Tо‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar



Yüklə 447,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix24.01.2023
ölçüsü447,41 Kb.
#99116
  1   2   3   4   5   6   7
Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi Talabalar akademiyasi



Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi Talabalar akademiyasi 
tо‘g‘risida
NIZOM 
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi Talabalar 
akademiyasi (keyingi о‘rinlarda Talabalar akademiyasi deb ataladi) asosiy 
vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, uning faoliyatini 
tashkil etish tartibini belgilaydi. 
2. Talabalar akademiyasi о‘z faoliyatida О‘zbekiston Respublikasi 
Konstitusiyasi va qonunlariga, О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari 
qarorlariga, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va 
farmoyishlariga, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 
farmoyishlariga, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlariga hamda 
ushbu Nizomga amal qiladi. 
3. Talabalar akademiyasi о‘z faoliyatida Jizzax davlat pedagogika institutiga 
(keyingi о‘rinlarda institut deb ataladi) hisobot beradi va bо‘ysinadi. 
4. Talabalar akademiyasi о‘z faoliyatini davlat va xо‘jalik boshqaruvi 
organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari 
hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi. 
5. Talabalar akademiyasi yuridik shaxs maqomisiz faoliyat yuritadi. 
6. Talabalar akademiyasi rasmiy nomi – Jizzax davlat pedagogika instituti 
huzuridagi Talabalar akademiyasi.
7. Talabalar akademiyasiga о‘zlarining innovatsion loyihalari va g‘oyalariga 
ega iqtidorli talabalar va magistranlar tanlov asosida qabul qilinadi. 
Talabalar akademiyasi jamoa a’zolari Talabalar akademiyasi a’zolari 
hisoblanadi. 
2-bob. Talabalar akademiyasining asosiy vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar Talabalar akademiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi: 


institutdagi iqtidorli yoshlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish, iqtidorli 
yoshlarni о‘sib-ulg‘ayishiga va biror sohada yetuk mutaxassis bо‘lib yetishishiga 
kо‘maklashash; 
davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari 
bilan 
hamkorlikda 
yoshlarning 
ijodiy, 
intellektual 
va tadbirkorlik salohiyatini oshirish; 
iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni mamlakatning yetakchi olimlari va 
ishbilarmonlari bilan hamkorligini ta’minlash; 
ilmiy-tadqiqotlarni bajarish ishtiyoqiga ega iqtidorli yoshlarni qо‘llab-
quvvatlash, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borishlariga imkon yaratish
yangi avlod yosh olimlarini tayyorlash bо‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish; 
yoshlar tomonidan aniq vazifalarni hal etishga, ichki va tashqi bozorlarda 
talab yuqori bо‘lgan ilg‘or texnologik ishlanmalarni ishlab chiqishga qulay 
sharoitlar yaratish; 
iqtidorli yoshlarni respublikaning va jahonning nufuzli ilmiy markazlari
universitetlari, 
texnoparklari 
va 
ishlab 
chiqarish 
korxonalarida 
malaka 
oshirishlariga kо‘maklashish; 
ilm-fan sohasida о‘z о‘rnini topib borayotgan, kelajakda mamlakat ilm-fani 
nufuziga о‘z xissasini qо‘sha oladigan bо‘lajak akademiklar jamoalarini 
shakllantirib borish; 
xalqaro va mahalliy darajada e’tirof etilgan tashkilotlar, universitetlar, ilmiy 
markazlar bilan yaqindan aloqalar о‘rnatish, ularning olimlari va mutaxassislari 
ishtirokida mahorat darslari, treninglar, shuningdek, dolzarb ilmiy-innovatsion 
yо‘nalishlar bо‘yicha konferensiyalar, seminarlar va tanlovlar о‘tkazish. 
9. Talabalar akademiyasi о‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun 
quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 
a) davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim 

Yüklə 447,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə