17.5 Asosiy tushuncha va atamalar
Mehnat psixologiyasi; mehnat; kasb; mehnat subyekti; professiografiya; professiogramma; psixogramma; mutaxasislik; ish jarayonini kuzatish; xronometraj ; biografik metod; professionalizasiya; iqtisodiy psixologiya.
17.6. Rezyume
Xulosa qilib aytganda psixologiya va mehnat orasidagi o’zaro bog’liqlik, avvalo, mehnat faoliyati psixologiyasining asosiy vazifalari tahlilida namoyon bo’ladi. Mehnat, kasb, mutaxassislik esa, tom ma’noda mehnatning psixologik mazmunini belgilab beradi. Qator mehnat faoliyatini o’rganish metodlari orqali, jumladan, professiografiya usuli yordamida shaxsning professiogrammasini tuzish mumkin. Shu bois, mehnat faoliyatining klassifikasiyasiga tayanib fanda kasblar klassifikasiyasini ajratish mumkin. Professional shaxsning shakllanishi esa, mehnat subyektining professionallashuviga bog’liq bo’lib, bu uning faoliyatlari diagnostikasi orqali tushuntiriladi.
17.7 O’z-o’zini nazorat va muhokama qilish uchun savollar
Mehnat psixologiyasi va mehnat faoliyati psixologiyasi deganda nimalarni tushunasiz?
Mehnat faoliyati psixologiyasining asosiy vazifalarini qanday baholaysiz?
Mehnat vazifalarining samarali amalga oshishi qanday omillarga bog’liq?
Mehnat faoliyatini tashkil etuvchi komponentlar tuzilmasi nimalardan iborat?
Mehnatning psixologik mazmuni deganda e’tibor nimalarga qaratiladi?
Mehnat faoliyatini o’rganuvchi qanday metodlar mavjud?
Professiografiya metodi shaxsdagi qanday xususiyatlarni aniqlaydi?
Professiogramma qanday tamoyillarga ko’ra tuziladi?
Mehnat egasining ish yuklamasi xususiyati va mehnat vazifalarini bajarishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
Kasblar klassifikasiyasi tushunchasini nima bilan izohlaysiz?
Dostları ilə paylaş: |