Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə19/22
tarix28.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#107501
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Ahmadullo Kurs ishi

2.1-chizma. Foydaning shakllanishi.
Foyda mulk shaklidan qat’iy nazar barcha korxonalar faoliyatini baholash ko‘rsatkichi va rag‘batlantirish manbayidir. Shu tufayli faoliyatni obyektiv baholash uchun foyda tarkibi, tuzilishi, uni tashkil etuvchi elementlarini dinamik tarzda chuqur o‘rganmoq lozim. Foyda nafaqat mahsulot birligi uchun qilingan xarajatlarni qisqartirish, balki mahsulot sotish hajmining belgilangan assortimentda ortishi, talab va ehtiyojni hisobga olgan holda yuqori rentabellikka ega mahsulot turlarini ko‘proq ishlab chiqarishga erishishga ham bog‘liq. Shu bois korxona faoliyatining barcha tomonlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar bilan uzviy bog‘langan holda foyda kompleks tarzda tahlil etilishi maqsadga muvofiqdir.
Foyda miqdorini tahlil etishda gorizontal va vertikal tahlil metodlari muhim o‘rin tutadi.

Foydaning gorizontal tahlili

2.1-Jadval
Gorizontal tahlil natijalari asosidagi xulosalar:
- tushumning o‘sish sur’ati (1,44)ning balans aktivining o‘sish sur’ati (1,36) ga nisbatan yuqori bo‘lishi balans aktivi aylanishining tezlashishiga, samaradorligining ortishiga olib kelgan;
-sof foyda (3,508)ning yalpi foyda (1,248) ga nisbatan o‘sish sur’atini yuqori bo‘lishi korxonada soliq siyosati ratsional tarzda tashkil etilganligini ifodalaydi;
-sotishdan kelgan tushum (1,44) o‘sish sur’atining yalpi foyda (1,248) ga nisbatan yuqori darajada bo‘lishi ishlab chiqarish xarajatlarining ortib ketishiga olib kelgan;
-sotishdan kelgan tushumning davr xarajatlariga nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishi davr xarajatlaridan nisbiy iqtisodga 55,1 mln so‘m [572,5-(435,9x1,440)] olib kelgan.
Vertikal tahlil orqali foyda turlari tarkibidagi strukturaviy o‘zgarishlarga baho beriladi. Foyda solig‘i to‘lagunga qadar foydaga nisbatan yalpi foyda, davr xarajatlari, asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan ko‘rilgan daromad, asosiy faoliyatning foydasi, moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromad va xarajatlar, umumxo‘jalik faoliyatining foydasi, favqulodda foyda va zararlarning tutgan ulushlari o‘tgan yildagi ma’lumotlar bilan taqqoslanadi va tegishli xulosa qilinadi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə