To’lqin o’tkazgichlar (volnovodlar)



Yüklə 14,11 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.03.2024
ölçüsü14,11 Kb.
#180530
To’lqin o’tkazgichlar (volnovodlar)



TO’LQIN O’TKAZGICHLAR
(VOLNOVODLAR)



Toʻlqinlar — fazoda chekli tezlik bilan tarqaluvchi modda yoki muhitning holat 
oʻzgarishlaridir. Toʻlqinlarning tarqalish jarayonida energiya fazoning bir nuqtasidan 
ikkinchi nuktasiga uzatiladi, lekin zarralari koʻchmaydi. Turli xil mexanik, issiqlik, 
elektromagnit holat oʻzgarishlariga turli xil toʻlqinlar mos keladi. Elastik toʻlqin, sirtiy 
toʻlqin, elektromagnit toʻlqin turlari keng tarqalgan. Elastik deformatsiyalarni gaz, 
suyuqlik va qattiq jismlarda tarqalishi elastik toʻlqin deyiladi. Tovush toʻlqini va Yer 
qobigʻidan seysmik toʻlqin elastik toʻlqinning xususiy holi hisoblanadi. Ikki muhit 
chegarasi sirti boʻylab tarqaluvchi toʻlqinlar sirtiy toʻlqinlardir. Elektromagnit toʻlqinlar 
— xususan radio toʻlqinlar, yorugʻlik toʻlqinlari, ultrabinafsha toʻlqinlar, rentgen va 
gamma toʻlqinlar — tarqalayotgan oʻzgaruvchi elektromagnit maydonlardan iborat.


Bulardan tashqari gravitatsion toʻlqinlar ham mavjud. Toʻlqin jarayonlari 
fizik hodisalarning deyarli barcha sohalarida uchraydi. Toʻlqinlarni 
oʻrganish fizika va texnika fanlari uchun muhim.

Muayyan vaqt oraliqlarida takrorlanib turadigan harakatlar tebranishlar 
deyiladi. Tebranishlar toʻlqin tarqalish yoʻnalishi boʻyicha boʻlsa, 
boʻylama toʻlqin, tarqalish yoʻnalishiga perpendikulyar boʻlsa, 
koʻndalang toʻlqin deyiladi. Boʻylama toʻlqinlar tarqalayotganda muhit 
zarralari toʻlqin tarqalayotgan yoʻnalish boʻylab tarqaladi. 



Koʻndalang toʻlqinlarda esa muhit zarralari toʻlqinlar yoʻnalishiga perpendikulyar yoʻnalish boʻylab 
tebranadi. Gazlar, suyuqliklardagi elastik toʻlqinlar boʻylama toʻlqinlardir. Qattiq jismlardagi elastik 
toʻlqinlar, jumladan, Yerning seysmik toʻlqinlari boʻylama toʻlqinlar shaklidagina emas, koʻndalang 
toʻlqinlar ham boʻlishi mumkin. Muhit zarralarining tebranishlari toʻlqinlar tarqalishi yoʻnalishiga 
perpendikulyardir. Elektromagnit toʻlqinlar koʻndalang toʻlqinlardir, ularda tebranuvchi elektr maydon va 
magnit maydon kuchlanganliklarining yoʻnalishlari toʻlqinlar tarqalishi yoʻnalishiga perpendikulyar 
boʻladi. Mexanik toʻlqinlar manbai tashqi kuch taʼsirida holati oʻzgarishga moyil boʻlgan chekli jism va 
moddalar boʻlib, elektromagnit toʻlqinlar manbai tebranish konturi va harakatlanayotgan zaryadlar 
hisoblanadi. Toʻlqinlarning xossalarini oʻrganishda uning parametrlaridan, yaʼni amplitudasi, uzunligi, 
chastotasi, uning tarqalish tezligi, fazasi, toʻlqin vektori va boshqa kattaliklardan foydalaniladi. Toʻlqinlar 
chastotasi, fazasi yoki amplitudasining oʻzgarishini toʻlqinlar modulyatsiyasi deyiladi. Aniq parametrning 
oʻzgarishiga qarab moye modulyatsiya — chastota modulyatsiyasi, faza modulyatsiyasi, amplituda 
modulyatsiyasi roʻy beradi.



Ixtiyoriy shakldagi har qanday toʻlqinlar garmonik toʻlqinlar yigʻindisi 
deb qaralishi mumkin. Vaqtning har bir momentida fazoning 
cheklangan kichik qismidagi juda yaqin chastotalarga ega toʻlqinlar 
tizimi toʻlqinlar guruhi yoki toʻlqinlar paketi deyiladi. Umuman toʻlqinlar 
fronti va toʻlqinlar paketining biror, masalan, maksimal amplitudasi turli 
tezliklar bilan tarqaladi. Toʻlqinlar fronti tezligi biror oʻzgarmas faza 
tezligidir, shu sababli bu tezlik fazaviy tezlik deyiladi. Toʻlqinlar paketiga 
tegishli aniq amplituda tezligi guruhli tezlik deyiladi. Toʻlqinlar 
tarqalishida energiya guruhli tezlik bilan tarqaladi.



Turli toʻlqinlar uchun interferensiya, difraksiya, sinish, qaytish, qutblanish va 
boshqa hodisalar bir xil qonuniyatlar asosida boradi. Toʻlqinlarning gravitatsion 
va glyuon turlari tajribada tasdiqlanmagan. Yarimo’tkazgichlar oʻtkazuvchanligi 
jihatidan metall va dielektriklar orasidagi moddalar boʻlib, oʻz fizik xususiyatlarini 
turli tashqi taʼsirlar (masalan yoritish, isitish va hokazo) natijasida keng 
intervalda oʻzgartira olish xususiyatiga ega. Yarimoʻtkazgichlar elektronika va 
mikroelektronikada juda keng qoʻllanilib, zamonaviy elektr jihozlarning deyarli 
hammasi – kompyuterlardan tortib to uyali aloqa telefonlarigacha barchasi 
yarimoʻtkazgichli texnologiyaga asoslangan. Eng keng qoʻllaniladigan 
yarimoʻtkazgich modda kremniy boʻlib, boshqa moddalar ham keng qoʻllaniladi.

Yüklə 14,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə