Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37

 23
anafaza va telofaza)larni ko‘rish mukin. Yuqorida ayitilgan fazalarni rasm daftarga 
chizib olinadi. 
 
 6-rasm :Piyoz ildizi  xujayrasining mitoz bolinishi: 
1-
 
tinch xolatdagi yadro,2,3,4-profaza davrlari,5-metafaza,6,7,8-anafaza, 
9,10-tsitokinez-telofaza 
 
 
 
SAVOLLAR: 
1. Yadro va hujayralarning bo‘linishi necha xil bo‘ladi, bir- biridan farqla-
rini tushuntirib bering? 
2.Hujayra bo‘linishining profazasi bosqichida qanday o‘zgarishlar amalga 
oshadi? 
3. Metafaza boschiqida qanday o‘zgarishlar amalga oshadi ? 
4. Anafaza boschiqida qanday o‘zgarishlar amalga oshadi ? 
5. Telofaza boschiqida qanday o‘zgarishlar amalga oshadi ? 


 24
5-MAVZU: HUJAYRA ShIRASINING TARKIBI. TURGOR VA 
PLAZMOLIZ HODISASI. HUJAYRA PO‘STI VA UNING O‘ZGARIShLARI 
 
MAVZUNING MAQSADI: Hujayra shirasining tarkibini, 
turgor va plazmoliz hodisasini, hujayra po‘sti va uning o‘zgarishlarini 
o‘rgatish. 
KЕRAKLI JIHOZLAR: mikroskop, suv, 30%li shakar eritmasi, spirogira 
suv o‘ti, 5%li kaliy tuzlarining eritmasi, buyum va qoplag‘ich oyna, pipetka, prepa-
roval nina. Probirka, uzum shirasi yoki shakar  feling suyuqligi, fil'tr qog‘oz, spirtli 
lampa, bug‘doy uni, lantset, pintset, simob eritmasi, nitrat kislota, kaliy ishqori, 
anor po‘sti, xlorid kislota eritmasi, 2-5%li floroglyutsin reaktivi, fenol reaktivi. 
 
HUJAYRA ShIRASINING TARKIBI. 
UMUMIY TUShUNShA: Hujayra shirasi tarkibida glikozidlar, oshlovchi, 
organik moddalar, har xil qandlar, ya'ni saharoza, glyukoza, fruktoza mavjud 
bo‘lib, pishib etilgan mevalarning ta'mi ana shu moddalarning borligiga bog‘liqdir. 
Tuzlardan kaliy xlorid, kal'tsiy nitrat, magniy sul'fat, kaliy gidrofosfat, temir 
(III)xlorid va boshqalar bo‘ladi. Organik kislotalardan: limon, olma, oksalat, vino, 
qaxrabo va boshqalar bo‘ladi. Hujayra shirasi odatda ishqorli reaktsiya beradi. 
Uglevodlar hujayra shirasida glyukoza (uzum shakari S
 6
N
12
O
6
), saharoza (qamish 
shakar (S
12
N
22
O
4
 ) va boshqa shakllarda bo‘ladi. Shakar suvda yaxshi eriydi. 
O‘simlik tanasi bo‘ylab tez tarqaladi. O‘simlik mevasida, ildizida va boshqa organ-
larda to‘planadi. 
 
HUJAYRA ShIRASI TARKIBIDA UGLЕVODLARNING 
BORLIGINI FЕLING RЕAKTIVI YoRDAMIDA ANIQLASh 
IShLASh TARTIBI: Hujayra shirasida shakar (glyukoza) borligini 
to‘tiyoyi (mis kuporosi) yoki kaliy ishqori eritmasidan iborat feling suyuqligi 
yordamida aniqlasa bo‘ladi. Reaktsiyaning qanday kechishini ko‘rish uchun bir 
probirkada uzum sharbati olinadi. Unga feling reaktivi qo‘yib, spirtli lampa alan-
gasida qizdiriladi, natijada sharbat ostida qizg‘ish tusli cho‘kma hosil bo‘ladi. De-
mak hujayra shirasida shakar bor. 
Azotli birkmalarOqsillarni aniqlash tartibi: Azotli birikmalar o‘simlik 
hujayrasida amino va amido kislota shaklida paydo bo‘ladi. Bu kislotalar tarkibida 
S, N, O elementlari uchraydi. Hujayra tarkibida oqsil moddasining mavjudligini 
quyidagi rangli reaktsiyalar vositasida aniqlab olish mumkin. 
1.Milon reaktivi. Simobning nitrat kislotaga ta'sir etishi tufayli vujudga ke-
ladi, uni oqsil moddaga ta'sir ettirib qizdirilsa, oqsil qizg‘ish rangga kiradi. 
2.Biuret reaktivi. Kaliy ishqori, to‘tiyoyi eritmasi bilan oqsil moddaga ta'sir 
ettirib qizdirilsa, oqsil moviy binafsha rangga kiradi. 
3.Ksantoprotein reaktsiyasi. Bunda nitrat kislotani oqsil moddaga ta'sir et-
tirib qizdirilsa, oqsil ochiq sariq tusga kiradi. 
 
 
OShLOVShI MODDALARNI ANIQLASh TARTIBI. 


 25
Anor po‘stidan olingan eritmaga bir necha tomchi temir xlorid tuzi tomizil-
sa, u darhol qorayib ketadi. Oshlovchi moddalarning ba'zilari terini oshlashda qa-
dimdan ishlatilib kelinadi, bu moddalar teri bilan reaktsiyaga kirishib, barqaror bi-
rikmalar hosil qiladi. Oshlovchi moddalarni xuddi quyuq choy singari og‘izni 
burishtiradigan xususiyati bo‘ladi. Ular uch valentli temir tuzlari bilan to‘q zangori 
rang hosil qiladi. Oshlovchi moddalar ba'zan (kurtaklarda) hujayra shirasining tar-
kibida bo‘ladi: ayrim vaqtlarda, ular to‘p bo‘lib maxsus plazmatik parda bilan 
o‘ralib turadi, «oshlovchi vakuolalar» deb shunga aytiladi. (Dub, tol  va boshqa 
daraxtlarning po‘stloq hujayralarda uchraydi). Hujayra shirasida ikki xil pigment ( 
bo‘yoovchi modda) antotsian va antaxlor bo‘ladi. Antotsian hujayra shirasining 
reaktsiyasiga qarab uni turli tusga kiritadi. Hujayra shirasi kislotali bo‘lsa, antot-
sian uni qizartiradi. Reaktsiya ishqoriy bo‘lsa – moviy tusga, reaktsiya neytral 
bo‘lsa-binafsha tusga kiritadi. Masalan, atirgul tojibarglari qaynatib olingan suvga 
kuchsiz kislotadan ozgina qo‘shilsa, u qizarib ketadi. Agar bu qizil eritmaga natriy 
yoki kaliy ishqori qo‘shilsa, binafsha tusga kiradi. Antotsian ximiyaviy tarkibiga 
ko‘ra juda murakkab tuzilishga ega bo‘lib, glyukozidlarga o‘xshab ketadi. Antoxlor 
gul va mevalarni sariq tusga kiritadi. Shu pigmentlar tufayli gul va mevalar rang-
barang bo‘ladi. Mevalarni tarqalishida, gullarni changlanishida pigmentlar katta 
rol' o‘ynaydi. 
PIGMЕNTLARNI ANIQLASh TARTIBI: 
Lavlagi ildiz mevasidan yupqa kesikchalar tayyorlab, suvda yuviladi, uni 
nina yordamida buyum oynasidagi suv tomchisiga joylanadi va qoplag‘ich oyna 
yopib, oldin kichik ob'ektivda, keyin katta ob'ektivda ko‘rib tekshiriladi. Bunda 
parenxima hujayralar qizg‘ish va binafsha rangli hujayra shirasi bilan to‘lgan 
bo‘ladi. (Shirasining rangi antotsian pigmenti tufaylidir). 
Hujayra shirasi tarkibida kristallar ham uchraydi. Bu kristallar mineral tu-
zlardan, oksalat kislotaning kal'tsiyli tuzidan iborat bo‘lib, o‘simlikni hayvon va 
hashoratlar is'temol qilishdan saqlaydi. O‘simlik hujayrasida  (kubik, prizma, 
romb, trapetsiya shaklida), murakkab (druza) va ignasimon (rafida) kristallar 
uchraydi. 
Piyoz po‘stidagi oddiy kristallarni o‘rganish. 
Oksalat kislota kristallarni ko‘rish uchun piyoz po‘stidan preparat tayyor-
lanadi. Ularni shakllari bilan tanishib, rasmini daftarga chizib olinadi. 
Piyozning sirtqi quyuq po‘stini olib qaychida bir necha mayda bo‘lakka 
bo‘linadi, uni glitserin eritmasi aralashtirilgan suvga solinadi. Hujayralar orasidagi 
havoni chiqarib yuborish uchun piyoz po‘sti qaynatiladi. Shundan keyin uni 
buyum oynasidagi glitserin tomchisiga solinadi va ustini qoplag‘ich oyna bilan 
berkitib, mikroskopning katta ob'ektivi orqali ko‘riladi. Bunda piyoz po‘stining hu-
jayralari parenxima hujayralaridan iborat ekanligi ko‘rinib turadi. Mikroskopning 
makrovintini yuqoriga pastga burash yo‘li bilan hujayrada har xil:( romb, krest, 
trapetsiya va boshqa.) shakllarda rangsiz, yaltiroq kristallar (oksalat kislotaning 
kal'tsiy tuzlaridan iborat kristallar) borligini ko‘rish mumkin. Agar unga xlorid 
kislota tomizilsa, oksalat kislotaning kal'tsiy tuzlari erib ketganini ko‘ramiz. 
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə