Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37

 19
aleyron qavatini hosil qiladi. Bug‘doy donni olib undan ko‘ndalangiga bir-nechta 
kesma tayyorlanadi so‘ngra shu kesmadan bittasi buyum oynasi o‘rtasidagi toza 
glitserin tomchisiga solinadi va usti qoplag‘ich oyna bilan yopiladi. Shundan keyin 
mikroskopning katta qilib ko‘rsatadigan ob'ektivida ko‘rilganda, aleyron qavati 
donning sirtiga yaqin joyida (po‘sti ostida) joylashganligini ko‘rish mumkin. 
Moylar. Hujayrada zahira holda to‘planadigan azotsiz moddalarning ikkin-
chi guruhi moylardir. Moylar kimyoviy tarkibi va fizikaviy xususiyatiga qarab ikki 
guruhga bo‘linadi, og‘ir va engil moylar. Og‘ir moylar o‘simliklarning urug‘ va 
mevalarida to‘planadi. Mikroskopda qaraganda ular yirik mayda shaffof tomchi 
shaklida ko‘rinadi. O‘simlik moylari oziq-ovqat sanoatida va texnikada muhim 
ahamiyatga ega. Masalan: kungaboqar, kunjut, chigit moylari. Maxsardan oziq-
ovqat uchun ishlatiladigan moy, kanakunjut va boshqa o‘simliklardan sanoatning 
turli tarmoqlarida ishlatiladigan texnikaviy moy olinadi. Еngil moy, (efir) 
o‘simliklarning gulida, barg va poyada bo‘ladi, u chiqindi maxsulot bo‘lib, o‘zidan 
hid taratadi. O‘simliklar urug‘idan tayyorlangan preparatlarda moy tomchilari bor-
ligini aniqlash. 
O‘simliklar urug‘ida moy borligini aniqlash oson. Urug‘ni qog‘ozga qo‘yib 
ezilsa, uzoq vaqtgacha qurimaydigan yog‘ dog‘lari qoladi. Moy borligini sudan III 
reaktivi yoki osmiy kislotasi vositasida ham aniqlash mumkin. Preparatga osmiy 
kislotasi eritmasi tomizilsa, moy qorayadi, sudan uch eritmasi tomchisida esa qizil 
sariq tusga kiradi. Shigit yoki kana kunjutdan ozgina olib preparat tayyorlanadi va 
mikroskopda ko‘riladi, moy tomchilarining rasmi daftarga chizib olinadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 20
 
 
 
4-
 
rasm.Turli osimliklarning kraxmal donalari: 
 
A-kartoshka,Б-bugdoy,B-suli,Г-sholi donida  
 
 
 
 
 
 
 
 


 21
 
 
 
5-rasm.     1-aleyron donachalarining kattalashtirilgan korinishi 
            1-globoid, 2-kristalloid 
 
 
 
 
SAVOLLAR: 
Tsitoplazmaning zahira moddalarini aytib bering? 
Zahira moddalar borligini qanday aniqlaysiz? 
Zahira moddalarning ahamiyati nima? 
Kristallar necha xil bo‘ladi? 
Moylar necha xil bo‘ladi va qaerlarda uchraydi? 
 


 22
4-MAVZU: YaDRO TUZILIShI VA HUJAYRANING BO‘LINIShI 
 
MAVZUNING MASQADI. Yadro va hujayraning bo‘linishini o‘rganish.  
KЕRAKLI JIHOZLAR: mikroskop, lantset, pintset, pipetka, filtr qog‘oz, 
buyum va qoplag‘ich oynalar, suv,  glitserin, sudan III eritmasi, osmiy kislotasi, 
piyoz ildizi va doimiy preparatlar. 
UMUMIY TUShUNShA. O‘simliklar hujayrasi ko‘payish xususiyatiga 
ega. Ular uch xil: oddiy, ya'ni amitoz, murakkab; ya'ni mitoz(karikinetik) va reduk-
tsion, ya'ni meyoz yo‘l bilan bo‘linadi. 
Oddiy bo‘linishda (amitoz), hujayra ikki tamonga tortilib bo‘linadi, ba'zan 
esa hujayraning o‘zi ikkiga ajraladi. Bu xildagi bo‘linish hodisasini kasallangan 
hujayralarda, suvo‘tlarida va boshqa tuban o‘simliklarning ko‘p yadroli hujay-
ralarida ko‘rish mumkin. 
Mitoz bo‘linish o‘simliklarning o‘suvchi qismida muntazam amalga 
oshadi. Hujayra bo‘linishidan oldin hamma vaqt yadro bo‘linadi. Yadro membrana 
bilan o‘ralgan bo‘lib, tuzilishi protoplazmaga qaraganda zichroq bo‘ladi. Yadron-
ing bo‘linishi uning kattalashuvidan boshlanadi. Yadro po‘sti yo‘qolib ketadi va 
yadro o‘zining qiyofasini o‘zgartiradi. Bunda ingichka xromatin (bo‘yoq bilan 
bo‘yaladigan) iplar  uzun-uzun holda joylashadi. So‘ngra xromatin iplar xromaso-
malarga aylanadi, yo‘g‘onlashadi va qayrilgan shaklni oladi. Yadro ichidagi yadro-
chalar asta sekin yo‘q bo‘lib ketadi,  shu payitda hujayra qutiblaridan yadroga 
tomon juda ingichka axromatin (bo‘yoq bilan bo‘yalmaydigan) iplar tortiladi, bu 
iplar ikkita qolpoqcha shakliga kiradi. Bu yadro bo‘linishidagi  dastlabki-profaza 
deb ataladi. Uzunasiga bo‘linib hosil bo‘lgan xromosomalar  hujayraning o‘rta 
(ekvatorial)qismiga yadro plastinkasi yoki yulduzchasi shaklida joylashib oladi. 
Axromatin iplari qutblarga qarab tortilib urchuq shaklini oladi, yadro bo‘linishdagi 
bu fazani -metafaza deyiladi. So‘ngra xromosomalarning ajralish jarayoni bosh-
lanadi. Bunda xromosomaning bir qismi hujayraning bir qutibiga, ikkinchisi qara-
ma-qarshi tomondagi qutubga o‘tadi. Xromosomalarning bu xildagi ajralishida 
undagi axromatin iplari muhim rol o‘ynaydi. Yadro bo‘linishidagi bu fazani anafa-
za deyiladi. Anafaza jarayoni oxirida urchuqning o‘rta qismida yangi hujayra po‘sti 
paydo bo‘la boshlaydi. Hujayra qutublariga to‘plangan xromosomalar dastlab 
qo‘shaloq yulduzga o‘xshab turadi, so‘ngra asta sekin ikkita yangi hujayraga ayla-
nadi, bularda yadrochalar ham paydo bo‘ladi. Yadro paydo bo‘lishining bu fazasini 
telofaza deyiladi. 
Ildiz hujayralarining kariokinetik (mitoz) bo‘linishini kuzatish. 
ISh TARTIBI: Piyoz ildizining o‘sish konusidan uzunasiga kesib olingan 
kesmada meristema to‘qimasini ko‘rish mumkin. Bu to‘qima yadrosida kariokinet-
ik bo‘linish hodisasining hamma fazasi ro‘y beradi. Mikroskopning kichik qilib 
ko‘rsatadigan ob'ektivi orqali qaralganda ildizning uchi konussimon ildiz g‘ilofi 
bilan qoplanganligini ko‘ramiz. G‘ilof ostida meristema to‘qimaning parenxima 
hujayralari bir qator bo‘lib zich joylashgan. Bu hujayralar yadrosi yirik va 
tsitoplazmasi ancha quyuq bo‘ladi, ularning ba'zilari tinch holatda, ba'zilari esa 
bo‘linishning har xil fazalarini kechirayotgan bo‘ladi. Mikroskopning katta qilib 
ko‘rsatadigan ob'ektivi orqali bo‘linayotgan hujayralardan 4 (profaza, metofaza, 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə