.
Tilning asosini uning grammatik qurilishi, so‘z yasash va g a p
tuzish qoidalari tashkil etib, ular fikrni aniq ifodalash ham da


tushunarli tarzda yetka/.ishga xizmat qiladi. Bir so'z bilan 
aytganda, fikr tild a so 'zlar vositasida shakllanadi. Ongimizda 
shakilanadigan h ar q an d ay fikm ing mohiyati, mazmunini tasbkil 
etuvchi idrok 
yoki 
tasaw u r faqat so'zlar vositasidagina 
voqelanadi. Demak, inson tafakkurining mahsuli til orqali 
namoyon bo'Iadi.
TIL VA JAMIYAT
Til va jam iyat tushunchalari m a’no anglatish nuqtayi 
nazaridan farqli-farqli m a’nolarni ifodalasa-da, bir-biri bilan uzviy 
bog'langandir. Tiini xalq yaratadi va o‘z navbatida, jamiyat 
taraqqiyoti bilan ham nafas ohangda takomil topib boradi. 
Xalqning m adaniy va ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti o‘z izlarini, 
birinchi galda, tilda qoldiradi. Shu bois, jamiyatdagi har qanday 
o'zgarish, birinchi navbatda, tilda aks etadi. Ana shu qonuniyat 
h ar ikki tushunchaning qanchalik uzviy bog'liqligini iioda etadi. 
Bu yaqin bo g 'liq lik ni yanada aniq ifodalash uchun quyidagi 
holatni anglash yetarli: agar biz Alisher Navoiy asarlarini o'qisak, 
Navoiy yashagan dav r bilan «gaplashamiz». Navoiy qo'llagau 
so'zlar o'sha davrlardan sado beradi. Unda «bank», «kompyuter», 
«avtobus», 
«avtomatika», 
«mashina», 
«fútbol» kabi so'zlar 
m utlaqo uchram aydi, uchrashi ham mumkin emas. 
Chunki u 
davrlarda bunday tushunchalarning o'zi b o ‘lmagan. Navoiyda 
«kotib», «qalamzan», «qalam», «kilk», «xoma», «kitob», «lavh», 
«nukta». «shuaro» kab i so'zlam i o'qishimiz mumkin va ular 
Navoiy yashagan davrga xosdir. Yuqorídagi so'zlar esa bizning 
asrimizga oid so'zlardir. Jam iyat taraqqiy etib borishi bilan birga 
undagi o'zgarishlarga oid tushunchalar va ularni ifodalovchi 
yangi-yangi so 'zlar tilda ham paydo bo'lib boraveradi, Demak, til 
jamiyat bilan doim o ham nafas yuradi.
Tilning 
paydo 
bo'lishi, 
uning 
takom il topib borishi, 
odamzodning bu n d ay buyuk n e’matga noil bo'lishiday murakkab 
jarayonda ijtimoiy m uhitning, kishilik jamoasining hal qiluvchi 
omil ekanligidan iborat haqiqatni inson aqli to'liq anglagunga 
qadar k o 'p zam onlar o'tgan. Eramizdan oldin ham, bizning 
eramizda ham dunyoning turli burchaklarida ana shu haqiqatni 
izlab 
turli-tum an 
tajribalar 
o'tkazilgan. 
«M o'g'ullar 
imperiyasining um um iy tahriri» (Parij, 1705) nomJi kitobda XVI 
asrda Akbarshoh tom onidan o'tkazilgan bir g'aroyib tajriba


haqida 
batafsil 
yozilgan. 
Ulug' 
shoh 
«Biron-bir 
tilga 
o'rgatilm agan odam ning tabiiy tili yahudiy tili bo'ladi» degan 
g'ayriilmiy gapni eshitib qoladi. Shunda A kbarshoh bolaga hech 
qanday til ataylab o'rgatilm asa, u qaysi tild a gapiradigan 
bo'lishini bilishni istaydi. Ana shu m aqsadda shoh o‘n ikkita 
emizikli bolani ajratib olib, Agradan olti mil uzoqlikdayi qal’aga 
joylashtiradi, 
ulami tarbiyalashni o 'n ikki soqov enagaga 
topshiradi. Tilsiz qorovulga q al’a darvozasini ochish qat’iyan 
taqiqlanadi, darvoza ochilsa, uning boshi sapc.haday uzib 
tashlanishi aytiladi. Vaqt o'tib, bolalar o 'n ikki yoshga yetganda, 
shoh bolalami huzuriga keltirishni buyuradi va saroyga barcha 
tillarni biladigan donishm andlam i ham taklif qiladi. Agrada 
yashaydigan bir yahudiy bolalar chindan ham yahudiycha 
gapirish yoki gapirmasliklariga hakamlik qiiishi kcrak edi. 
Agrada arablar va xaldey (somiylardan b o 'lg a n qadimiy xalq)lar 
k o 'p edi. Hind faylasuflari bu bolalam ing lili sanskrit (qadimgi 
hind tili)cha b o ‘lib chiqadi deb hisoblardilar. Ammo bolalar shoh 
huzuriga keltirilganda, barcha hayratdan tosh qotib qoladi, 
chunki bola bechoralar hech bir tilda gapirm as edilar. Ular o ‘z 
enagalaridan fikrlarini faqat turli im o-ishoralar bilan ifodalab, 
hech qanday tilsiz muomala qilishni o'rgangandilar. Ular bu 
notanish, begona jam oadan qo'rqib-hurkib turardilar, ochilmay 
tugulgan bu tillarining tugunini yechm oq tam om an mushkul edi, 
bu tillarga nutq tovushlarini ayttirmoq zamonl o 'tib b o ‘lgan edi.
Katta shov-shuvga sabab bo'lgan Tarzan haqidagi «Mutîaq 
hukmronlik» filmini eslaylik. Kema halokatidan so 'n g angliyalik 
er-xotin omon qoladilar va o'zlarini y o w o y i ju ng lid a ko'radilar. 
Kunlar o‘tib, ular farzandli bo'ladilar, Bola hali chaqaloq ekan, 
o na kasallikdan vafot etadi, ota esa m aym unlar hujum idan halok 
bo'ladi. Chaqaloqni maymunlar o'zlari bilan olib ketadi va bola 
maymunlar 
orasida, 
m aym unlar 
«inida 
ko'rgan ini 
qilib», 
balog'atga yetadi. Uning harakati maymuniy, yem ishi maymuniy, 
dardu qayg'usi maymuniy, «tili» maymuniy . . 
insoniy harakat 
va nutq unga tamoman b egona . . . H atto insonlar orasiga qaytib, 
to'rt-besh inglizcha so'zni o'rganganidan keyin ham bu «yot» 
m uhitga ko'nika 
olmaydi, 
yana jungliga 
qochib ketadi. 
M a’lumki, har bir inson o ‘zi yashab tu rg an m uhitda, jamiyatda 
ulg'ayadi, tarbiya topadi. Albatta, har q an d ay tarbiyaning, 
ayniqsa, til, m a’naviy komillik, milliy o'zlik tarbiyasining asosiy 
o 'ch o g 'i bolani o'rab turgan ijtimoiy muhit, birinchi navbatda,


oiladir. B utun faoliyatini el-yurt ozodligi, taraqqiyoti, millat 
saodati y o 'lid a jo n fido qilgan Abdurauf Fitrat «Rahbari najot» 
asarida sh u n d ay yozadi: «Suv qaysi rangdagi idishda bo'lsa, 
o ‘sha rangda tovlangani kabi bolalar ham qanday muhitda 
b o ’lsalar, o ‘sh a m uhitning har qanday odat va axloqini qabul 
qiladilar. Axloqiy tarbiyaning eng buyuk sharti shundan iboratki, 
bolalar k o 'p ro q yaxshi va yomon ahvolni o‘z uylaridan, 
ko'chadagi o'rtoqlaridan, m aktabdagi o‘quvchilardan qabul 
qiladilar». (M ahm udov N. Til. - Toshkent: Yozuvchi, 1998).
Bilamizki, hali tili chiqm agan chaqaloq bir kunda o ‘z o.ia 
tilida gapira olmaydi. Uning tili bir necha oylar, yillar ichida 
asta-sekin shakllanib, rivojlanib boradi. U dastlabki til ruhiyatini 
ona suti va ona allasi orqali oladi. O na allasi orqali chaqaloq 
orom olish bilan birga uning k o ‘ngil dunyosiga milliy ruh kiradi.
Demak, bolaning ilk til malakalari, dunyoni milliy ko'z bilan 
idrok etish tajribalari oilada tarkib topadi. Til haqida olmon 
tilshunosi Vilgelbm fon Gumboldt shunday deydi: «Tillarning 
xilma-xilligi faqat tovushlaming turlichaligi emas, balki har bir 
millatdagi 
dunyoni ko'rishning farqliligi natijasidir». Agar 
chuqurroq o'y lab qarasak, har bir millatning o ’ziga xos ko'rish 
tarzi, o ’ziga xos idrok intizomi, o ‘ziga xos tafakkur tamoyili bor. 
Amerika tilshunosi Benjamin Li Uorf «Agar Nyuton inglizcha 
gapirm aganida, 
inglizcha o'ylam aganida edi, uning koinot 
haqidagi bu yuk kashfiyoti bir qadar boshqacharoq bo'lardi» 
degan edi. Tilning mohiyati, vazifasi k o ‘pincha benihoya jo ‘n 
talqin etiladi. G o'yoki til - eng muhim aloqa vositasi bo'lgan 
ijtimoiy hodisa. Tilning aloqa vositasi ekanligi uning juda 
ko'plab vazifalaridan faqat bittaginasidir. Aslida til, eng aw alo, 
dunyoni 
ko'rish, 
eshitish, 
bilish, 
idrok 
etish 
vositasidir. 
Qolaversa, til har bir insonning, millatning ichki dunyosini, 
m a’naviyatini b u tu n borligicha ifodalovchi omil hamdir. Ayni 
paytda tilning ruhiy, estetik hodisa ekanligini unutmaslik lozim.
Tilshunos olim, professor Nizomiddin Mahmudov milliy sezgi 
va milliy ruhiyatning shakllanishida ona tilining hal qiluvchi 
ahamiyati 
xu susida 
qiziqarli 
m a’lum otni keltiradi: 
«Ingliz 
jurnalisti G ovard Brabinning «Ona tili va miya. Yapon olimining 
G’aroyib kashfiyoti» nomli m aqolasida («Kurer YUNESKO» 
jumali, 1982, № 3, 10—13-betlar) bayon qilinishicha, Tokio 
universltetining tibbiyot professori Tadanobu Tsunoda 1981 yilda 
YUNESKOning Afinada o'tgan simpoziumida o'zining 15 yillik


tajriba-tadqiqotlari natijalari haqida axborot bergan. Professor 
Tsunoda o ‘z eksperim entiga yaponiyalik va g'arblik (fransuz, 
ingliz, ispan, nem is va hokazo) kishilam i jalb qiladi. Olim u larg a 
inson ovozi, hayvonlar, hasharotlar tovushi, turli fizik tovushlar, 
yapon va g ‘arb musiqa asboblari tovushlarini eshittiradi va 
tegishli zamonavly apparatlardan foydalangan holda ularning 
miyalaridagi raarkazlarning reaksiyasini 
qayd etib boradi. 
Tadqiqotlardan 
m a’Ium 
bo'Iadiki, 
yapon 
va 
g ‘arb 
tiplarining.ya’ni yapon va g'arblik kishilarning bosh miya yarim
sharlaridagi'm arkazlar vazifalarining taqsim lanishida farq m avjud 
ekan. Boshqacha qilib aytganda, yap on kishisi m iyasidagi 
muayyan bir m arkaz bilan qabul qiladigan tovushni g'arb kishisi 
boshqa markaz orqali qabul qilar ekan. Tadqiqotchi bu larq
etnogenetika bilan bog'liq yoki b o g 'liq emaslini aniqlash 
maqsadida 20 ta yapon em igrantining bolalari ishtirokida y an a 
eksperim ent o'tkazadi, Natija shuni ko'rsatadiki, bu farq g en etik
emas, balki ona tili muhiti bilan b o g 'liq ekan. Ana sh u larga 
asoslanib, professor Tsunoda quyidagicha xulosa chiqaradi: 
«Men insonning o ‘z atrofidagi tovushlam i qabul qilishi, sezishi, 
o'zlashtirishi va tushunishini ona tili differensiatsiya qiladi deb 
hisoblayman. O na tili miyadagi em otsional (his-hayajon, k u ch li 
tuyg'u) mexanizmning rivojlanishi bilan uzviy bog'liq. Bolalikdan 
egallangan ona tili har bir etnik g u ru h n in g o'ziga xos, b eta k ro r 
madaniyati va ruhiy olamining shakllanishi bilan cham barchas 
bog'liqdir deb o'ylayman». Eng birlam chi, eng mustahkam, e n g
zaruriy ona tili muhiti, tabiiyki, oila, uy muhitidir. (M ahmudov N. 
Til. - Toshkent: Yozuvchi, 1998).
Aytilganlardan xulosa qilish m um kinki, til bilan jam iyatning 
uzviy aloqadorligi isbot taiab etilm aydigan hodisadir. Til b ilan
jamiyatning o'zaro bog'liqligi ularning h ar ikkisi b ir v a q td a
yuzaga kelganligini, jamiyatning jam iyat bo'lishida tilning asosiy 
vazifani bajaruvchi eng muhim om illardan b in ekanligini, sh u n g a
ko‘ra, tilsiz kishilik jamiyatining m utlaqo bo'lishi m um kin 
emasligini asoslaydi.


FONETIKA VA FONOLOGIYA
Tovush 
va 
tovush 
vositalari b o 'lg an bo'g'in, 
urg ‘u, 
intonatsiya m urakkab va ko‘p qirralidir. Ular to 'rt tomondan 
o ‘rganiladi:
1) 
artikulyatsion tomondan - bunda nutq organlarining 
nutq 
tovushlarini 
talaffuz 
qilishdag; 
harakati 
o'rganiladi;
2) 
akustik tom ondan - bunda tovushlar va tovush 
vositalari qanday fizik tebranishlar natijasi ekanligi 
hisobga olinadi;
3) 
eshitib his qilish tomoni - bu n d a nutq tovushlari, 
bo'g'in, u rg 'u , intonatsiyaning eshituvchi tomonidan 
anglab his etilishi tekshiriladi;
4) 
fonologik jih atd an ~ bunda nutq tovushlari va tovush 
vositalarining tildagi so'zlar, so'z formalari, frazalar, 
gaplaxni 
bir-biridan 
farqlash, 
ulam ing 
m a’nosini 
kengroq ochish uchun xizmat qilishi o'rganiladi.
Fonetika tilning tovush tizimini, nutq tovushlarini o'rganadi. 
Fonetika n utq fiziologiyasini va nutq tovushlarining paydo 
bo'lishini o'rganadi. Kishilaming tovushi tovush paychalarming 
tebranishidan hosil bo'ladi. Paychalaming tebranish xususiyatiga 
qarab ovoz (un) yo k i shovqin paydo bo'lishi mumkin. Agar 
tebranish bir tekis, bir maromda takrorlanib tursa, ovoz hosil 
bo'ladi: a, o, o \ u kabi. Tebranish bir tekis bo'lmasa, shovqin 
paydo bo'ladi: d, k, sh, ch kabi.
Tovushning eshitilishi haqidagi nazariya akustika deyiladi. 
Fonetika nutqning 
eng kichik birliklari - fonlar bilan 
shug'ullanadi. F onlar uchta, ya’ni akustik, íiziologik, ijtimoiy 
jihatdan o'rganiladi. N utq tovushlarining akustik xususiyati 
deganda, 
ulam ing 
fizik 
xususiyatlari, 
quloqqa 
chalinish 
xususiyatlari tushuniladi. O 'pkadan chiqayotgan havo oqimi 
tovush paychalarini 
tebratishi va nutq organlarida hosil 
bo'ladigan shovqin natijasida nutq tovushlari vujudga keladi,
N utq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etuvchi qismlar nutq 
a ’zolari deyiladi. N u tq a ’zolarining jami nutq apparatini tashkil 
etadi. Bular diafragma, o'pka, kekirdak, ovoz paychalari, bo‘g ‘iz, 
b o 'g 'iz qopqog'i, kichik til, tanglay, til, tish, labdir.
Nutq apparati u c h qism dan iborat:


1. 
Ovoz paychalaridan pastki qism: o'pka, nafas olish 
yo'llari, kekirdak, diafragma.
2. 
Bo'g'iz. 
Xalqasimon 
va 
qalqonsim on 
tog'aylar 
b o 'g 'izd a joylashgan. Bu ikki to g ‘ay o'rtasida ovoz 
paychalari o'm ashgan bo'Iib, ovoz paychalari harakati 
bilan 
tovush 
paychalari 
ochilib-yopilib 
turadi. 
N atijada shunga muvofiq har xil tovushlar chiqadi.
3. 
Ovoz 
paychalaridan 
y uqoridagi 
qism: 
bo‘g ‘iz 
qopqog'i, og'iz bo'shlig'i, b u n in bo'shlig'i, qattiq va 
yum shoq tanglay, til, kichik til, ustki va pastki tishlar, 
ustki va pastki lablar kiradi. Til eng harakatchan 
a ’zodir. U til uchi, til oldi, til o'rtasi, til orqasi va 
chuqur til orqa qismlariga bo'linadi. Til uchi en g
harakatchan nutq organidir.
Fonologiya - (yun. phone - tovush, ovoz + iogos - so ‘z, 
ta ’limot) 
tilshunoslikning 
nutq 
tovushlarini 
so‘z 
va 
morfemalarning tovush qobig‘ini farqlovchi vosita siíatida 
o'rganuvchi sohasi.
NUTQ TOVUSHLARI ARTIKULYATS1YASI
^N utq apparatining ishlashi natijasida tovush hosil b o 'lish 
jarayoni artikulyatsiya deyiladi. M a’lum bir tilga xos b o 'lg an
nutq tovushlarini hosil qilishga m uvofiqlashgan nutq apparati 
artikulyatsiya 
bazasi 
d e y ila d jj LN u tq
tovushlarining 
artikulyasiyasi uchta etapni: 1) talaffuz qilishga tayyorgarlik- 
ekskursni, 2) talaffuzning o'zini, 3) n u tq organlarining o ‘z 
o‘rniga qaytishi-rekursni o‘z ichiga oladi. N utq tovushlarini hosil 
qilishdagi artikulyatsiya harakatlarining yig'indisi artikulyatsiya 
bazasi deyiladi.
N utq tovushlarining akustik xususiyati ulaming kuchi, 
balandligi, 
tembri va 
cho'ziq-qisqaligi 
bilan 
ifodalanadi. 
Akustika tovushlarning quyidagi belgilari borligini ta ’kidlab 
ko'rsatadi:
1. Tovush amplitudaga, ya’ni teb ra n ish chegarasiga b o g 'liq
bo'ladi.
2. Tovushning baland-pastligi teb ran ish tezligiga, y a’ni b ir 
sekundda bo'ladigan tebranish soniga bog'liq. Tebranish k o 'p
bo'lsa, tovush baland bo'ladi. Tebranish oralig'i qancha uzun


bo'lsa, tebranish shuncha kam, sekin bo'ladi, tovush y o 'g 'on va 
past chiqadi.
3. Tovushning cho'ziq-qisqaligi tebranish vaqtining davomli 
yoki davomsiz b o 'lish iga bog'liq. Tebranish qancha davomli 
bo'lsa, tovush sh u n ch a qisqa bo'ladi.
4. Tovush tem bri asosiy ton bilan qo'shim cha tonlarning 
m unosabatiga bog'liqdir. Tembming o ‘ziga xos xususiyatlari 
bor; tembrga qarab tovushning baland-pastligini aniqlaymiz. Bir 
xil cholg'u asboblarining farqini ham tembridan ajratish 
mumkin. Ularda rezanatori farq qiladi.
N utq tovushlarining paydo bo'lishida rezonansning roli 
katta. 
N utq 
tovushlarining 
tarqaiishi 
va 
kuchayishida 
kishilarning o g ‘iz va burun bo'shlig'i rezonator vazifasini 
bajaradi. O g'iz b o 's h lig 'i o'zgaruvchan rezonator hisoblanadi. 
Uning bo'linishi, tilning yuqoriga ko'tarilishi va pastga tushishi, 
oldinga va orqaga surilishi turli-tum an tovushlarning chiqishiga 
imkon beradi. Burun bo'sh lig 'i esa o'zgarmas rezonatordir.
NUTQ TOVUSHLARI TASNIFI
Tovushlar shovqin va ovozdan hosil bo'ladi. Tovushlar unli 
va undoshlarga ajraladi. Agar o'pkadan chiqayotgan havo oqimi 
tovush paychalarini titratib o'tib, og'iz bo'shlig'ida qarshilikka 
uchrasa, unda u n d o sh tovush hosil bo'ladi. Hamma tillarda 
tovushlar m iqdori har xil. O 'zbek tilida 6 ta unli, 23 ta undosh 
bor.
Unlilar (vokalizra). Unli tovushlar faqat ovozdan iborat. 
Tilning gorizontal holatiga ko'ra unlilar uch xil bo'ladi:
1. Til oldi unlilari: (i), (a), je).
2. Til o 'rta unlilari: (o').
3. Til orqa unlilari: (u), (o'), (o).
Tilning ko 'tarilish darajasiga qarab, unlilar uch turga 
bo'linadi:
a) ochiq unlilar; (a), (o).
b) yarim ochiq unlilar; (e), (o').
v) yopiq unlilar; (i), (u).
Qisqa va cho'ziqligiga qarab unlilar qisqa va cho'ziq 
unlilarga ajraladi. Bu miqdor belgisi deyiladi. Bu xususiyat 
o'zbek va rus tillarida yo'q, ingliz, turkman tillarida bor.


Lablarning ishtirokiga k o ‘ra unlilar lablangan (u, o ‘, o) va 
lablanmagan (i, e, a) bo'ladi.
Unlilarning tarkibiga k o 'ra turlari uch xil - monoftonglar, 
diftonglar, triftonglar bo'lib, bu uiarning tarkibidagi tovushlar 
miqdoriga bog'liq. Bunday ajratish ham o'zbek va rus tillariga 
xos emas. U roman-german tillarida k o ‘p uchraydi. D iftonglar va 
triftonglar garchi ikki va uch tovushdan iborat b o ‘lsa ham bir 
vazifani bajaruvchi, bir fonem a hisoblanadi. B o'g'in ajratilganda 
bir b o 'g 'in g a kiritiladi.
Undosh tovushlar (konsonantizm). Undosh tovushlarning 
hosil bo'lishida havo oqim i tovush paychalarini titratish - 
titratmasligidan q a t’iy nazar og'iz bo 'sh lig 'id a qarshilikka 
uchraydi. Agar havo oqimi faqat og'iz b o 'sh lig 'id a qarshilikka 
uchrasa, jarangsiz undoshlar (p, t, s, f) hosil bo'ladi.
Agar shovqin ovozdan ustun tursa, jarangli un doshlar hosil 
bo'ladi: (b, v, g, d, j).
Agar ovoz shovqindan ustun tursa, sonor yoki sonontlar 
deyiladi. Ular og'iz (r) va b urun (m, n, ng) sonorlariga bo'linadi.
Talaffuz o'raiga ko'ra undoshlar lab, til, b o 'g 'iz undoshlariga 
ajraladi.
Lab-lab undoshlar: b, m, p.
Lab-tish undoshlar: v, f.
Til oldi undoshlari: t, d. s, sh, n, z.
Til orqa undoshlari: q, g ‘.
Til o ’rta undoshi: y.
Hosil bo'lish usuliga k o 'ra undoshlar portlovchi, sirg'aluvchi, 
qorishiq va b a’zi tillarda nafas turlariga ajratiladi.
Portlovchilar; (b), (p), (t), (d) kabilar talaffuzida o 'pk ad an 
chiqayotgan havo nutq organlari qarshiligini yorib o'tadi, 
natijada portlash ro'y beradi.
Sirg'aluvchilar; (v), (f), (s), (sh), (j), (x) bunda n u tq organlari 
qattiq jipslashmaydi, b ir-b irig a yaqinlashadi, 
havo oqimi 
ulam ing orasidan sirg'alib o'tadi.
Qorishiq tovushlar; (ch), (j) - ular ikki undosh yig'indisidan 
tashkil topgan. Bunda til m ilkka taqaladi, lekin tovush portlash 
bilan emas, sirg'alish bilan chiqadi. Ba’zi tillarda nafas 
undoshlari bor.
Tillardagi nutq tovushlari son jihatdan ham, sifat jihatdan 
ham o'zaro to 'g 'ri kelmaydi. Uiarning akustik - artikulyatsion 
xususiyatlari ham har xil bo'ladi.


NUTQNING FONETIK BO‘LAKLARI
N utq ketm a-ket kelgan tovushlar yig'indisi yoki zanjirsimon 
ulanishdan iborat bo'lib, u talaffuz davriga ko'ra oldinma-keyin 
kelgan fonetik birliklarga bo'linadi. Nutqning ana shunday katta 
va kichik birliklarga bo'linishi uning fonetik bo'linishi deb 
ataladi.
N u tq
fonetik jihatdan 
fraza, 
takt, 
bo‘g ‘in 
va 
nutq 
tovushlariga ajratiladi. Fraza nutqning eng katta fonetik birligi 
bo'lib, ikki tom ondan pauza bilan chegaralanadi. Nutqni 
frazalarga ajratish subyektiv sabablarga bog‘liq (tez, sekin 
gapirish). Fraza (jumla) gapga ten g emas.
Frazalar taktlardan iborat. Frazaning ikki pauzasi orasiga 
joylashgan, yagona u rg ‘u bilan talaffuz qilinadigan bir yoki bir 
necha b o 'g 'in n in g yig'indisiga ta k t deyiladi.
O d atd a urg‘u olm agan so 'zlar urg'u olgani bilan birikib 
keladi. Masalan: 

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə