Toshkent davlat iqtisodiyot universiti mtu-16 guruh talabasi Abdiqodirov Asliddinning



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə1/5
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#109218
  1   2   3   4   5
menejmentni rivojlanish tarixi va hozirgi holati

Toshkent davlat iqtisodiyot universiti MTU-16 guruh talabasi Abdiqodirov Asliddinning tayyorlagan taqdimoti.

menejmentni rivojlanish tarixi va hozirgi holati

Reja:

  • Menejmentning shakllanishi tarixi.
  • Boshqaruvdagi beshinchi inqilob
  • Qadimiy yoki tarixiy davr.
  • Industrlashgan davr.
  • Tizimlashgan davr.
  • Zamonaviy menejment

MENEJMENTNING SHAKLLANISHI TARIXI.


Boshqaruvning paydo bo’lishi, kelib chiqishi tarixini Yevropalik tadqiqotchilar ham, MDH tadqiqotchilari ham bir necha ming yilliklar bilan bog’lashadi. Boshqaruvning boshlanishi inson mehnati faoliyatini boshlanishi bilan tengdir degan olimlar ham katta guruhlarni tashkil qiladi. Shuning uchun ham, menejmentning rivojlanishi – evolyutsion jarayon hisoblanadi.
Dastlabki aqlli insonlar paydo bo’lganidan boshlab boshqaruv yuzaga kelganligini jahonning mashhur olimlari mukammal tadqiqotlari natijasida isbotlashgan. Ibtidoiy odamlar jamiyatidagi oila yoki oilalar boshlig’i, dastlabki qabilalar va urug’larning “dohiylari”, keyinchalik “oqsoqollar kengashi” faoliyatlari boshqaruvning dastlabki kurtaklari hisoblanadi. Jamiyatda davlatlarning paydo bo’lishi bilan boshqarish muammolari birinchi o’ringa chiqdi.
Birinchi yozuvning paydo bo’lishi bilan menejerlarning boshqaruv muammolari, ish hujjatlari, adabiyotlar haqidagi yozuvlari bizgacha yetib kelgan (papirus yozuvlari, toshtaxta yozuvlari). Qadimgi Gretsiyalik faylasuf Aflotun (miloddan oldingi 428-347 yillar) ko’plab asarlarida menejmentning masalalarini muhokama qilgan.
Uning “Davlat”, “Siyosatdon”, “Qonunlar” kabi asarlari davlatni bashqarishga bag’ishlangan bo’lib, hozirda ham qiziqib o’qiladi.
Jamiyat hayotining o’zgarishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan va muhim rol o’ynagan menejmentdagi (boshqaruvdagi) vaqtni menejment tadqiqotchilarining birinchi guruhi 5 davrlarga, ikkinchi guruhi 5 bosqichlarga, uchinchi guruhi 6 ta boshqaruv inqiloblariga (revolyutsiyalariga) ajratishadi. Boshqaruvda birinchi inqilob. Boshlanishi eramizdan 5 ming yil oldin qadimgi Shumerda ixtiro qilingan yozuvning yuzaga kelishi deb hisoblanadi.
Bu davrda savdo jarayonlaridagi xat almashunuvlar va savdodagi hisob-kitoblar insoniyat hayotidagi dastlabki qohin14-biznesmenlar qatlamini yuzaga keltirdi. Bu sharoitlar albatta menejmentning yangi jarayonlari va qirralari yuzaga chiqishining zaruriy holatlardan edi. Boshqaruvdagi ikkinchi inqilob aholining turli-tuman ijtimoiy guruhlari o’rtasidagi munosabatlarni davlat tomonidan boshqarish haqida qonunlar majmuasini ishlab chiqqan va e’lon qilgan Vavilon podshohi Xammurapi (eramizdan oldingi 1792-1750 yy.) ning davlatni boshqarish faoliyatlari bilan bog’liq. Bu qonunlar asosida “oq suyaklar”ning boshqaruv usullari tashkil qilindi, ishning bajarilishi bo’yicha mas’uliyat, javobgarlik va nazorat kuchaytirildi. Shuning uchun ham tadqiqotchilar ba’zida bu davrni – ma’muriy – oq suyaklar boshqaruvi davri deb ham nomlashadi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə