Toshkent arxitektura qurilish instituti moliyaviy boshqaruv hisobi fanidan mustaqil ish


Sof aylanma mablag’lar yoki kapital = Aylanma aktivlar - Qisqa



Yüklə 119,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix28.11.2023
ölçüsü119,46 Kb.
#137473
1   2   3   4   5   6   7   8
moliyaviy hisobotning mazmuni mohiyati (1).

Sof aylanma mablag’lar yoki kapital = Aylanma aktivlar - Qisqa 
muddatli majburiyatlar



Sof aylanma mablag’lar yoki kapital hajmi korxona tomonidan o’z qarzini 
to’lagandan so’ng uning potensial rivojlanish qobilyatini ta’riflaydi. Sof aylanma 
mablag’lari yoki kapitalining koeffitsiyenti quyidagicha topiladi: 
Sof aylanma = Mahsulot ishlab chiqarish / Sof aylanma kapital 
Bu koeffitsiyent bir so’mlik sof aylanma kapitaliga necha pullik hali ishlab 
chiqarishga sarflanmagan moddiy zahiralar to’g’ri kelishini ta’riflaydi. Bunday 
ma’lumotlarga asosan korxona menedjerlari korxona holatini rivojlantirish 
bo’yicha tegishli qarorlarni qabul qilishadi. 
Balans ma’lumotlaridan foydalanadigan tashqi qiziquvchilar uchun korxona 
kapitalining tuzilishi ko’rsatkichlari muhim ahamiyatga ega. 
Kapitalning tuzilishi ko’rsatkichlari korxonaga uzoq muddatli qo’yilmalar 
qo’ygan investorlar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilish darajasini 
ta’riflaydi. Ular korxonaning uzoq muddatli qarzlarini to’lash qobiliyatini aks 
ettiradi. 
Mulk koeffitsiyenti (yoki xususiy kapitalni konsentratsiyalash koeffitsiyenti) 
quyidagicha topiladi: 
Mk = Xususiy kapital / Aktivlarning o’rtacha yillik qiymati 
Bu koeffitsiyent bir birlikka teng yoki undan ortiq bo’lishi mumkin. U 
korxona egalarining korxonaga qo’yilgan mablag’lari umumiy summasidagi 
ulushini ko’rsatadi. Korxona egalarining ulushi qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik 
korxona moliyaviy barqaror, iqtisodiy mustahkam bo’ladi va tashqi kreditorlarga 
qaram bo’lmaydi. 
Korxonaning moliyaviy qaramlik (Kmq) koeffitsiyenti quyidagicha 
aniqlanadi: 
Kmq = Qarz kapitali / Xususiy kapital 


 
Ushbu koeffitsiyent 0,5 dan kam bo’lishi, lekin ko’p bo’lsa, 1 dan oshmasligi 
kerak. Bu korxonani tashqi qarz beruvchilardan moliyaviy qaramligini ta’riflaydi 
va uning o’sish dinamikasi korxonani moliyalashtirishda qarzga olingan 
mablag’lar ulushini ko’payib borayotganini ko’rsatadi. 
 

Yüklə 119,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə