Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruv fakulteti



Yüklə 255,9 Kb.
səhifə1/15
tarix31.12.2021
ölçüsü255,9 Kb.
#81867
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruv fa


OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

KORPORATIV BOSHQARUV FAKULTETI




Mustaqil ish

Mavzu: Talab va Taklif elastikligi

Tekshirdi: Yo’ldoshev G’olib

Bajardi: KB-75 guruh talabasi: Samadov Temur
TOSHKENT-2019

REJA:
Kirish

1. Talab va Taklif elastikligi.

2. Bozor sharoiti o`zgarishlarining oqibatlarini

baholash va prognoz qilish.

3. Talabning narx bo`yicha elastikligi yordamida

daromadlarni tahlil qilish.

4. Soliq yukini iste′molchi va ishlab chiqaruvchi o`rtasida

taqsimlanishini tovar elastikligiga ko`ra tahlili.



Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.



Kirish

Oʻzbekiston davlatining raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy oʻrin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk oʻz egalari qoʻliga topshirilsa, ikkinchidan, koʻp ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muxiti vujudga keladi.Raqobatni shakllantirishda iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak boʻlgan sohalardagi korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xoʻjalik yuritish mexanizmini ishlab chiqarish muhim oʻrin egallaydi. Bu mexanizm davlat korxonalari iqtisodiy jihatdan erkin boʻlishini, ularning faoliyati tijoratlashgan boʻlishini nazarda tutadi. Bozor iqtisodi-yotiga oʻtish davrida raqobatning asosiy usuli narx boʻlganligi sababli, narxlarni erkin qoʻyib yuborish raqobatli muhitni vujudga keltirishning asosiy talabi hisoblanadi. Shu maqsadda Oʻzbekistonda "Monopolistik faoliyatini cheklash toʻgʻrisida"gi qonun (1999 yil 3 avg .) qabul qilindi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga karatilgan bir turkum normativ hujjatlar ishlab chiqildi. Hozirgi davrda Oʻzbekistonda, agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar tovarlar bozoridagi shunday mahsulotning 35% dan ortiq boʻlsa, bu korxona monopolist korxona sifatida Davlat reyestriga kiritiladi (oziqovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% qilib belgilangan).Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019 yil 14 yanvardagi PF–5630-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida: Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda – Davlat raqobat qoʻmitasi) monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini nazorat qilish va tovar-xom ashyo birjalarini litsenziyalash borasidagi barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi; 2019-2023 yillarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin, unda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilsin: raqobatni himoya qilish va rivojlantirish tizimini transformatsiya qilish hamda monopoliyaga qarshi tartibga solishning milliy iqtisodiyotda va jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan tarkibiy oʻzgarishlar va jarayonlarning yuksak talablariga javob beradigan mutlaqo yangi ilgʻor modelini yaratish;tovar va moliya bozorlarini tahlil qilishning moslashuvchan, shu jumladan, xulq-atvor iqtisodiyoti (behavioral economics) tamoyillariga asoslangan vositalari va usullarini joriy etish; raqobatni himoya qilish boʻyicha oldini oluvchi vositalarni, shu jumladan, monopoliyaga qarshi komplayens mexanizmi – birinchi navbatda tovar va moliya bozorlarida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar ichida raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqlikni taʼminlash tizimini joriy etish; ragʻbatlantiruvchi tariflar shakllantirishning raqobatni kuchaytiruvchi taʼsir koʻrsatadigan yangi yuqori samarali usullari va ularni qoʻllashni nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish hisobiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlari (tariflari)ni davlat tomonidan tartibga solish tizimini tubdan takomillashtirish;raqamli iqtisodiyotni monopoliyaga qarshi tartibga solishning samarali vositalarini, shu jumladan, raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari transchegaraviy shakllarining oldini olish maqsadida yaratish;raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun huquqiy taʼsir koʻrsatish choralarini kuchaytirish va bir vaqtning oʻzida huquqni qoʻllashda keng ixtiyor beradigan vakolatlarni bekor qilish; “kartel” kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qoʻyish maqsadida huquq-tartibot organlari bilan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish; Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti metodikasi boʻyicha tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirish indikatorlaridan foydalangan holda.*

1. Talab va taklif elastikligi


Ma′lumki tovarga bo`lgan talab, uning narxiga, iste′molchi daromadiga va boshqa omillarga bog`liq. Xuddi shuningdek, taklif ham tovar narxi, ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa omillarga bog`liq. Narx yoki daromad singari omillar o`zgarishiga bozorning iqtisodiy agentlari (iste′molchi va ishlab chiqaruvchilar) qanday munosabat bildirishlarini o`rganishda elastiklik tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi.


Yüklə 255,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə