Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti Tarix yo’nalishi 1-kurs 106-guruh talabasi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə1/3
tarix10.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100597
  1   2   3
Saydullayeva Iroda




Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti
Tarix yo’nalishi 1-kurs 106-guruh talabasi
Saydullayeva Irodaning
Yordamchi tarix fanidan
1-semestr uchun bajargan mustaqil ishi





Topshirdi: Saydullayeva Iroda


Qabul qildi: G'afurov Hamidulla

Turk xoqonligi davrida chochda zarb etilgan tangalar
Reja:

  1. Turk xoqonligi davri tangalarini o’rganishdagi tadqiqotlar

  2. Choch vohasidagi tangalarda turkiy unvonlarning uchrashi.

  3. VI-VIII asrlarda Chochda zarb etilgan tangalar

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar


Turk xoqonligi davri tangalarini o’rganishdagi tadqiqotlar
G‘aybulla Boboyorov arxeologik ma’lumotlarga tayanib, O‘rta Osiyoda mustaqil tangalarni zarb etishning hududiy ketma-ketlikda, tarixiy davrlari bilan yoritib, Turon hududidagi tangalardagi yozuvlar asosida o‘sha davr tarixini yoritib bergan. Jumladan, So‘g‘d va Xorazmda tanga zarb etish miloddan avvalgi I asrlarda boshlangan bo‘lsa, uning shimoliy hududlarida bu jarayon keyinroq boshlangan. Demak, Chochda (Toshkent ̆ vohasi) tanga zarb etilishi II—III asrlarga to‘g‘ri keladi. Sirdaryo (Tarband, O‘tror), Farg‘ona, Ustrushon va Jetisuda ham keyinroq VII—VIII asrlarda zarb etilgan .
Markaziy Osiyo xalqlari davlatchiligi tarixida g‘arbiy Turk xoqonligi alohida o‘rin tutadi. Tarixshunoslikda “G‘arbiy turk xoqonligi” xoqonligining g‘arbiy qismi: Oltoy tog‘lari g‘arbidan to shimoliy qora dengizgacha, Volga–Ural bo‘ylaridan to shimoliy Hindistongacha bo‘lgan hududni o‘z ichiga olgan saltanat bo‘lib, xronologik jihatdan ikki turkiy sulola Ashina (568-704) va Turkash xoqonligi (699-766) davri bilan belgilanadi.
Ilk o‘rta asrlarda g‘arbiy Turk xoqonligi bosh hukmdorlari unvoni “yabg‘u xoqon” yoki “jabg‘u xoqon” tarzida qayd etilgan.
Toshkent vohasidan topilgan mis tangalardagi so‘g‘diy yozuvlarda trbw y’y’n – “Tardu hoqon”, cpyw y’y’n pny – “jabg‘u xoqon tangasi” va twn cpuw y’y’n pny – “Tun jabg‘u xoqon tangasi” shaklida o‘qib chiqilishi ilk bor g‘arbiy Turk xoqonligi hukmdorlari o‘z nomidan tanga zarb qildirganlar, degan fikrga asos bo‘ladi. Ushbu tangalarning aversida o‘ng tomonga yo‘nalgan otliq tasviri, reversida esa o‘ziga xos tamg‘a bo‘lib, uning atrofida so‘g‘diy yozuvda cpyw y’y’n pny – “jabg‘u xoqon tangasi” deb yozilgan.
Ushbu tangada “jabg‘u xoqon” deb yozilishi uning g‘arbiy Turk xoqonligi bilan aloqasini ko‘rsatadi. Mazkur tangalarning Toshkent vohasidan ko‘plab topilishi ularning Choch hududida zarb qilinganini bildiradi. Biroq, tangalarning aynan qaysi hukmdorga mansubligi masalasini yechish birmuncha mushkul. Chunki manbalardan ayon bo‘lishicha, xoqonlaridan bir nechtasi yabg‘u xoqon unvoni bilan hukmdorlik qilgan. Istemidan to Ishbara (640-641) xoqongacha bo‘lgan hukmdorlar “yabg‘u xoqon” tarzida tilga olingan. Bu esa ushbu tangalarning Istemi davridan boshlab chiqarilganmi yoki uning avlodlaridan biri davridami masalasini ko‘ndalang qo‘yadi. Shunga qaramay, yabg‘u/jabg‘u xoqon unvonining tangalarda uchrashi, ularning aynan g‘arbiy Turk xoqonligiga talluqli ekanidan darak beradi. Xususan, Toshkent vohasidan topilgan numizmatik materiallar orasida twn cpyw y’y’n pny - “tun jabg‘u hoqonning tangasi” so‘zlari va “jabg‘u xoqon…” unvonli tangalar bilan bir xil tamg‘a aks etgan tangalar uchraydi. Jumladan, ushbu turdagi tangalarning uchta asosiy tipi zarb qilingan:
1) Chordana qurib o‘tirgan hukmdor
2) Qo‘shaloq portretli xoqon va xotun
3) Ustida yarim Oy va yulduz (yoki Quyosh) ramzi aks etgan ot tasvirli tangalar.
Ushbu tangalar Tun yabg‘u xoqon (618-630) tomonidan zarb qilingan, aynan uning davrida g‘arbiy xoqonlikning janubiy-g‘arbiy o‘lkalarga e’tibori kuchaygan. Xitoy yilnomalarida Tun yabg‘u xoqon g‘arbiy xoqonlik markazini Shi (Choch) davlatining shimolidagi Syan’-Syuan’ (Mingbuloq) mavzesiga ko‘chirgan va barcha g‘arbiy o‘lkalar ustidan hukmronlikni mustahkamlagan. Bosi (Eron), Gibin (Kashmir – Kapisa/Qobul)ni nazorat ostiga oladi. Bu paytda g‘arbiy Turk xoqonligi O‘rta Osiyo bilan birga shimoliy Turkiston, shimoliy Hindiston, Afg‘oniston, Xuroson, shimoliy Kavkaz, shimoliy Qora dengiz bo‘yini ham o‘z ichiga olgan yirik saltanatga aylangan.
G‘arbiy Turk xoqonlariga xos tangalar sarasiga Farg‘ona vodiysi (Quva)dan topilgan tangalar ham kiradi. Toshkent vohasidan topilgan tangalardan farqli o‘laroq, Quva tangalarida turkiy-run yozuvida –aversida “xoqon”, reversida sug‘d yozuvida y’y’n pny - “xoqon puli” so‘zlari bitilganidir.
Tangalardagi tamg‘alar - “tog‘ echkisi, Arxar” tasviri VII-VIII asrlarga mansub Qultegin bitiktoshi, Bilga xoqon va boshqa O‘rxun-Enasoy obidalarida ham aks etgan. Buyuk Turk xoqonligining xonlik tamg‘asidir. Ulardagi hukmdorlar tasviri esa qadimgi turkiylarga xos qiyofada - elkagacha tushgan uzun soch, soqolsiz, keng yumaloq yuz, bir oz qisiq ko‘zli aks etgan. Xususan, Toshkent vohasidan topilgan tangalar orasida Tunyabg‘u xoqon tangalariga o‘xshash, bir tomonida yonma-yon turgan qo‘shaloq tasvir: bosh kiyimsiz, uzun sochli hukmdor (xoqon) va uch muguzli bosh kiyim kiygan malika (xotun) tasvirlari va orqa tomonida yuqoridagiga o‘xshash tamg‘a va uning atrofida so‘g‘diy yozuvda pny cpyw crbnk “yabg‘u Chirdanakning tangasi” so‘zlari aks etgan.
Qadimgi turkiy davlatchilik an’analariga ko‘ra, hukmdorning bosh ayoli “xotun” unvoniga ega bo‘lib, davlat boshqaruvida faol ishtirok etgan va saroyda xoqondan keyingi o‘rinda turgan. Aytish mumkinki, hoqon bilan yonma-yon turgan uch muguzli bosh kiyimdagi xotun tasvirli tangalarning topilishi turkiy davlatchilik tizimida ayollarning mavqei yuqori darajada bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Bu tipdagi tangalarni o‘rgangan E.V.Rtveladze va L.Baratovalar, ushbu tasvirlar Markaziy Osiyoning bir qancha hududidan (asosan, Oltoy va Mo‘g‘ulistondan) topilgan tosh haykal va boshqa buyumlarda ham uchraydi. Tangalardagi bu tasvir qadimgi turkiylar e’tiqodiga ko‘ra, bolalar, jangchilar, homiladorlik va hosildorlik homiysi bo‘lgan iloha Umay bilan bog‘liqdir. Choch tangalari orasida biri o‘ng tomonga qarab, biri to‘g‘riga yuzlangan hukmdor va malika tasvirlari mavjud. Tangalarning reversida yuqoridagi tangalarga o‘xshash tamg‘a va so‘g‘dcha pny cpyw yrcrbnk – “yabg‘u El –Chirdanakning tangasi” so‘zlari yozilgan.
Tunyabg‘u xoqon hukmdorligining dastlabki yillarida qarorgohini Chochga, uning shimolidagi Syan’-Syuan’ (Mingbuloq) mavzesiga ko‘chiradi. Yana bir xoqon Ashina Xelu (651-657) ham o‘z qarorgohini shu shaharga o‘tkazgan.
Mazkur tarixiy dalillar asosida G‘arbiy Turk xoqonligining ilk tangalari Choch vohasida zarb qilingani, bundan tashqari, yana bir dalil mazkur tangalarning aksariyati Turk xoqonligi davrida vohaning eng yirik Qanqa va Xonobod xarobalaridan topilgani ham ularning Choch vohasida zarb qilinganidan darak beradi. Demak, xoqonlar Chochni o‘z tasarrufiga olgach, bu yerdagi tangani zarb qilish usuli bilan tanishib o‘z tangalarini chiqarganlar.


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə