Toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Qarorlarni qabul qilishni qo’llab-quvvatlash tizimi va boshqaruv ishini avtomatlashtirish tizimi konsepsiyasining evolyutsiyasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə9/10
tarix10.03.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#102219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
individual loyiha

Qarorlarni qabul qilishni qo’llab-quvvatlash tizimi va boshqaruv ishini avtomatlashtirish tizimi konsepsiyasining evolyutsiyasi


Axborot tizimi rivojlanishining quyidagi bosqichi orqali boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi konsepsiyasi paydo bo’ldi. Ushbu konsepsiya bizda boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi (BAT), g’arbda esa MIS (Management Information Sistem) deb nom olgan. MIS – bu kompyuter tizimi bo’lib, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo’lgan axborotlar bilan o’z vaqtida ta’minlash uchun ko’plab manbalardagi ma’lumotlarni tanlash hamda integrasiyalashga mo’ljallangan. Mazkur konsepsiyaning asosiy qoidalari: - Axborotlarni yagona hisoblash markazida qayta ishlashni markazlashtirish; - Xodimlar soni va qo’shimcha harajatlarni qisqartirish maqsadida ma’lumotlarni qayta ishlashning apparat va dasturiy vositasidan foydalanish; - Ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi tushunchalarining paydo bo’lishi. Mazkur konsepsiya keyingi avlod tizimlarida foydalanila boshlandi. Shuni qayd etish lozimki, barcha avlod tizimlari va ularning konsepsiyasining mohiyati o’sha davrda mavjud axborotlarni qayta ishlashning texnik imkoniyatlari bilan aniqlangan. Faoliyatni avtomatlashtirish tizimi taqsimlangan ma’lumotlar bazalarini amalga oshirgan. Ortiqcha markazlashtirish bartaraf etildi. O’rta EHM bazasida lokal hisoblash tarmoqlari yuzaga keldi. Qarorlarni qo’llab-quvvatlash axborot darajasida maqbul qarorlar qabul qilish uchun alohida uslub va modellar qo’llaniladi. OAS– bu xuddi shunday boshqaruv tizimi faoliyatining operasiyalar kompleksini bajaradigan kompyuter tizimidir. Keyingi bosqich–DDS tizimi. DDS–bu dialog kompyuter tizimi hisoblanib, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va tekshirish uchun ma’lumotlar bazasi va menejerning shaxsiy tajribasi bilan birgalikda boshqaruv obyektining rasmiylashtirilgan qoidalari va modellaridan foydalanadi. Ko’rinib turibdiki, bu xildagi tizimlar nafaqat qaror qabul qilishning axborot jarayonlarini ta’minlaydi, shuningdek, unda ishtirok ham etadi. Axborot tizimi rivojlanishining cho’qqisi ekspert tizimlari (ES) sanaladi.





4.1 HULOSA


Ushbu kompyuter tizimi bizga tashkilotimizning ancha amaliy va to'liq muhitini bilishga imkon beradigan qoidalarni yaratish imkoniyatini beradigan ancha to'liq va murakkab bilimlarni o'rnatishga imkon beradi. Ushbu kompyuter tizimida biz erishishimiz mumkin bo'lgan tartibga solish shakllari orasida bizda ma'lumotlarning ohangini belgilaydigan shartlar, muqobil yoki parallel harakatlar mavjud.Mutaxassislarning ushbu kompyuter tizimi, odatda, inson resurslari tashkilotda biz yaratadigan ma'lumotlar bazasini to'liq saqlashni o'rnatishga imkon beradigan usulni bilish va tushunishga imkon beradi.Hulosa o’rnida yana aytishimiz mumkin biz o’zimizning foydalana olish ehtiyojimizga qarab kompyuter tanlashimiz kerak bo’lar ekan.Shuningdek kompyuter tizimlariga oid bilimlarni puxta egallab,hayotimiz davomida qo’llashimiz ham mumkin ekan.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə