|
![](/i/favi32.png) Toshkent axborot texnologiyalari universitetiTARMOQ QURILMALARI XAVFSIZLIGINI TAHLIL QILISH
|
səhifə | 3/4 | tarix | 03.04.2023 | ölçüsü | 2,25 Mb. | | #104137 |
| Tarmoq xafsizligi 1 topshiriqTARMOQ QURILMALARI XAVFSIZLIGINI TAHLIL QILISH
Ishdan maqsad: Cisco kommutatorlarida va marshrutizatorlarida parolni olib tashlash (сброс) bo`yicha amaliy ko`nikmalar olish
QISQACHA NAZARIY MA`LUMOTLAR
Qurilma sozlamalariga kirish uchun kerak bo`ladigan parolning yo`qotilishi yoki unutilish holatlari tez-tez uchrab turadi. Ushbu laboratoriya ishida Cisco kommutatorlari va marshrutizatorlarida parollarni olib tashlash (Сброс) jarayoni ko`rib chiqiladi. Quyida keltiriladigan usullar qurilmaga to`g`ridan-to`g`ri konsol kabel orqali ulanishni ko`zda tutadi. Shuning uchun ham qurilma joylashgan xonaga faqat kirish huquqiga ega foydalanuvchilar kirishi, xavfsizlik nuqtai nazaridan e`tiborga olinishi kerak. Ushbu metodikalarning mohiyati quyidagicha: paroli unutilgan yoki yo`qolgan konfiguratsion faylsiz qurilmaning sozlamalariga imtiyozli rejimda (Privileged EXEC) kirish va konfiguratsion faylni almashtirish orqali barcha parollarni o`zgartirish.
Topshiriq
Har bir talaba yuqorida keltirilgan ma’lumotlar bo`yicha Cisco Packet tracer muhitida laboratoriya ishini bajaradi. Bunda kommutator va marshrutizator qurilmalariga o`rnatilgan parollarning unitilishi yoki yo`qotilish holatlarida parollarni tiklash yoki qayta yangi parollarni o`rnatish jarayonini amalga oshiriladi va A4 formatda hisobot tarzida topshiriladi.
4- labatoriya
REZERVLASH PROTOKOLLARI - STP, RSTP VA AGREGATSIYALASH PROTOKOLLARI - LACP, PAGP NI SOZLASH
Ishdan maqsad
Kanal pog’onasi protokollari:
STP (spanning-tree protocol), RSTP protokollari;
LACP, PAGP аgregatsiyalash protokollarining sozlash va ishlash tamoyillari bo`yicha amaliy ko`nikmaga ega bo`lish.
Topshiriq:
1. STP (spanning-tree protocol), RSTP protokollari bo`yicha topshiriq:
SW1, SW2 va SW3 kommutatorlar interfeyslarining 4.1-rasmda ko`rsatilgandek sozlang va tekshiring.
STP protokoli bo`yicha root switch va root secondary kommutatorlarni sozlang va tekshiring.
Har bir kommutatorni ildiz kommutator (root) qilib, kadrning harakat yo`nalishlarini o`zgartiring.
Har bir kommutator konfiguratsiya natijalarini tahlil qiling.
Dostları ilə paylaş: |
|
|