Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi


Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda (zarar)



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə17/22
tarix28.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#107501
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Ahmadullo Kurs ishi

4. Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda (zarar). Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda va zararlar qatoriga moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda quyidagi umumlashgan ko‘rsatkichlar kiritilgan.
- sho‘ba va qo‘shma korxonalardan olingan dividendlar;
- boshqa olingan dividendlar;
- sho‘ba va qo‘shma korxonalarga berilgan va olingan qarzlar bo‘yicha foizlar;
- boshqa to‘langan va olingan foizlar;
- valuta kursining o‘zgarishidan farqlar;
- moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar va xarajatlar.
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasiga moliyaviy faoliyatdan olingan natijani qo‘shish asosida umumxo‘jalik faoliyatidan moliyaviy natija (foyda, zarar) aniqlanadi.
5. Umumxo‘jalik faoliyatidan moliyaviy natija. Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan moliyaviy natija soliq to‘loviga qadar foyda summasidan yoki hisob foydasi summasidan favqulodda foyda va zararlar summasiga farq qiladi. Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda summasi moliyaviy natijaning shakllanish qatori emas, balki uni jamlovchi qator sifatida tarkiblanadi.
6. Favqulodda foyda (zarar). Favqulodda foyda (zarar) – korxona tomonidan odatiy hol hisoblanmagan va uch yillik oraliqda bunday faoliyat bilan shug‘ullanmagan holatlardan oladigan daromad va yo‘qotishlar favqulodda foyda va zararlar qatoriga kiritiladi. Favqulodda foyda va zararlar moliyaviy natijalar shakllanishining uchinchi tarkibi sifatida qaraladi. Kutilmagan suv toshqini, yong‘inlar, tabiiy ofatlar ta’siridagi yo‘qotishlar ham ushbu qatorga kiritiladi. Ular bo‘yicha foyda va zararlarning boshqa shakllanish qatorlarida soliqqa tortish bo‘yicha hech qanday farqlanish yo‘q. Agar foyda olinadigan bo‘lsa, u bo‘yicha ham tegishli tartibda soliq to‘lanadi, zarar olinadigan bo‘lsa, umumxo‘jalik faoliyatidan olinadigan foyda summasi zarar summasiga kamaytiriladi. Lekin amaliy kuzatishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki ularning shakllanish ehtimoli nihoyatda qisqa yoki kam. Bo‘lgan taqdirda ham faqat zarar shaklida bo‘lishi mumkin.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə