Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali



Yüklə 18 Kb.
səhifə1/2
tarix28.01.2023
ölçüsü18 Kb.
#99630
  1   2
Talim2



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

AXBOROT TA’LIM TEXNOLOGIYALARI”


KAFEDRASI

"TA’LIM NAZRIYASI" fanidan




2-mustaqil ishi

Bajardi: Keldibekov Shohjahon
Qabul qildi: Irisbayeva. M

SAMARQAND – 2022




Mavzu: Umumiy ta’lim mazmunining tamoyillari va tanlash mezonlari. Ta’lim mazmunini xarakterlovchi meyoriy hujjatlar

Reja:


1: Umumiy ta’lim mazmunining tamoyillari.
2: Umumiy ta’lim mazmunining tanlash mezonlari.

3: Ta’lim mazmunini xarakterlovchi meyoriy hujjatlar.



Ta’lim tamoyillari. Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o’quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga ko’ra tashkil etiluvchi ta’lim jarayonining tashkiliy shakl va metodlari, asosiy qoidalari mohiyatini belgilovchi mazmundir. Ta’lim tamoyillarida ta’limning aniq, tarixiy tajribaga asoslanuvchi me’yoriy asoslari (qoidalari) o’z ifodasini topgan. Ta’lim tamoyillarini bilish o’quv jarayonini uning qonuniyatlari asosida tashkil etish, uning maqsadlarini asosli ravishda belgilash va o’quv materialini mazmunini tanlab olish, maqsadga muvofiq ta’lim shakli va metodlarini tanlash imkonini beradi. Shu bilan birga bu tamoyillar o’qituvchilar va o’quvchilarga yaxlit jarayonning bosqichlariga amal qilish, o’zaro aloqalar va hamkorlikni amalga oshirishga imkon beradi.
Ta’lim tamoyillari o’zida tarixiylik xususiyatini namoyon etadi. Ta’lim nazariyasi va amaliyoti rivojlanib borgani, ta’lim jarayonining yangi qonuniyatlari kashf etilishi bilan ta’limning yangi tamoyillari ham shakllanadi, eski ko’rinishlari o’zgardi. Bu ishlar bugungi kunda ham davom etadi. O’qitish va tarbiyalash qonuniyatlarini aks ettiradigan yaxlit pedagogik jarayonning umumiy tamoyillarini keltirib chiqarishga urinishlar ko’zga tashlanmoqda.
Tamoyillar ta’lim jarayonining mohiyati, qoidalar esa uning alohida tomonlarini aks ettiradi.
Ta’limni mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillaridan tashkil topgan tizim sifatida e’tirof etish mumkin:
I. Ta’limning mazmunli tamoyillari. Ular ta’lim mazmunini tanlash bilan bog’liq bo’lgan qonuniyatlarni aks ettiradi va quyidagi g’oyalarni ifodalaydi:
- fuqarolik;
- ilmiyligi;
- tarbiyalovchi ta’lim;
- fundamentalligi va amaliy yo’nalganligi (ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligi);
- tabiat bilan uyg’unligi;
- madaniyat bilan uyg’unligi;
- insonparvarligi.

Fuqarolik tamoyili. Unga ko’ra ta’lim mazmunini shaxsning sub’ektivligini rivojlantirish, uning ma’naviyligi va ijtimoiy yetukligiga yo’naltirishda namoyon bo’lishi kerak. U ta’lim mazmunini insonparvarlashtirishni nazarda tutadi va fuqarolikni anglash, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va siyosiy tuzilishi haqidagi tasavvurlar tizimi, o’zbek xalqi madaniyati psixologik xususiyatlari, uning mentalitet xususiyatlari, milliy siyosati va madaniyati kabi dolzarb masalalar haqidagi tasavvurlarining shakllanishi bilan bog’liq.

Ta’limning ilmiyligi tamoyili ta’lim mazmunini zamonaviy fan va texnika rivojlanish darajasi, jahon tsivilizatsiyasi to’plagan tajribaga mos kelishini ifodalaydi. Bu tamoyil ta’lim vaqtida va o’qishdan tashqari vaqtda amalga oshiriladigan ta’lim mazmuni o’quvchilarni ob’ektiv ilmiy dalillar, hodisalar, qonunlar, zamonaviy yutuqlar va rivojlanish istiqbollarini ochib berishga yaqinlashtirib, u yoki bu sohaning asosiy nazariya yoki kontseptsiyalari bilan tanishtirishga yo’naltirilgan bo’lishini talab etadi.

Ta’limning tarbiyalovchilik tamoyili yaxlit pedagogik jarayonda ta’lim va tarbiyaning birligi qonuniyatlariga tayanadi. Bu tamoyil ta’lim jarayonida barkamol rivojlangan shaxsni shakllantirishni ko’zda tutadi. Ta’lim jarayonida tarbiyalashning samarali kechishi shaxsning intellektual rivojlanishi, birinchi navbatda, o’quvchilarning qiziqishlari, idrok etish hamda individual qobiliyatlarining hisobga olinishi bilan bog’liq.

Ta’limning fundamentalligi va amaliy yo’nalganligi tamoyili umuiy o’rta ta’lim maktablaridayoq o’quvchilar chuqur nazariy va amaliy tayyorlikdan o’tadilar. Mazkur holat an’anaviy didaktikada ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligi kabi ifoda etiladi.

Ta’limda insonparvarlik tamoyilini bolaning shaxs sifatidagi qadr-qimmati, uning erkinligi hamda baxtli hayot kechirishini ta’minlash, uni rivojlantirishi, ijodiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi, unga hayotda o’z o’rnini topishda yordam ko’rsatishi va hokazolarni nazarda tutadi.

Yüklə 18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə