Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali farmakognoziya



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix21.02.2022
ölçüsü1,03 Mb.
#83987
  1   2   3


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZILIGI

 

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI 



TERMIZ FILIALI 

 

FARMAKOGNOZIYA 

fanidan   

tarqatma materiali  

 

 



 

Tayyorladi: o’qituvchi  Murodov.R.Z. 

 

 

 



TERMIZ t. 2021 

 

 


Mavzu: Dorivor o’smimliklarni alkoloidlar bo’yicha aniqlash, analiz qilish va ularning 

maxsulotlari. 

 

O’simliklar (qisman hayvonlar) to’qimalarida tayyor holda bo’ladigan asosli (ishqorli) xossaga va 

kuchli fiziologik ta’sirga ega bo’lgan azotli murakkab organik birikmalar 

alkaloidlar deb

 ataladi. Alkaloid 

arabcha  – 

alkali

  –  ishqor  va  yunoncha 



eydos 

– o’xshash (simon) so’zlaridan iborat bo’lib, ishqorsimon 

birikma  degan  ma’noni  bildiradi.  Bu  alkaloidlarning  asosli  xususiyatga  ega  ekanligini  ko’rsatadi.  1819 

yilda Meysner sabadilla o’simligidan asos xossali birikma ajratib oldi va uni birinchi bo’lib alkaloid deb 

atadi. 

Alkaloidlar o’simliklar dunyosida keng tarqalgan. Yer yuzida tarqalgan yuqori o’simliklarning 327 

oilasidan 140 tasida (40% ini tashkil qiladi) alkaloidlar borligi aniqlangan. Tarkibida alkaloidlar bo’lgan 

turkumlar Yer sharida o’sadigan o’simliklar turkumlarning 8,7% ni (10615 turkumdan 926 tasini), turlar 

ichida esa taxminan 2% ini tashkil qiladi. Quyidagi oilalar vakillari alkaloidlarga boy: bir pallalilar ichida 

lolaguldoshlar  (Liliaceae)  va  chuchmomadoshlar  (Amaryllidaceae);  ikki  pallalilar  ichida  kendirdoshlar 

(Arosunaseae), ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae), menispermadoshlar (Menispermaceae), ko’knordoshlar 

(Papaveraceae), dukkakdoshlar (Fabaceae) shamshoddoshlar (Buxaceae), loganiyadoshlar (Loganiaseae), 

ituzumdoshlar 

(Solanaceae), 

sho’radoshlar 

(Chenopodiaceae), 

astradoshlar 

(Asteraceae) 

murakkabguldoshlar (Compositae), zirkdoshlar (Berberidaceae) va ro’yandoshlar (Rubiaceae). SHu davr 

ichida  butun  yer  yuzida  ajratib  olingan  va  tasvirlangan  4959  ta  alkaloiddan  faqat  birgina  kendirdoshlar 

(Arosunaseae) oilasiga 897 tasi to’g’ri keladi. 

Ko’pchilik alkaloidlar rangsiz, optik faol (qutblangan nur tekisligini og’diruvchi), hidsiz, achchiq 

mazali, uchmaydigan, qattiq kristall yoki amorf modda. SHu bilan birga rangli (berberin to’q sariq rangga 

bo’yalgan), suyuq, hidli va uchuvchan (anabazin, nikotin, koniin va boshqalar) alkaloidlar ham bo’ladi. 

Alkaloidlar o’simliklar tarkibida 3 xil ko’rinishda uchraydi: 

1. Sof (asos) holida. 

2. Kislotalar bilan birikkan birikmalar – tuzlar holida. 

3. Azot atomi bo’yicha oksidlangan N-oksid formasida. 

O’simlik to’qimasida alkaloidlar ko’pincha organik (oksalat, olma, limon, vino va boshqa), mineral 

(sulьfat,  fosfat  va  boshqa)  va  ba’zan  o’simliklarning  o’ziga  xos  (mekon,  xin,  xelidon  va  boshqalar) 

kislotalar bilan birikkan tuzlar holida uchraydi. 

Tarkibida  alkaloidlar  bo’lgan  o’simliklarni  sinflarga  bo’lishda  ular  tarkibidagi  alkaloidlarning 

uglerod-azotli skeletining tuzilishi asos qilib olingan. SHunga ko’ra dorivor vosita sifatida ishlatiladigan 

alkaloidlar va ularni o’z tarkibida saqlovchi dorivor mahsulotlar quyidagi sinflarga bo’linadi: 

1.  Ochiq  zanjirli  (atsiklik)  va  azot  yon  zanjirda  bo’lgan  alkaloidlar.  Atsiklik  alkaloidlarga 

sferofizin, azot yon zanjirda bo’lgan alkaloidlarga efedrin, kapsaitsin, kolxitsin va boshqa alkaloidlar kiradi. 

2.  Pirrolidin  unumlari  bo’lgan  alkaloidlar.  Pirrolidinning  oddiy  unumlariga  gigrin,  kuskgigrin, 

karpain va boshqa alkaloidlar kiradi. 

3.  Pirrolizidin  –  geliotridan  (pirollidinning  ikki  molekulasini  azot  orqali  jipslangan  birikmasi) 

unumlari bo’lgan alkaloidlar. Pirrolizidin unumlariga platifillin, sarratsin, trixodesmin, inkanin va boshqa 

alkaloidlar kiradi. 

4. Piridin va piperidin unumlari bo’lgan alkaloidlar. Piridin va piperidin unumlariga koniin, lobelin, 

nikotin, anabazin, pelьtьerin va boshqa alkaloidlar kiradi. 

5.  Tropan  (piperidin  bilan  pirrolidinni  azot  orqali  jipslangan  birikmasi),  unumlari  bo’lgan 

alkaloidlar. Tropan unumlariga atropin, giostsiamin, skopolamin, kokain va boshqa alkaloidlar kiradi. 

6.  Xinolizidin  (piperidinni  ikki  molekulasini  yoki  piperidin  va  piridinni  azot  orqali  jipslangan 

birikmasi) unumlari bo’lgan alkaloidlar. Hinolizidin unumlariga paxikarpin, tsitizin, termopsin, nufaridin 

va boshqa lupinan alkaloidlari kiradi. 

7. Xinolin unumlari bo’lgan alkaloidlar. Xinolin unumlariga xinin, tsinxoxin, exinopsin va boshqa 

alkaloidlar kiradi. 

8.  Akridin  unumlari  bo’lgan  alkaloidlar.  Akridin  unumlariga  rutadoshlar  oilasiga  mansub  ba’zi 

tropik o’simliklarning alkaloidlari kiradi. Bu guruh alkaloidlar tabiatda kam tarqalgan. 

9.  Izoxinolin  unumlari  bo’lgan  alkaloidlar.  Bu  guruh  alkaloidlar  o’simliklar  dunyosida  keng 

tarqalgan.  Ularga  izoxinolinni  oddiy  unumlari  (salьsolin,  salьsolidin  va  boshqalar),  benzilizoxinolin 

(papaverin,  narkotin  va  boshqalar),  fenantrenizoxinolin  (morfin,  kodein,  tebain  va  boshqalar), 

fenantridinizoxinolin  (galantamin  va  boshqalar)  hamda  izoxinolinning  ikki  molekulasini  birlashgan 

birikmasi — diizoxinolin (berberin tipidagi alkaloidlar) unumlari bo’lgan alkaloidlar kiradi. 

10.  Indol  unumlari  bo’lgan  alkaloidlar.  Indol  unumlariga  strixnin,  brutsin,  rezerpin,  aymalin, 




serpentin  fizostigmin,  garmin,  brevikollin,  vinkamin,  vinblastin,  shoxkuya  o’simligining  alkaloidlari 

(otnosyatsya  ergometrin,  ergotamin)  va  boshqa  alkaloidlar  kiradi.  Bu  guruh  alkaloidlar  ham  o’simliklar 

dunyosida ancha keng tarqalgan. 

11. Imidazol unumlari bo’lgan alkaloidlar. Imidazol unumlariga pilokarpin va boshqa alkaloidlar 

kiradi.  

12 Xinazolin unumlari bo’lgan alkaloidlar. Xinazolin unumlariga febrifugin, izofebrifugin, peganin 

va boshqa alkaloidlar kiradi.  

13.  Purin  unumlari  bo’lgan  alkaloidlar.  Purin  unumlariga  kofein,  teobromin,  teofillin  va  boshqa 

alkaloidlar kiradi. 

14.  Diterpen  unumlari  bo’lgan  alkadoidlar.  Diterpen  unumlariga  elatin,  delьsemin, 

metildikakonitin, akonitin, zongorin va boshqa alkaloidlar kiradi. 

15.  TSikpopentanopergidrofenantren  unumlari  bo’lgan  alkaloidlar    (steroid  alkaloidlar).  Steroid 

alkaloidlarga solasonin, solanin, chakonin, psevdoiervin, veratrozin va boshqalar kiradi. 

Alkaloidlar  meditsinada  ishlatiladigan  dorivor  moddalarning  ichib  eng  qimmatlisi  hisoblanadi. 

Alkaloidlar  o’zlarining  fiziologik  ta’sirini  xilma-xilligi  tufayli  juda  ko’p  kasalliklarda  qo’llaniladi. 

Alkaloidlar sof holida ham, tuzlar holida ham va mahsulotdan ajratilmagan holda ham keng qo’llaniladi, 

ulardan ko’plab dorilar tayyorlanadi. 


Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə