Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi


Soliq to‘loviga qadar foyda (zarar)



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə18/22
tarix28.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#107501
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Ahmadullo Kurs ishi

7. Soliq to‘loviga qadar foyda (zarar). Soliq to‘loviga qadar foyda (zarar) summasi umumxo‘jalik faoliyatidan foyda (zarar) summasiga favqulodda foyda (zarar) summasini qo‘shish asosida aniqlanadi. Soliq to‘loviga qadar foyda summasi axborot iste’molchilari e’tiboridagi va kuzatuvidagi qator hisoblanadi. U bevosita asosiy faoliyatning moliyaviy natijasidan, moliyaviy faoliyatning moliyaviy natijasidan hamda favqulodda foyda va zararlar jamlangan summasidan iborat bo‘ladi.
8. Sof foyda (zarar). Sof foyda korxona ixtiyorida qoladigan foyda summasini ifodalaydi. Ushbu qator soliq to‘loviga qadar bo‘lgan foyda summasidan foyda (daromad)dan to‘langan soliqlar va boshqa soliqli to‘lovlarni chegirish asosida aniqlanadi. Sof foyda korxonaning erkin tasarruf shartidagi va foydalanishidagi foyda summasidir, lekin sof foyda summasi ham turli to‘lovlar va ajratmalar bazasi sifatida olinishi mumkin ekan.
Masalan, korxona sof foydasidan olinadigan ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirishga ajratmalar, futbol federatsiyasiga ajratmalar va boshqa to‘lovlar va ajratmalarni shular qatoriga kiritish mumkin. Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatkichida faqat sotilgan mahsulotniggina ishlab chiqarish tannarxi aks etadi. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi esa uning uchun ketgan barcha ishlab chiqarish xarajatlarining qiymatini o‘zida ifodalaydi. Davr xarajatlari qatoriga sotish xarajatlari, ma’muriy xarajatlar va operatsion xarajatlar kiradi. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar qatoriga foizlar bo‘yicha xarajatlar, bank xizmat haqi xarajatlari, valuta kursining tushib ketishidan yo‘qotishlar va boshqa sarflar kiradi. Favqulodda xarajatlar qatoriga kutilmagan holatlar ta’sirida yuzaga keladigan xarajatlar kiritiladi.
Soliqqa tortiladigan foydani aniqlash uchun soliqqa tortilgungacha bo‘lgan foydaga:
· Nizomda keltirilgan birinchi ilovaga asosan chegirilmaydigan xarajatlar yoki doimiy tafovutlar qo‘shiladi;
· Nizomda keltirilgan ikkinchi ilovaga binoan vaqtlar bo‘yicha tafovutlar qo‘shiladi yoki ayirib tashlanadi;
· qabul qilingan soliqlar bo‘yicha qonunlarga binoan korxonalarda soliqlar bo‘yicha tasdiqlangan imtiyozlar ayirib tashlanadi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot yil bo‘yicha har bir chorakka jamlangan hisobda tuziladi. Uni topshirish organlariga soliq idoralari, bank tashkilotlari, yuqori tashkilotlar kiritiladi. O‘lchov qiymati ming so‘m hisobida hisobga olinadi, shuningdek, ushbu hisobot shakliga spravka, ma’lumotnoma shaklida budjetga to‘lovlari hisobi ham kiritilgan. Unda korxona tomonidan respublika va mahalliy budjetga to‘laydigan soliqlar to‘lovi bo‘yicha hisobga olingan va to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə