Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali kompyuter injinering fakulteti ki-11-21s guruh talabasi qudratov Shavkat Mustaqil ishi 1 Mavzu-1: Tarmoqlanuvchi jarayonlarni tashkil etish


Mavzu-2: 2. Ichma - ich joylashgan siklik jarayonlarini tashkil etish



Yüklə 34,82 Kb.
səhifə4/7
tarix11.12.2023
ölçüsü34,82 Kb.
#147091
1   2   3   4   5   6   7
Mustaqil ishi 1 Mavzu-1 Tarmoqlanuvchi jarayonlarni tashkil eti-fayllar.org

Mavzu-2: 2. Ichma - ich joylashgan siklik jarayonlarini tashkil etish.


Sikl ichida yana siklning ishlatilishiga ichma-ich joylashgan sikl deyiladi.
Sintaksisi:
for i in range(start1, stop1, step1):
for j in range(start2, stop2, step2):
sikl tanasi
i – 1-sikl takrorlanishlari soni;
j – 2-sikl takrorlanishlari soni;
start1– i ning boshlang‘ich qiymati (ko‘rsatilmasa, 0 deb qabul qiladi);
stop1 – i ning oxirgi qiymati (ko‘rsatilishi shart);
step1 – i ning qadami (ko‘rsatilmasa, 1 deb qabul qiladi);
start2– j ning boshlang‘ich qiymati (ko‘rsatilmasa, 0 deb qabul qiladi);
stop2 – j ning oxirgi qiymati (ko‘rsatilishi shart);
step2 – j ning qadami (ko‘rsatilmasa, 1 deb qabul qiladi).
Tashqi siklning har bir iteratsiyasi uchun j ta iteratsiya bajariladi. Tashqi siklning i ta iteratsiyasi uchun ichki siklning i*j ta iteratsiyasi bajariladi.
Hisoblash jarayonlarida bir-biri ichiga joylashgan sikllardan foydalaniladi. Agar sikl tanasi ham yana sikldan iborat bo`lsa, u holda bunday sikllar ichma-ich joylashgan yoki murakkab sikllar deb ataladi. Ichida boshqa sikl joylashgan sikl tashqi sikl deyiladi. Boshqa sikl ichida joylashgan sikl esa ichki sikl deyiladi. Murakkab siklda avval hamma sikl parametrlari o`zlarining boshlang`ich qiymatiga ega bo`ladi. So`ngra eng ichki sikl to`liq bajariladi. Shundan keyin bunga nisbatan tashqi sikl o`z qiymatini bittaga o`zgartiradi, so`ngra ichki sikl esa yana to`liq bajariladi va hokazo. Bu jarayon hamma darajadagi sikllar talab etilgan barcha qiymatlarini qabul qilib bo`lguncha davom etadi. Ichma-ich joylashgan sikllar tanasining takrorlanishlaring umumiy soni, barcha sikl parametrlarining qabul qiladigan oxirgi qiymatlarining ko`paytmasiga teng.

Yüklə 34,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə