Tir convention Uzbekistan


XYT Ijroiya kengashi va XYT kotibiyatining faoliyatini moliyalashtirilishini



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/163
tarix13.06.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#116982
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   163
TIR Convention Uzbekistan

2. XYT Ijroiya kengashi va XYT kotibiyatining faoliyatini moliyalashtirilishini 
amalga oshirish tartibi XYT Ma’muriy qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi

/
.
(ECE/TRANS/17/Amend.28, 2009 yil 1 yanvarda kuchga kirgan)
13-moddaning 2-bandiga tushuntirish xati
8.13.2 
6-moddada zikr etilgan xalqaro tashkilot bilan maslahatlashishdan keyin, 
2-bandda zikr etilgan tartib, kelishib oluvchi tomonlar va ularning 
nomidan harakat qiluvchi va 6-moddada zikr etilgan xalqaro tashkilot 
bilan vakolatlangan BMT YeIK o‘rtasida Bitimda aks ettirilgan bo‘lishi 
kerak. Bitim XYT Ma’muriy qo‘mita tomonidan tasdiqlanadi. 
(ECE/TRANS/17/Amend.28, 2009 yil 1 yanvarda kuchga kirgan) 

Tartib ancha batafsil ECE/TRANS/WP.30/AC.2/89, 38-band, hujjatda va II-ilovada ta’riflangan. 


Ilova 9 *
XYT TARTIBIGA KIRISH HUQUQI
I-qism
XYT KITOBCHALARINI BERISH VA KAFOLAT SIFATIDA HARAKAT 
QILISHGA BIRLASHMALAR UCHUN RUXSATNOMA
Minimal shartlar va talablar
1. XYT kitobchasini berishga Ahdlashuvchi tomonlar ruxsatni olishlari uchun va 
Konvensiyaning 6-moddasiga muvofiq kafolat sifatida chiquvchi birlashmalar tomonidan 
rioya etilishi kerak bo‘lgan minimal shartlar va talablar o‘z ichiga quyidagilarni kiritadi:
a) 
Ruxsatnoma berilgan o‘sha Ahdlashuvchi tomonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan birlashma 
sifatida hech bo‘lmaganda bir yil davomida mavjud bo‘lish dalilini tasdiqlash dalolatlari.
1 a) bandga tushuntirish xati*
9.I.1.a) Olib tashlangan 
(ECE/TRANS/17/Amend.29, 2012 yil 1 yanvarda kuchga kirgan) 
b) Konvensiya bo‘yicha birlashmaning majburiyatlarini bajarish uchun turg‘un moliyaviy 
holatni va tashkiliy imkoniyatlar mavjudligini tasdiqlovchi dalolatlar.

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə