|
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnologiyalar fakulteti «audiovizual texnologiyalar» kafedrasi KURS ISHINING TARKIBI VA MAZMUNI
|
səhifə | 4/33 | tarix | 29.06.2022 | ölçüsü | 2,04 Mb. | | #90218 |
| Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnolo (1)3. KURS ISHINING TARKIBI VA MAZMUNI
Titul varag‘i
Annotasiya (qisqacha tavsif)
Topshiriq
Mundarija
Kirish
Nazariy qism
Vazifa tahlili va tadqiqoti, modelini ko‘rish
Ilovalarning funksional bog‘lanishini ta’minlovchi algoritmlar
Asosiy qism
Kurs ishining maqsadi va vazifalari.
Foydalanuvchi uchun qo‘llanma.
Dasturchi uchun qo‘llanma.
Dasturni testlash
O‘tkazilgan test natijalarini baholash
Xulosa
Adabiyotlar ro‘yhati
Ilovalar
4. HISOBOT YOZUVI BO‘LIMINI MAZMUNLI TO‘LDIRISH
Annotasiya (qisqacha tavsif)
Ishning juda qisqacha mazmuni, tushuntirish xatlarining varaqlari soni, rasmlar, jadvallar va ilovalar soni ko‘satishdan tashkil topgan.
Topshiriq (vazifa)
Har qanday sohada, biron loyihani ishlab chiqishda, shu jumladan dasturiy ta’minotni (DT) ishlab chiqishda ham asos qilib olinadigan xujjat bu topshiriqdir (vazifa).
DTni ishlab chiqishda topshiriq –bu tizimga nisbatan buyurtmachi foydalanuvchi tomonidan bo‘lgan kabi tizim ijrochisi ishlab chiqaruvchisi tomonidan ham tasdiqlangan talablar ro‘yhati haqida aytuvchi xujjatdir (spesifikasiya).
Kirish
Kirish, kurs ishi mavzusi bo‘yicha umumiy ma’lumotlar mazmuniga ega bo‘lishi shart. Agar, ish asosida axborot tizimlari haqida axborot berish talab etiladigan bo‘lsa (bu nima, nimaga, xususiyatlari va x.kz) ushbu haqida tushuncha beriladi. Agar, gap web saytlar haqida borayotgan bo‘lsa, unda web saytlar haqida va x.kz.
Kirish qismida yana quyidagilar aks ettirilishi zarur:
Tanlab olingan mavzuning dolzarbligi (masalan, zamonaviy jamiyat yoki har qanday zamonaviy korhona faoliyatidagi axborot qaror qabul qilish uchun mustaqil factor bo‘lib ajralib turgan holda eng muhim resurslardan biri ekanligi va qaror qabul qilish samaradorligi ko‘proq jihatdan ularga ishlov berish vositalariga bog‘liq ekanliga haqida aytish kerak);
Foydalaniladigan dasturlash modellari (masalan, imperativ dasturlash, modulli dasturlash, tarkibiy (strukturali) dasturlash, ob’yektga yo‘naltirilgan dasturlash, asosiy sinflarda …);
Olingan natijalarning amaliy ahamiyatini (qayerda foydalanish mumkin);
Qaysi turdagi resurslar amalga oshirilishi uchun zarur (PK, dasturiy ta’minot…. turini aniqlash);
Tayyorlab chiqarilayotgan dasturiy mahsulotning takomillashtirish istiqboli.
Dostları ilə paylaş: |
|
|