Topografik xaritalar



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə1/3
tarix31.12.2021
ölçüsü1,71 Mb.
#82053
  1   2   3
amaliy ish -


REJA:
Xarita haqida ma’lumot

Xaritada keltirilgan geodezik belgilar

1:100 000 Masshtabli topografik xaritalar uchun shartli belgilar

Xarita varaqlari joylashishi haqida ma’lumot

Xulosa

Adabiyotlar ro’yxati



Topografik xaritalar - asosiy tabiiy va ijtimoiyiktisodiy obʼyektlarni tasvirlovchi, mazmuni, bezagi va matematik asosi yagona boʻlgan mufassal umumgeografik xaritalar. Qatʼiy geodezik asosda barqaror shartli belgalar sistemasi yordamida yaratiladi. Ularda geografik landshaftning tashqi koʻrinishi va uning asosiy elementlari — relyef, gidrografiya, oʻsimlik, tuproqgrunt qoplami, aholi punktlari, yoʻllar hamda sanoat, qishloq xoʻjaligi. va boshqa ijtimoiy infrastruktura obʼyektlari bir xil aniqlikda va mukammalliqda tasvirlanadi (499 betdagi rangli xaritaga q.). Topografik xaritalar 1:10 000, 1:25 000, 1:50 000 va 1:100 000 masshtablarda tuziladi.

Har bir Topografik xaritalarning nomi uning masshtabi bilan yuritiladi. Mas., masshtabi 1:10 000 boʻlsa, oʻn mingli, 1:25 000 boʻlsa — yigirma besh mingli Topografik xaritalar deyiladi. Quyidagi jadvalda Topografik xaritalar masshtablari berilgan.

Topografik xaritalar elementlarini umumlashtirib, 2 guruh — matematik va geografik elementlarga boʻlish mumkin. Matematik elementlarga xaritaning toʻri, masshtabi, ramkasi, varaklarga boʻlinishi va nomenklaturasi hamda geodezik tayanch punktlari kiradi. Geografik elementlarga Topografik xaritalarda tasvirlanadigan yer yuzasi tafsilotlari kiradi. Topografik xaritalarelementlari bir-biri bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, ular maxsus turgʻun shartli belgilar va yozuvlar yordamida tasvirlanadi. Topografik xaritalardan joyni toʻla oʻrganish va tekshirishda, turli inshootlarni loyihalash va qurishda, aniq oʻlchash va hisoblash kabi muhandislik ishlarini bajarishda, joyda oriyentirlahda, harbiy maqsadlarda keng foydalaniladi.

Bu sistemaga kura, 1:1 000 000 masshtabli xarita varagʻining kengligi meridian boʻyicha 4° va parallel boʻyicha 6° ga teng . Ekvatordan qutblarga tomon har 4° dan parallellar oʻtkazilib katorlar, 180° li meridiandan boshlab har 6° dan meridianlar oʻtkazilib kolonnalar hosil kilinadi. Qatorlar ekvatordan har ikkala kugb tomon lotin alfavitining bosh xarflari bilan (A dan Z gacha), kolonnalar esa soat mili harakatiga teskari yoʻnalishda oʻsib borish tartibida 180° meridiandan boshlab arab rakamlari bilan 1 dan 60 gacha belgilanadi. Shunday qilib, 1:1 000 000 masshtabli xarita har bir varagʻining nomenklaturasi qatorni belgilovchi harf va kolonna nomerini koʻrsatuvchi raqamdan iborat boʻladi. Mac, Toshkent sh. joylashgan varaqning nomenklaturasi K—42, Moskva shahriniki N—37 deb belgilanadi. Quyidagi jadvalda Topografik xaritalar bir varagʻi (trapetsiyasi)ning oʻlchami va nomenklaturasi berilgan.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə