Tizimli tahlilni amalga oshirish metodlari



Yüklə 57,5 Kb.
səhifə1/4
tarix23.01.2023
ölçüsü57,5 Kb.
#99091
  1   2   3   4
Ijtimoiy xizmatlar


Ijtimoiy xizmatlar

Reja:




  1. Tizimli tahlilni amalga oshirish metodlari.

  2. Umumilmiy va xususiy metodlar.


1. Tizimli tahlilni amalga oshirish metodlari.
Tizimli tahlilni umumiy va xususiy jihatlarini inobatga olib, faoliyat doirasida uni amalga oshirish uchun to’rttadan ortiq usullardan vosita sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Garchi, faoliyat doirasida tizimli tahlil usulidan foydalanishga oid aloxida yondashuv bulmasada, ammo reallikni amaliy jixatlaridan kelib chikkan xolda mazkur masalaga funksional tarzda yondashish maqsadga muvofiqdir.
Usul, biron bir natijaga erishish vositasi hisoblanib, reallikni amaliy yoki nazariy jixatdan o’rganish tarzi. Muammoni alohida tartib asosida o’rganish uchun qo’llaniladigan harakatlar ketma-ketligini ta’minlash uchun, aniq o’lchov birligiga (son, foiz, ball, gramm, kilogramm, shakl, rang, koeffitsent, o’rin va b.) ega bo’lgan majmuadir. Tizimli tahlilni amalga oshirish uchun turli usullar tanlanishi mumkin. Nisbatan ko’prok qo’llaniladiganlari sifatida quyidagilarni ko’rsatib o’tish mumkin:

  • so’rov (anketa tarzida yozma, ogzaki savol-javob (masofali)) usuli;

  • hujjatlarni o’rganish (DTS, hisobot, xulosalar va b.) usuli;

  • faoliyat mahsulini o’rganish (insho, maqola, talabalarning bilimi va b.) usuli;

  • alohida holatlarni o’rganish (aloxida pedagogik vaziyatni. Masalan, a’lochilar guruhini, faollarni va b.) usuli;

  • qiyoslash (rakamlar, dalillar, bildirilgan fikr va munosabatlarni kiyoslash) usuli; - suhbat (nutq muloqoti yordamida bevosita yoki bilvosita ma’lumot olish) usuli.

  • biografik (kishini uning tarjimai xoli bilan bog’lik bo’lgan hujjatlar orkali o’rganish) usul;

  • intervyu (muammoga oid bo’lgan savollarga berilgan javob tariqasida axborot to’plash) usuli;

  • kuzatish (kishining harakatlarida namoyon bo’ladigan turli holatlarni hisobga olish, biron bir jarayonni kechishiga oid axborot olish) usuli;

sotsiometriya J. Moreno tomonidan tavsiya etilgan bulib, o’zaro munosabatlar tuzilishi bilan psixologik qovushuvchanlikni aniqlash maqsadida guruh va jamoalardagi shaxslararo munosabatlarni o’rganish.
Bugungi kunda sotsiometriyani turli variantlari ishlab chikilgan usuli:

  • test (standartlashtirilgan sinov bo’lib, uning yordamida u yoki bu xildagi psixik jarayon baholanib, shaxsni bir butunligicha o’rganish mumkin) usuli;

  • eksperiment (muammoli vaziyatni xal kilish jarayoni, xattoki shaxsning histuyg’ulari, xarakteri, kobiliyati, akl-zakovatini o’rganish mumkin. Bunda, ob’ektga ta’sir etadigan barcha omillar qat’iy nazorat kilgan holda ko’zatiladi) usuli;

  • modellashtirish (jarayonni bilvosita o’rganishga asoslangan bo’lib, bunda biron ob’ektning xususiyatlarini o’rganish uchun maxsus ravishda tuzilgan boshqa ob’ektda qayta hosil qilish tushuniladi) usuli;

  • prognozlash (biror-bir hodisaning kelajakdagi holati haqidagi mulohaza) usuli; - ekstrapolyasiya (lot. ekstra-tez, polio-silliqlayman, to’g’rilayman) biror hodisaning alohida qismini kuzatish natijasida olingan xulosani shunga o’xshash hodisaning boshqa bir qismiga, boshqa hududiga (manzilga, joyga) tadbiq etish) usuli.

Shu bilan birga biografik va tarixiy-qiyosiy usullarni xam ko’rsatib o’tish mumkin.

Yüklə 57,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə