Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnologiyalar fakulteti «audiovizual texnologiyalar» kafedrasi


Ta’lim jarayoni uchun elektron axborot ta’lim resurslar qanday yaratiladi



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə21/33
tarix29.06.2022
ölçüsü2,04 Mb.
#90218
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnolo (1)

Ta’lim jarayoni uchun elektron axborot ta’lim resurslar qanday yaratiladi

Kompyuter texnikasini ta’lim jarayoniga tatbiq etish asoslari:


Agar o‘quv jarayonida hisoblash texnikasidan butunlay foydalanish haqida gapiradigan bo‘lsak;
– Birinchidan, kompyuterni ta’limning texnik vositasi sifatida o‘quv jarayonida qo‘llash imkoniyati mavjud. U ta’limda hamkor hisoblanadi hamda ta’lim oluvchiga yordam ko‘rsatadi va shu bilan uni faol bo‘lishga rag‘batlantiradi.
– Ikkinchidan, kompyuterning dasturlashuvchanligi va uning moslashuvchanligi o‘quv jarayonini individuallashtirishga yordam beradi.
– Uchinchidan, kompyuter – o‘quv jarayonining mashq bosqichlarini nazorat qilishning eng samarali vositasi hisoblanadi.
– To‘rtinchidan, kompyuter ta’limning intellektual va mantiqiy darajasini oshiradi.
– Beshinchidan, monitor yordamida ta’limning ko‘rgazmalilik darajasi sezilarli darajada ortishi ta’minlanadi.
– Oltinchidan, kompyuter ta’lim jarayonida hisoblash, eksperiment, modellashtirish va boshqa eng yangi ilmiy usullarni qo‘llash imkonini beradi.
Kompyuterning imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun turli xil didaktik vazifalarga ega bo‘lgan sifatli dasturlarni ishlab chiqish zarur. O‘quv jarayonlarida qo‘llaniladigan ko‘p rejali va ko‘p maqsadli kompyuter dasturlarini pedagogik dasturiy vositalar deb atash mumkin.
Zamonaviy kompyuter texnikasi erishgan yutuqlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, an’anaviy ta’lim erishgan barcha yutuqlarni o‘zida aks ettirgan, uni yangi texnika, texnologiya yutuqlari bilan to‘ldirgan vosita bilan ta’minlash bugungi kunda juda ham dolzarb masaladir. Bugungi kunda ta’limning individualligini ta’minlash, ta’lim oluvchiga vaqt va fazo jihatidan qulaylik yaratuvchi vositalardan biri bu elektron kitoblardir. Ta’lim berishning mazkur vositasi mustaqil ta’lim olishga, ta’lim oluvchilarning bilim faoliyatini shakllantiruvchi asosiy element hisoblanadi.
Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim oluvchi ta’lim olishda o‘zlashtirish jarayonini mustaqil boshqaradi, o‘zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilish esa o‘z navbatida sun’iy intellektga ega bo‘lgan ta’lim olish manbasi orqali amalga oshiriladi.
Elektron axborot ta’lim resurslarning qaysi fan yoki sohaga yo‘naltirilganligidan qat’iy nazar, asosiy yo‘nalish boshlang‘ich ma’lumotlarni, oraliq natijalarni vizuallashtirishga qaratilgan bo‘lib, bu yo‘nalish joriy va yakuniy natijalarni ko‘rish imkoniyatini berish bilan birga uni tahlil etishga sharoit yaratadi.
Kundalik turmushda foydalanilayotgan hisoblash texnikalari parkining doimiy ravishda kengayib borishi elektron axborot ta’lim resurslar va «mustaqil o‘qish» texnologiyalarini yaratish va joriy etish sohalarining istiqboliga muayyan sharoit yaratmoqda.
Elektron axborot ta’lim resurs an’anaviy manbadan ko‘ra «bir muncha yuqori intellekt»ga ega bo‘lishi zarur, chunki kompyuter o‘qituvchi faoliyatining bir nechta qirralari (zarur holda va kerakli joyda maslahat berish, egallangan bilimlarni musahkamlashga yordam berish va h.k.)ni imitatsiya qilish imkoniyatiga ega. Shu bilan birga u o‘rganilayotgan fan bo‘yicha o‘quv materiallarini to‘laligicha qamrab olgan bo‘lishi zarur. Faqatgina fan bo‘yicha to‘la o‘quv ma’lumotlarigina elektron manbaning muvaffaqiyatini ta’minlashi mumkin. Elektron axborot ta’lim resursdagi «intellektual qirra»ning mavjudligi esa uning oddiy manba oldidagi kamchiligi (faqatgina kompyuterda foydalanilishi) o‘rnini bosishi bilan bir paytda unga qo‘shimcha imkoniyatlar (zarur ma’lumotlarni tezkor suratda izlash, ixchamlilik, va h.k.) yaratadi.
Har bir manba bir tomondan ma’lum darajada mustaqil bo‘lishi, ikkinchi tomondan esa tarkibiy tuzilmasi va undagi axborot ma’lumotlari bichimlariga ta’lluqli standartlarga javob berishi kerak. Bu esa o‘z navbatida zarur darsliklar to‘plamini axborotlashtirilgan ta’lim tizimiga (bunda axborot - qidiruv tizimi, imtihon qilish tizimi “test” va h.k.) yo‘naltirilgan ravishda oson va tezkor yig‘ish imkonini beradi. Agarda elektron manba yetarli darajada sifatli bo‘lib mazmun, o‘quv jarayonini nazorat qilish va egallangan bilimlarni tekshirish tizimiga ega bo‘lsa, mavjud ehtiyojni bir muncha qanoatlantirishi mumkin. Hozirgi kunda yuqori sifatli elektron manbalar yaratish imkonini beruvchi uslublar, dasturiy ta’minot va ishlanmalar mavjud.
Elektron axborot ta’lim resursning ta’lim muassasalari tizimida Davlat ta’lim standartlari va o‘quv reja dasturlar asosida yaratilganligi va ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan ma’lum fan yoki ixtisoslikni o‘rganishga mo‘ljallangan darslik yoki qo‘llanmaning elektron varianti, shu bilan birga mashq va masallar to‘plamlari, uslubiy qo‘llanmalar, albomlar, konstruksion atlaslar, xresomatiya, loyiha ishlari namunalari(to‘plam), ma’lumotnomalar, ensiklopediyalar, trenajer dasturlar, real sharoitni imitatsiya qiluvchi kasbga yo‘naltirilgan dasturlar to‘plami, kasbga yo‘naltirilgan o‘yin va simulyatorlar va h.k.
Elektron axborot ta’lim resurslarni – on-line va off-line ishlatish variantlarida tayyorlash mumkin.
On - line variant ta’lim oluvchining (lokal yoki global) tarmoqda uzoq vaqt ishlash imkoniyati bo‘lgan sharoitlarda qo‘llaniladi.
Off - line variant esa tarmoqqa epizodik kirish sharoitida qo‘llaniladi. Mazkur holatda EATRlar, qoida bo‘yicha CD diskka yoziladi va ta’lim oluvchilarga tarqatiladi. EATR Internet tarmog‘idagi sayt ko‘rinishida, arxivlangan holatda ham ishlab chiqish mumkin, bunda ta’lim oluvchi arxivlangan faylni ko‘chirib uning ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Elektron axborot ta’lim resurs turlari:
− mustaqil ta’lim olish uchun mo‘ljallangan va uslubiy materiallardan tashqari qo‘shimcha tarzda so‘rovnomalar, glossariyalar, o‘quv materialining ilmiy tasnifi, ularni algoritmik o‘zlashtirish bo‘yicha mashqlar va malaka ro‘yxatini qamrab olgan resurs (gipermatn);
− o‘quv materialiga harakat bag‘ishlovchi videoma’ruzalar (bunda axborotni qabul qilishning eshitish va ko‘rish kanallaridan foydalaniladi), shuningdek, tinglovchiga hissiy ta’sir ko‘rsatish orqali o‘quv materialini o‘zlashtirishni kuchaytiruvchi yozib olingan audioma’ruzalar;
− o‘rganilayotgan fanlarning ta’lim oluvchilar tomonidan o‘zlashtirilishiga qarab almashtirilib, kodoskop va proektor yoki multimedia proektor imkoniyatlaridan foydalangan holda seminar tusida tashkil etiladigan dars (faol seminar)larga olib chiqiladigan o‘quv materiallari (ta’lim jarayonida faol ishtirok etish);
− mashq qildiruvchi dasturlar, kasbiy yo‘nalishdagi dasturlarga asoslanilgan o‘quv materiallari, robot va tarmoqlar bilan bog‘liq kompyuter o‘yinlari. Bu vositalar seminar varianti sifatida guruh uchun ham, mustaqil ta’lim olish uchun ham qo‘llaniladi;
− munozara tarzidagi faol seminarlar, «davra stollari», rolli o‘yinlar, ish o‘yinlari va kasbiy vaziyatlarga taqlid qilinadigan hamda har bir ta’lim oluvchining bilim va malakasidan faol foydalanishni nazarda tutadigan boshqa o‘yin shakllari;
− WAP Internet bichimida ishlovchi uyali aloqa internet bog‘lanmalari;
− mutaxassislar va olimlarning ta’lim oluvchilarga ayni sohaning obro‘ - e’tiborli shaxslari bilan bevosita muloqot qilish imkonini beruvchi muammoli ma’ruzalari (bilimlarning o‘rganilayotgan sohasida erishilgan rivojlanish darajasini bildiruvchi);
− yozma va og‘zaki kurs ishlari (videokassetalardagi);
− amaliyotlar, shuningdek, ta’lim oluvchilarni kasbiy faoliyat bilan tanishtiruvchi va ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantiruvchi xalqaro amaliyotlar;
− ta’lim oluvchilarning taqdimoti tarzidagi muammoli seminarlar yoki ilmiy ma’ruzalar va ma’ruza bo‘yicha umumiy munozaralar;
− har bir yunit (dars birligi) bo‘yicha fan bo‘limining butun o‘quv materialini qamrab oluvchi alternativ javoblarni tanlash imkoniyati ko‘rsatilgan savollar tarzidagi standart testlar;
− o‘quv fanlari yoki uning qismlari bo‘yicha ta’lim oluvchilarning har bir didaktik birlik bo‘yicha bilimini aniqlovchi (kompyuter master-test dasturlari, ular o‘qituvchiga ta’lim oluvchining ayni sohaga oid bilimlari haqida to‘la ma’lumot beradi) kabi turlarga ajratish mumkin.
Elektron axborot ta’lim resurs quyidagi talablarga, ya’ni ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchilarning muloqot doirasini kengaytirish, ta’lim oluvchining ma’lum bir mavzu ustida ishlagan vaqti, uni o‘zlashtirish uchun sarflagan vaqti, o‘zlashtirish darajasini nazorat qilish, o‘quv kursini boshlashdagi o‘quvchining bilim darajasi –nazorat qilish imkoniyatini berishi zarur. Bularning barchasi elektron manbaga qo‘yiladigan birlamchi talablardir.
Bundan tashqari elektron manbalarga quyidagi talablar ham qo‘yiladi: pedagogik talablar, o‘quv - uslubiy talablar, funksional talablar.
Elektron axborot ta’lim resurslarga qo‘yiladigan pedagogik talablarga:
− o‘rganiladigan kurs materialining osonroq o‘zlashtirilishi uchun qog‘oz nusxadan farqli o‘laroq, ovoz fayllari, animatsiya, hissiy ta’sir va boshqalar;
− ta’lim oluvchining bilim darajasiga moslashuvchan, uning tayyorgarlik darajasiga bog‘liq holda ishlaydigan, uning hissiy va jismoniy imkoniyatlarini ham hisobga olish;
− imkoniyat doirasida dars mazmuniga bog‘liq asosiy mazmunni animatsiya yoki boshqa shu kabi audiovizual vositalar yordamida vizullashtirish;
− katta hamjmdagi hisob - kitoblardan ozod qilish, o‘rganiladigan fan mazmuniga ko‘proq e’tibor berish, masala va misollar yechish uchun sharoit yaratish;
− o‘rganiladigan fan bo‘yicha istalgan bosqichda o‘z - o‘zini mavzular kesimida nazorat qilishga imkoniyat yaratish;
− o‘rganiladigan fan bo‘yicha tayyorlanadigan yozma ishlarni istalgan axborot tashuvchiga o‘tkazish va disk yoki axborot tashuvchi yordamida taqdim etish imkoniyatini yaratish;
− fanni o‘rganishda imkoniyat doirasida kalit so‘zlar, qo‘shimcha adabiyotlar, giperko‘rsatmalar va yordam funksiyalaridan foydalanish kiradi.
Elektron axborot ta’lim resurslarga qo‘yiladigan o‘quv - uslubiy talablar:
− ko‘p miqdordagi masalalarni yechish yoki birlamchi ma’lumotlarni o‘zgartirish orqali tahlil qilish, grafik interpretatsiyalardan foydalanish;
− ta’lim beruvchiga darsni mustaqil dars ko‘rinishda o‘tkazishga sharoit yaratish, bu holatda ta’lim beruvchi maslahatchi rolida ishtirok etish;
− o‘qituvchiga ta’lim oluvchilar o‘zlashtirgan bilim darajasini turli xil murakkablikdagi (murakkablik darajasi shakllantiriladigan) testlar yordamida nazorat qilish imkoniyatini berish;
− darslarga tayyorgarlikni o‘qituvchiga qulay usulda amalga oshirishga imkoniyat yaratish (slayd, matn, prezentatsiya, videomaterial va h.k.) kiradi.
Elektron axborot ta’lim resurslarga qo‘yiladigan funksional talablar:
− mazmun - qog‘oz variantdagi kitobga o‘xshash tarzda, kalit so‘zlarni qidirish imkoniyati mavjud, fanni to‘ldiradigan qo‘shimcha ma’lumotlar bilan boyitilgan;
− moslashuvchanlik - ta’lim oluvchining o‘zlashtirish darajasiga bog‘liq holda, o‘tilgan mavzuni qaytarish, mavzu ustida ishlashlarni individual tempda amalga oshirish;
− ko‘p terminalli - statik ma’lumotlarni tahlil qilish imkoniyati mavjud, sinfdagi o‘quvchilarning darslikdan foydalanish chastotasi, test natijalari, to‘g‘ri - noto‘g‘ri javoblar, o‘quvchilarning qaysi savollarda ko‘proq adashganlarini tahlil qilish imkoniyatlari;
− interaktivlik - tabiiy muloqotni imitatsiyalash, ya’ni darslik matni bilan o‘quvchi o‘rtasida muloqot o‘rnatib, o‘qituvchi mavjudligi hissini berish (so‘rovnoma, verbal, noverbal ovoz va h.k. yordamida);
Elektron axborot ta’lim resursning asosiy tashkil etuvchilari va uning mazmunini quyidagicha talqin etish mumkin, ya’ni ta’lim jarayonida eng ko‘p qo‘llanilayotgan elektron manbalar quyidagi tashkiliy komponentlarni o‘zida jo etishi zarur:
Nazorat va tahlil - elektron axborot ta’lim resurs o‘quvchilar tomonidan beriladigan savollarni tahlil qilishga yordam beradi, o‘quvchilar tomonidan kursni o‘zlashtirish darajasini nazorat qilishga imkoniyat yaratadi;
− qaytar aloqani ta’minlash va individuallik – ta’lim olish jarayonida kursni to‘ldiruvchi va maslahat beruvchi dasturlar yordamida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni tuzatishga imkoniyat berishlar kiradi.
Elektron axborot - ta’lim resursi (EATR) – o‘rganish va ta’lim berish uchun qulay tarzda shakllantirilgan, ilmiy jihatdan tizimlashtirilgan, turli yoshdagi va ta’lim olish darajasidagi ta’lim oluvchilarga mo‘ljallangan, ma’lum bir fanni o‘rganish uchun mantiqiy ketma-ketlikda shakllantirilgan elektron axborot manbalari majmuasidir.




    1. Yüklə 2,04 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə