Tilshunoslik asoslari



Yüklə 2,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/32
tarix24.06.2022
ölçüsü2,06 Mb.
#90050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Tilshunoslik-asoslari

Accom odatio - m uvofiqiashu
v) 
-
tovushlam ing moslashuvi bo'lib, u yonma - yon turgan unlilar 
va u n doshlar orasida sodir bo'ladi, U progressiv yoki regressiv 
bo'lishi m um kin. Moslashuv to ‘liq bo'lmaydi, qisman ro‘y 
beradi. M asalan: qafas so'zida til oldi “a" tovushi chuqur til orqa 
“q” ta’sirida til orqa unli kabi talaffuz qilinadi.
Assimilyatsiya (lot. 
A ssim ilatio - o'xshab ketish) -
biror 
tovushning boshqa tovush ta ’sirida unga o'xshashlik tomon 
o'zgarishi. 
Assimilyatsiya 
ikki 
xil 
bo'ladi: 
progressiv 
assimilyatsiya va regressiv assimilyatsiya. Oldinda kelayotgan 
tovush keyingisiga ta ’sir o'tkazib, 
o‘ziga o'xshatib olsa, 
progressiv assimilyatsiya deyiladi. Keyingi kelayotgan tovush 
o'zidan oldingisini o'ziga o'xshatib olsa, regressiv assimilyatsiya 
deyiladi. Yana distant va kontakt assimilyatsiya mavjud. Distant 
assimilyatsiya 
yonma-yon 
turm agan 
undoshlam ing 
o'zaro 
o'xshab ketishidir. Masalan: 
ben ~ m en, b uni - muni.
Kontakt 
(yondosh) assimilyatsiya esa yonma-yon turgan undoshlam ing 
o'xshab ketishidir. Masalan: 
o td i - otti, o'sgan - o'skan.
Dissimilyatsiya (lot. 
D issim ilis - noo ‘xshash)
— bir xil tipdagi 
tovushlam ing o'zgartirib yuborilishi. Masalan: 
zarur - zaril,
dainba - danba.
Diereza (yun. 
D iaeresis - bo'linish) -
tovushlardan birining 
talaffuz qilm ay tushib qoldirilishi; 
p a st -p a s , dastlab - daslab.
Metateza (yun. 
M etathesis

o ‘rin aJmashtirish) -
yonm a-yon 
tovushning o 'rin almashinishi; 
ahvol - avhol, daryo - dayro.
Gaplologiya (yun. 
Caplos - oddiy; logos - tushuncha) -
y o n m a-yon turgan o'xshash undosh yoki bo'g'inlarning tushirib 
qoldirilishi: 
qayna — qaynana ~ qaynona, qayni - qaynini -
qayn ini.


Epenteza (yun. 
E penthesis - kirítish)
- so'z ichida tovush 
orttiriiishi: 
fik r - fikir, sin f - sinif, h u k m - hukum .
Nutq tovushlari so'zda tu tg an o 'rn ig a qarab talaffuzda, 
yozuvda o'zgarishi mumkin. 
Buni 
tovushlam ing pozitsion 
o'zgarishi deyiladi.
Reduksiya shunqa misol b o ‘Ia oladi. Reduksiya uch xil 
b o ‘Iadi:
1. 
M iqdor reduksiyasi; u rg 'u olm agan bo‘g ‘iniiing q isq a 
talaííuz qilinishi; ingliz tilida uchraydi.
2. 
Sifat reduksiyasi; u rg ‘uli b o 'g 'in d a unlining b o sh q a 
unliga aylanishi: 
vyazatb - viz&tb;
bunda u rg 'u siz 
birinchi bo'g'indagi 
a (ya)
-
i
ga aylangan.
3. 
T o'liq reduksiya. U rg 'u olm agan bo‘g ‘inda un lilar 
tushib qoladi. Masalan: 
o g 'iz-o g 'zim .
YOZUV
Yozuv - muayyan bir tilda qabul etilgan va k ish ilar 
o'rtasidagi muloqatga xizmat qiladigan yozma belgilar yo k i 
tasvirlar tizirai. M a’lumki, insoniyat dahosi erishgan eng bu yu k 
va muhim yutuqlardan biri yozuviiing kashí etilishidir. Yozuv 
kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining 
tom m a’n o d agi 
ibtidosi, bashariyatning uzoq va m urakkab tadrijiy takom ili 
jarayonidagi 
omillaming 
en g
asosiylaridan 
biridir. 
M a’lum otlarga ko'ra, yozuv tildan anch a keyin paydo b o ‘lgan, 
ya’ni tovush tili taxminan 400 - 500 ming yillar ilgari y u zag a 
kelgan bo'lsa, yozuvning paydo b o 'lg an ig a 4 - 5 raing yillar 
bo‘Igan. O g'zaki nutqning zamon va makon nuqtayi nazaridan 
cheklanganligi va uni bartaraf etish zaruriyati yozuvning p ay d o
bo'lishiga olib keldi.
Aytish lozimki, yozuv o g ‘zaki tilga nisbatan ikkilam chi, 
qo'shim cha 
aloqa vositasi 
b o ‘lsa-da, 
mazkur ehtiyojlarni 
qondiruvchi 
vosita 
siíatida 
u n g a
qaraganda 
juda 
k o ‘p 
afzalliklarga ega. Xususan, tilning e n g muhim, asosiy vaziíasi 
kommunikatsiya - kishilar o 'rtasid ag i aloqani ta ’m inlashdir. 
Ajnmo kishilar o'rtasidagi bevosita - «yuzma-yuz» alo q ag in a 
og'zaki til vositasida ta ’m inlanishi mumkin, lekin bu a lo q a
bavosita bo'lsa-chi, kishilar turli masofalarda bo'lsalar-chi?


Demak, tilning kom m unikativ vaziiasi yozuvsiz amalga oshishi 
mumkin emas. H ar qand ay tilning asosiy vazifalaridan bin 
b o 'lg an estetik va gnoseologik (dunyoni bilish) vazifalarini ham 
yozuvsiz tasaw ur qilish qiyin. Ayniqsa, tilning insoniyat qo‘lga 
kiritgan tajriba-bilim lam i saqlash va avlodlarga yetkazishdan 
iborat vaziiasi ham bevosita yozuv orqali bajariladi. Kishilik 
jam iyati yaratgan bilim va tajribalar, kashfiyotlar, so‘z san'ati 
durdonalari 
kabi 
qim m atli 
axborotlarning 
barcha-barchasi 
avlodlardan avlodlarga yozuv orqali yetib boradi. Boy va ulkan 
o ‘tmish 
madaniyatimiz, 
tariximiz 
haqidagi 
bugungi 
tasaw urlarim izning mavjudligi, tirikligi faqat yozuv tufaylidir.
Til kishilik jam iyati bilan qanchalik bo g'liq bo'lsa, yozuv 
ham shunchalik bog 'liq d ir. Yozuv kishilik jamiyatining zaruriy 
ehtiyoji asosida paydo bo'lib, rivojlangan. Bugungi shaklini 
olgunga qadar 
uzoq va murakkab
tadrijiy taraqqiyot y o 'lin i bosib o'tgan. Inson aqli yozuvday 
mukammal aloqa vositasini kashi qilgunga q ad ar uzoq izlangan. 
Eng qadimgi davrlarda dunyo xalqlarining deyarli barchasida 
k en g tarqalgan «eslatuvchi» belgilar ana shu izlanishlaming ilk 
ko'rinishlari edi. M asalan, muayyan m iqdom i ifodalash uchun 
tuxli 
toshlar, 
ch ig'anoqlardan 
foydalanilgan. 
Tayoqtar, 
daraxtlarga har xil ip lar bog'lash, tugunlar tugib qo'yish kabi 
vositalar bilan m a’Ium bir axborotlami yodda saqlash yoki 
muayyan masofaga yuborishga harakat qilingan. Yoki biron 
xabam i uzoq m asofaga yuborish uchun gulxan, tutun. baraban 
ovozi 
kabilardan 
foydalanilgan. 
Yoki 
hali 
sivilizatsiyaga 
erishm agan xalqlarning nazarida yozuv (xat, kitob) gapira olish 
imkoniyatiga ega b o 'lg a n tirik mavjudot, u murakkab sirlarni 
ochib berishi, kelajakni oldindan aytib berishi mum kin sanalgan. 
M ashhur amerika gram m atologi (yozuv tarixini o'rganuvchi 
olim) 
I.E.Gelb 
o 'zin in g
«Yozuvni 
o'rganish 
tajribasi 
(Grammatologiya asoslari)» nomli kitobida shunday rivoyatni 
keltiradi: Bir m issioner bir hinduning qo‘liga to 'rtta non va shu 
nonlarning miqdori ko'rsatilgan xatni berib, ulam i bosbqa bir 
missionerga olib borishni buyuradi. Hindu y o ‘lda nondan 
bittasini yeb 
q o ' y a d i
va, tabiiyki. xat tufayli uning bu aybi fosh 
bo'ladi. M a’Ium v aq td an keyin o'sha hindu yana xuddi shunday 
topshiriq bilan yuboriladi. Endi hindu yo'ida nonning bittasini 
y er 
ekan, 
ehtiyotkorlik 
yuzasidan 
-
uning 
nonni 
yeyayotganligini xat yana «k o ‘rib qolmasligi» uchun xatni bir


toshning ostiga bekitib qo'yadi, chunki h indú bilardiki, oldingi 
safar uning bitta nonni yeb qo'yganligini m issionerga xat «aytib 
bergan edi»...
Yozuv, yuqorída ta ’kidlab o’tilganidek, kishilik jamiyatining 
ob’ektiv zaruriy ehtiyoji asosida paydo bo'Idi, ana shu ehtiyoj 
negizida rivojiandi va takomillashib bordi. \J bugun biz 
bíladigan yozuvíar shaklini olgunga qad ar uzoq va murakkab 
tadrijiy 
taraqqiyot 
yo'lini 
bosib 
o 'tg an . 
Rasmli 
yozuv 
(piktografiya) yozuv yaratish yo'lidagi biriachi qadam bo'lgan. 
Rasm bilan yozuv o'rtasida uzviy bog'liqlik mavjud, aw alo, har 
ikkalasí ham ko'rish orqali idrok qilinadi. Piktografik yozuvni 
ibtidoiy tasviriy sa n ’at ichida yuzaga kelgan deyish mumkin. 
Toshlarga, suyaklarga, g ‘or devorlariga o ‘yib ishlangan xilma-xil 
hayvonlaming rasmlari, umumiy m azm unga birlashuvchi tasviriy 
lavhalar - bulam ing bari piktografik yozuvning asoslarídir. Ana 
shu ibtidoiy tasviriy san’at ikki yo'nalishda, xususan, rasmlar va 
muayyan axborot vositasi, y a’ni yozuv sifatida shakllana borgan.
Rasmlaming soddalashuvi, ulam ing o'zlari ifoda etgan 
buyumlaming nomiga, ramziga aylanishi va asta-sekín bu 
ramzlarning og'zaki til bilan doiiniy bo g 'lan ish i yozuvning 
takomillashib borishini belgilab beradi.
Yozuvning keyingi taraqqiyot bosqichi b o ‘g ‘in yozuvi 
bo'lib, 

miloddan 
aw alg i ikki 
m inginchi yilliklaming 
o'rtalarida paydo bo'Lgan. Tildagi so'zlar soniga qaraganda 
bo'g 'in lar soni ancha kam, shuning ucírnn ham b o 'g 'in yozuvi 
logografik yozuvga nisbatan sezilarli darajada oz belgilar tizimi 
bilan ish ko'radi. Masalan, devanagari (hind) yozuvi b o 'g 'in
yozuvidir.
Harí-tovush 
yozuvining 
shakllanishi 
b utun 
yozuv 
taraqqiyoti tarixida inqilob bo'lgan. Bu y o ’nalishdagi ilk yozuv 
turi finikiy yozuvidir. 
Finíkiy alifbosining paydo bo'Hshi 
insoniyat uchun 
yozuvni 
takomillashtirish 
borasida olg‘a 
q o ‘yilgan qadam bo'lgan. Tildagi tovushlarni alohida-alohida 
idrok 
qilish 
tovush 
yozuvining 
ibtidosidir. 
Harf-tovush 
yozuvining muhim afzalligi uning kam m iqdordagi, ya’ni 20 ~ 
30 atrofidagi belgilar bilangina ish k o 'ra olishidir.
O 'rta Osiyodagi xalqlar, juniladan, o 'z b e k xalqi turli 
yozuvlardan foydalanib kelgan. Bu yozuvíar avesto, pahlaviy, 
o'rxun-yenisey (runik), turkiy (uyg'ur), su g 'd , arab, kirill, lotin 
yozuvlaridir.


Albatta, yozuv bilan til o'zaro chambarchas bog'liq. Biror 
tilni shu tilning yozuvini o'rganm asdan, yoki aksincha, biror 
yozuvni shu yozuv tegishli bo'lgan tilni bilmasdan o'rganish 
mumkin em as. Ammo yozuv og'zaki til (nutq)ni aynan aks ettira 
olmaydi. Biror tilda qabul qilingan maxsus belgilar yig'indisi - 
bu yozuvdir. Yozuv tushunchasi tilning tovush eleraentlari (so‘z, 
bo‘g ‘in, 
tovush)ni 
ifodalovchi 
belgilargina 
emas, 
balki 
piktografiya, ideografiya shakllarini ham o ‘z ichiga olgan. Bular 
aloqa qilish belgilari siiatida, yozuvdan ilgarigi belgilar (xotira 
yozuvi, 
hisoblash 
yozuvi 
...)ga 
qarama-qarshi 
qo'yilgan. 
U rug'chilik sistem asi davrida dastlab surat yozuvi paydo 
bo'lgan. Yirik u ru g ‘ qabila jamoalarining tarkib topishi bilan 
og'zaki 
n u tq n i 
uzoqqa 
yetkazish 
va 
uni zamon 
bilan 
m ustahkam lash ehtiyoji tug'ildi.
Inson 
nu tq id a 
so ‘z 
alohida 
birlik 
sifatida 
o ‘qila 
boshlanganidan keyin yozuv jami nutq elementlari so‘z, b o V in , 
tovush bilan ifoda etilgan. Lekin yozuvning bu bosqiciida 
ideograiiyadan butunlay qutula olingan emas, chunki bu 
yozuvda ham predm etning surati solingan.
Ifoda etilg an predm et tushuncha, ramz sifatida umuman 
tasvirlanganligi, mavhumlikning kuchliligi, predmet tushuncha 
ko'pincha o ‘sha ifoda etilayotgan so'zning bosh tovushi bilan 
bog'liqligi jihatidan farq qiigan. Hayotiy ehtiyoj bora-bora 
yozuvni soddalashtirdi, tasvirlanayotgan predmet bilan yozuv 
o'rtasidagi o ’xshashlik yo'qoldi, belgi so'zning simvoli bo'lib 
qoladi.
Papirus q o g ‘ozi ham da yozish uchun maxsus tayoqcha va 
bo'yoqning 
kashf etilishi yozuvni takomillashtirdi, 
uning 
soddalashuviga im kon tug ‘dirdi. Keyinchalik alohida harflardan 
iborat yozuv paydo bo'ldi.
Hozir yer yuzida quyidagi besh yozuv asosida tuzilgan yozuv 
sistemalari 
tarqalgan: 
1) 
lotin 
yozuvidan 
butun 
dunyo 
aholisining 30 foizi, 2) fonetik-arab yozuvidan butun dunyo 
aholisining 10 foizi, 3) slavyan-kirill yozuvidan butun dunyo 
aholisining 10 foizi, 4) grafik- xitoy yozuvidan butun dunyo 
aholisining 25 foizi, 5) bo‘g ‘inli hind yozuvidan butun dunyo 
aholisining 20 foizi, 6) qolgan boshqa yozuv sistemalari (gruzin, 
yahudiy, yunon) yozuvlaridan dunyo aholisining 
5 foizi
foydalanadi.


LEKSIKOLOGIYA
Har bir tilning liig'at tarkibi, shuningdek, tildagi so 'zlar 
raajmui 
leksika
deb yuritiladi. Shunga k o 'ra leksika so ‘zi adabiy 
tilning 
lu g 'at tarkibi m a’nosida ham, 
biror sheva yoki 
dialektning lu g 'at tarkibini ifodalash uchun ham (dialektal 
leksika), m a’lum bir kasb-hunar kabi sohaga oid lu g 'at tarkibi 
m a’nosida ham (terminologik leksika), hatto ayrim yozuvchi 
asari (yoki asarlari)ning so'zlari 
majmui m a’nosida 
ham
(masalan, Naviy asarlari leksikasi) qo'llanaveradi.
Leksikologiya 
leksikani 
o'rganadi, 
leksika 
esa, 
o ‘z 
navbatida, so'zlardan yoki so'zlar m ajm uidan iborat bo'ladi, S o'z 
haqida gap ketganda, ko‘pincha, u n ga «asosiy til birligi», «til va 
nutqning eng muhim unsurlaridan biri», «tilning eng kich ik 
asosiy birligi» tarad a ta'rif beriladi. Lekin so ‘z aslida ju d a
murakkab xususiyatga ega. So'zga u ch -to 'rt og'iz so ‘z, h atto
uch-to'rt jum la bilan ham to 'la ta ’rif berib bo'lm aydi. K o 'p
vaqtlarga q adar tilshunoslikka oid adabiyotlarda so'zga u n in g
boshqa hodisalardan farqini belgilovchi aniq, mukammal t a ’rif 
o ‘z aksini topm ay kelayotgan edi. S o'zga oid eng so'n gg i ta ’rifni 
akadem ik Azim Hojiyev berdi. U nga k o 'ra so‘z: «Leksem aning 
nutqda m uayyan shakl va vazifa bilan voqelangan ko'rinishi. O'z 
tovush qobig'iga ega bo'lgan, o b ’ektiv narsa-hodisalar h aqidagi 
tushunchani, ular o'rtasidagi aloqani yoki ularga m unosabatlarni 
ifodalay oladigan, 
turli gram m atik 
m a’no va vazifalarda 
qo'llanadigan eng kichik nutq birligi».
M a’lumki, har qanday so'znin g m a’lum bir m a’no ifodalashi 
shu tilda so'zlashuvchilar uchun yoki shu tilni biluvchilar u ch u n
sir emas, albatta. Har qanday so 'z paydo bo'lishidayoq o 'z 
m a’nosi va tovushlar qiyofasiga (tovush qobig'iga) ega b o 'lad i. 
Demak, har qanday so'z, aw alo, tovush va m a’no birligiga ega 
bo'ladi. Bu narsa so'zning fonetik va seinantik tomonlari.
So'zning 
tovush 
tom oni 
uning 
m a’nosini 
y u zag a 
chiqaruvchidir, Xuddi shu tovush tom oni bilan so'zning m a ’nosi 
tinglovchiga yetadi, tushuniladi. Demak, u so'zning m a ’nosi 
uchun, yuzaga chiqishi uchun xizm at qiladi. Aytib o 'tilganidek, 
har bir so'z (tub so'z) aniq bir tovush qobig'iga ega bo'ladi. Bu 
qobig'dagi tovushlami, ularning miqdorini, tartibini kishilar, 
ya’ni shu tilda so'zlashuvchilar belgilam aydi. Balki har b ir so 'z 
m a’lum m a’noni ifodalovchi sifatida o 'z tovush q o b ig 'i bilan


yuzaga keladi va shu tovush qiyofasidagina u m a’no ifodalanadi, 
tushuniladi. Agar tovush qobig'idagi tovush yoki tovushlai 
miqdori yoki tovushlar tartibi o'zgartirilsa, u holda bu qobiqqa 
xos m a’no va shu qobiqdagi so‘z ham yo'qoladi. o'zgaradi. 
To'g'ri, so'zning tovush qobig'ida o'zgarish bo'lsa-da, ma’no 
saqlanishi mumkin. Lekin bu hodisa, y a’ni so'zning tovush 
qobig'idagi o'zgarish birdaniga emas, balki til taraqqiyoti 
jarayonida yuz b ersagina shunday bo'ladi. Bu hodisa tub 
so'zlardagina emas, balki yasama so'zlarda ham yuz berishi 
mumkin. Masalan, y o m g 'ir - yog'mir, yog'och - og'och, kiprik -
kirpik, qo'shni - qo'nshi, magiz - mayiz va boshqalar. AJbatta, 
so'zning tovush q o b ig 'id a bo‘ladigan bunday o'zgarishlar 
so'zning 
o‘z 
m a ’nosi 
bilan 
yashash jarayonida 
m a’lum 
qonuniyatlar asosida ro ‘y beradi. Shuning uchun ham bu 
o'zgarish m a’noning, shu bilan birga so'zning yo'qolishiga olib 
kelmaydi.
So'zning yana b ir belgisi uning m a’lum bir m a’noga 
egaligidir. So'zning fonetik shakli uning m a’nosini yuzaga 
chiqaradi. Boshqacha aytganda, tovush yoki tovushlar majmuida 
m a ’lum m a’no yuzaga kelsagina, uni so'z deb atash mumkin. 
Affikslar ham m a’lum tovush qiyofasiga va m a’noga ega bo'lsa- 
da, lekin ulam ing tovush qiyofasi m a’noni yuzaga chiqaruvchi 
emas. Affiksga xos m a’no u qo'shiladigan so'z orqaligina (shu 
so'z doirasidagina) yuzaga chiqadi. Bu aytilgan fikrlar so'zning 
ikki asosiy xususiyatiga, y a ’ni tovush va m a’no tomoniga oiddir. 
Lekin so'z bundan b o sh q a yana bir qator xususiyatlarga egaki, 
xuddi shu xususiyatlari tufayli u tilshunoslikning turli sohalari 
uchun tekshirish o b ’ekti bo'ladi.
Inson tili tovush tilidir. Har tilning paydo bo'lishidayoq o‘z 
tovush qiyofasiga eg a bo'Iishi sababi ham shunda. So'zning 
m oddiy qobig'ini hosil qiluvchi tovushlar va ular bilan bog'liq 
b o 'lg an bir qator hodisalar tilshunoslikning fonetika bo'limida 
o'rganiladi.
H ar qanday so'zning m a’lum m a’noga ega bo'lishini 
ko'rdik. 
So'zning m a ’nosi va unga oid hodisalar (so'z 
m a’nosining taraqqiyoti, bir m a’nolilik va k o 'p m a’nolilik va 
boshqalar) tilshunoslikning leksikologiya, yana ham aniqrog'i, 
leksikologiyaning sem asiologiya bo'limida tahlil qilinadi.


So'zlar fonetik, semantik strukturadan tashqari, morfema 
strukturasiga ham egadir 

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə