To'lov balansining mazmun mohiyati va tuzilmasi reja


Kapital xarakati xisobi balansi



Yüklə 36,43 Kb.
səhifə4/7
tarix19.10.2023
ölçüsü36,43 Kb.
#128147
1   2   3   4   5   6   7
TO\'LOV BALANSINING MAZMUN MOHIYATI VA TUZILMASI

Kapital xarakati xisobi balansi.
Investitsiyalash va kreditlash bilan boglik operatsiyalar to`lov balansining keyingi bo`limida, ya`ni, kapitallar xarakati xisobida aks ettiriladi.
Mamlakatda ma`lum bir vaktda moddiy va moliyaviy aktivlarini sotib olish va sotish bilan boglik operatsiyalariga kapital xarakati xisobi deyiladi. Kapital xarakati xisobi balansida korxonalar, er, uy-joylar, kimmatbaxo kogozlar, aktsiyalar, xazina majburiyatlari va boshka aktivlarni olish-sotish bilan boglik kapitallar okimi aks ettiriladi. Bu aktivlar sotilsa yoki eksport kilinsa, xorijiy valyuta mamlakatga kiritiladi, ya`ni valyuta tushumi ko`payadi. Birok kapitalni olib kelish bilan bir vaktda uni olib chikish bilan boglik operatsiyalar xam amalga oshiriladi. Bunda mamlakatning tadbirkorlari xorijdan aktsiyalar sotib oladi, xorijliklarga kreditlar beradi va shu asosda ular xorijiy valyuta zaxiralarini sarflaydi. Bu operatsiyalar debet ko`rinishida aks ettiriladi. Kapital xarakati balansining koldigi – bu, uni olib kelish va olib chikish o`rtasidagi farkdir.
Kapital xarajatlari xisobida aktivlar bo`yicha barcha xalkaro operatsiyalar ko`rsatiladi.
Kapital xarakati balnsi =Aktivlarni sotishdan tushadigan barcha tushumlar – Xorijiy aktivlarni sotib olishga kilingan xarajatlar.
Xorijga aktivlarni sotish valyuta zaxirasini ko`paytirsa, sotib olish esa uni kamaytiradi. SHuning uchun kapital xarakati balansi barcha operatsiyalardan keladigan sof valyuta tushumlarini ko`rsatadi. Kapital xarakati xisobining ijobiy koldigi mamlakatda kapital ko`payishini bildirsa, uning salbiy koldigi mamlakatda kapital kamayishini bildiradi.
Avval aytib o`tilganidek, joriy operatsiyalar bo`yicha balans va kapital xarakati balansi o`zaro chambarchas boglik. Bizning misolda birinchisining takchilligi katta kismi kapitalning sof okib kelishi xisobiga moliyalashtiriladi va aksincha, agar to`lov balansi joriy operatsiyalar bo`yicha musbat koldikka ega bo`lsa, kapital xarakati xisobi balans bo`yicha manfiy koldikka yo`l ko`yilgan bo`ladi.
SHunday kilib, balansning bu ikki bo`limi bir-biri bilan tenglashib boradi.


Yüklə 36,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə