Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37

 28
 
 
 
 
 
7-rasm .Xujayra shirasining paydo bolishi : 
1-
 
embrolnal xujayra,11-osayotgan xujayra,111-1V-voyaga etgan xujayra
, 1-yadro,2-tsitoplazma,3-vakuol,4-xujayra shirasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 29
 
 
 
 
 
 
8-rasm: Spirogira xujayrasi,chapda-plazmoliz xolatdagi,ongda-turgor 
xolatidagi xujayra 
 
 
 


 30
 
 
9-rasm.Kristallar: 
A-
 
piyoz  postidagi oddiy kristall ,Б-goza barg bandidagi druzlar, 
B-
 
agava bargdagi rafidlar 
 
 
 
 
SAVOLLAR: 
1.Hujayra po‘sti qanday vazifani bajaradi? 
2.Hujayra po‘sti nimalardan tuzilgan? 
3.Hujayra po‘stining ximiyaviy va fizikaviy xususiyati nimadan iborat? 
4.Hujayra po‘stida necha xil va qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 
5.Yog‘ochlangan va po‘kaklangan hujayralar qanday reaktivlar vositasida 
aniqlanadi? 
 


 31
6-MAVZU: HOSIL QILUVSHI, QOPLOVShI VA ASOSIY TO‘QIMALAR 
ULARNING TURLARI VA TUZILIShI 
 
MAVZUNING MAQSADI: To‘qimalar to‘g‘risida umumiy tushuncha 
hosil qilish. Ularning bir-biridan farqlarini va vazifalarini o‘rganish. 
KЕRAKLI JIHOZLAR: mikroskop, suv, lantset, pintset, buyum oynasi, 
qoplag‘ich oyna, qovoq poyasi, bargi, g‘o‘za bargi, fiktsatsiya qilingan nok meva-
si, makkajo‘xori poyasi, tut po‘stlog‘i, xlortsink, yod, glitserin, xlorogidrat erit-
masi, lezviya, pipetka, preparoval nina, floroglyutsin va xlorid kislota. 
UMUMIY TUShUNShA: O‘simliklarda hujayra har tomonga qarab 
bo‘linishi mumkin, buning natijasida yaxlit hujayralar to‘dasi hosil bo‘ladi. Hujay-
ralarning tuzilishi jihatidan o‘xshash, bir yoki bir necha xil funktsiyani bajaradigan 
guruhiga to‘qimalar deyiladi. 
Yuksak o‘simliklarning to‘qimalari ularni hosil qilgan hujayralarning 
shakli, kelib chiqish va funktsiyasi jihatidan ham juda xilma-xildir. To‘qimalar hu-
jayralarning shakliga ko‘ra bir biridan farq qiladigan ikki guruhga: parenximatik va 
prozenximatik to‘qimalarga bo‘linadi. To‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra embrio-
nal- hosil qiluvchi va doimiy to‘qimalarga ajratiladi. Ildiz uchi yoki poyaning 
o‘suvchi nuqtasi ko‘ndalangiga kesib mikroskop ostida qaralsa, yadrosi yirik tez-
tez bo‘linish xususiyatiga ega bo‘lgan bir xil hujayralar guruhini ko‘rish mumkin. 
Tez bo‘linuvchi hujayralarning bu guruhi hosil qiluvchi to‘qimalar hisoblanadi 
(meristema). 
Hosil qiluvchi to‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi, 
o‘simlikda joylashish o‘rniga ko‘ra esa to‘rtga: apikal', interkalyar, yon meristema 
va yara meristemalariga bo‘linadi. 
Birlamchi meristema yoki hosil qiluvchi to‘qima hujayralari bir xil, paren-
ximali, yirik yadroli protoplazma bilan to‘lgan yupqa po‘stli hujayralararo 
bo‘shliqsiz bo‘ladi. Bu hujayra kuchli ravishda bo‘linish qobiliyatiga ega. Birlam-
chi meristemadan boshqa hamma to‘qimalarning boshlang‘ichi vujudga keladi. 
Ikki pallali o‘simliklarning poya va ildizlaridagi kambiy to‘qimasi poyaning 
yo‘g‘onlashishiga xizmat qiladi. Hujayralarning kuchli ravishda bo‘linish qobilyati 
umr bo‘yi saqlanadi. 
Ikkilamchi meristemaga bog‘lamlar va po‘kak kambiysi yoki fellogen kira-
di. Bog‘lamlardagi kambiy o‘simlik organlarining eniga o‘sishini ta'minlaydi. Fel-
logen ikkilamchi qoplovchi to‘qima peridermani hosil qiladi. 
Uchki apikal' meristema vegetativ novda va gul  hosil qiluvchi hamda ildiz 
uchki meristemalariga bo‘linadi. 
Yon meristemalarga ildiz va poya markaziy tsilindrining atrofida joylash-
gan peretsikl, prokambiy va kambiylar kiradi. 
Interkalyar meristemalar poya bo‘g‘in oraliqlarida, hamda bargda hosil 
bo‘ladi. Interkalyar meristemalarning o‘sishi hisobiga bo‘g‘im oralig‘i uzayadi. 
Yara meristemasi o‘simliklarning biror qismi zararlansa, shu erda bu meri-
stema hosil bo‘ladi. Yara meristemasi parenxima to‘qimalarining tirik hujayralari-
dan hosil bo‘ladi. 
G‘o‘za poyasi o‘sish nuqtasidagi meristemani o‘rganish. 


 32
ISh TARTIBI: Yosh g‘o‘za novdasini o‘sish nuqtasidagi barglari uzib tash-
lanadi va shu o‘sish nuqtasidan yupqa kesma tayyorlanib, bittasi buyum oynasidagi 
suv tomchisiga joylanib, usti qoplag‘ich oyna bilan bekitiladi. Bunga lupa yoki 
mikroskopning bir necha katta qilib ko‘rsatadigan obe'ktivi orqali qaraladi, hujayra 
yaxshi ko‘rinmasa, unga xlorogidrat tomiziladi. Xlorogidrat hujayra ichidagi 
moddalarni eritib yuboradi, eritma fil'tr qog‘oz bilan shimdirib olinadi. So‘ngra 
preparatga suv yoki glitserin tomizib tekshirilsa, poyaning o‘sish konusidagi hujay-
ralarning bo‘linishi va o‘sishi natijasida paydo bo‘ladigan do‘nboqcha ko‘rinadi bu 
do‘mboqqa boshlang‘ich bargdir. 
Poya va ildizning o‘sish konusidan yupqa kesma tayyorlab yoki doimiy 
prepartlarni mikroskop ostiga qo‘yib qaralsa, unda parenxima hujayralarining zich 
joylashganligini ko‘ramiz. Bu hujayralarning ko‘pida bo‘linish sodir bo‘ladi. 
Mikroskopda tekshirilayotgan o‘sish nuqtasining umumiy ko‘rinishi daftarga 
chizib olinadi. 
QOPLOVShI TO‘QIMALAR. 
 
UMUMIY TUShUNShA: Qoplovchi to‘qima o‘simlik organlarini qoplab 
olgan bo‘lib, ularni tashqi muhit ta'siridan himoyalab turadi. Bu to‘qima vujudga 
kelishi jixatidan uch xil bo‘ladi: Epiderma yoki po‘st, periderma va po‘stloq. 
Epiderma.  Birlamchi qoplag‘ich to‘qima yupqa parda-epidermisdan 
iboratdir. Epiderma (yunoncha «epi» - yuqori, «derma»-teri ma'nosini bildiradi). 
Epiderma tsellyuloza po‘st bilan o‘ralgan tirik parenxima hujayralardan hosil 
bo‘ladi. 
Birlamchi meristemadan hosil bo‘lgan epiderma, bir-biriga zich joylashgan 
hujayralardan tuzilgan. Epidermis hujayralari rangsiz bo‘lib, ular ichida tirik pro-
toplazma va yirik markaziy vakuolalar bor. Xloroplastlar epiderma hujayralarida 
uchramaydi. Bu hujayralarning po‘sti esa hamma joyda bir xil qalinlashmaydi, 
bundan tashqari kutin qavati, mum qatlami yoki mayda tukchalar zich bo‘lib joy-
lashgan. Tukchalar oddiy va bezli bo‘ladi. Bezli tuklarda efir moylari kislotalar va 
fermentlar mavjud. Bu tukchalar ham himoya vazifasini bajaradi. 
Epidermis hujayralari orasida ko‘pgina yoriqsimon teshiklar- ust'itsalar bor, 
ular o‘simliklar tanasidan suv bug‘lanishi va ular ichiga gazlar kirishi uchun xiz-
mat qiladi. Ust'itsalarni hosil bo‘lishida xloroplasti bo‘lgan ikkita yirik, dukkaksi-
mon hujayra kattalashadi. Uchlari bilan bir-biriga birikkan va o‘rta qismi erkin 
bo‘lgan bu hujayralar qamrovchi hujayralar deb ataladi. Ust'itsa yorig‘ini ken-
gaytirish va toraytirish xususiyatiga ega. Qamrovchi hujayralarning turgor holati 
kuchaysa ust'itsalar ochiladi, bosim kamaysa u yopilib qoladi. 
Qamrovchi hujayralarning orqa devorlari juda yupqa bo‘lib, turgor bosimi 
kuchayganda osongina kengayadi va oldingi devorlarni o‘ziga tortadi natijada 
ust'itsalar ochiladi. Ko‘pchilik o‘simliklarda ust'itsalar barglarning yuza va orqa 
tomonida joylashadi. Suvda suzib yuruvchi o‘simliklarda ust'itsalar barg yuza 
tomonda bo‘ladi, suvga botib o‘sadigan o‘simliklarda ust'itsalar bo‘lmaydi. 
Yorongul bargining epidermisini tekshirish. 
ISh TARTIBI: Yorongul bargining orqasidagi yupqa po‘sti(pardasi) dan 
igna uchi bilan ozgina shilib olinadi va buyum oynasidagi suv tomchisiga 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə