Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


Fanlararo aloqadorlik ijtimoiy jarayon bo„lib, fanlarni bog„lovchi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə334/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

Fanlararo aloqadorlik ijtimoiy jarayon bo„lib, fanlarni bog„lovchi 
subyektlarni ularning tabiiy, ijtimoiy va shaxsiy mavjudliklar qonuniy 
bog„liqliklari va amaliy omillariga yanada chuqurroq kognitiv kirib borish 
«doimiy» jarayonidir[2]. 
Umumta‘lim fanlari (matematika) integratsiyasi - fanlar 
bilan amaliy bilimlar asosida amalga oshiriladi. Integratsiyalashgan darslar turli 
fanlardan bilimlarni sintez qilishni talab qiladigan masalalarni o‗rganishda fanlararo 
aloqalarni amalga oshirishning eng samarali shakli hisoblanadi. Integratsiya 
jarayonida o‗zaro bog‗lanishlar hajmi oshadi, undan foydalanish dunyoni yaxlit idrok 
etish va o‗quvchilarning tabiiy ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi.
Integratsiyalashgan darslarni o‗zaro bog‗liq fanlar o‗qituvchilari yoki ushbu 
fanlarni biladiganlar birgalikda olib borishlari mumkin. Turi bo‗yicha bunday 
darslarga: yangi bilimlarni o‗rganish; bilimlarni takomillashtirish va ko‗nikmalarni 
rivojlantirish; takroriy-umumlashtiruvchi; nazorat va tekshirish kabilarni olish 
mumkin. O‗quv jarayonida fanlararo aloqadorlikning imkoniyatlarini to‗g‗ri idrok 
etishning o‗ziga xosligi shundaki, o‗quvchilar ushbu obyektlarning bir-biriga 


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
331 
mazmunan bog‗lanishini, biri ikkinchisini to‗ldirishini, ularni bir-biridan ajratib 
o‗rganish mumkin emasligini tushunadilar. 
O‗quvchilarda tabiiy matematik turkumdagi fanlardan, fanlararo aloqadorlik 
asosida, 
ta‘limiy 
kompetensiyalarni 
rivojlantirish 
ilmiy 
dunyoqarashni 
shakllantirishga, aqliy rivojlanishga, bilim va malakalarni tizimli egallashga, turli 
muammolar, vaziyatlar, hodisalarni to‗la anglay olishga xizmat qiladi. Har bir fan 
taraqqiyotining muayyan bosqichida matematik metodlarga, tushunchalarga murojaat 
qilish zarurati vujudga keladi va ularni qo‗llash natijasida mukammallikka erishadi. 
Matematika, fizika va astronomiya fanlarining integratsiyasi natijasida son, funksiya, 
hosila, integral, differensial kabi matematik tushunchalarning samarali tatbiqiga olib 
keldi. Biologiya, gumanitar fanlar va matematikaning fanlararo qo‗llanishida ― aks 
ettirish, binar munosabat, to‗plam, algebraik munosabat kabi tushunchalarni 
mukammalroq ishlab chiqilishiga sabab bo‗ladi. Darslarni fanlararo topshiriqlar 
asosida modellashtirish ko‗nikmasi, ya‘ni tabiiy fanlarni o‗rganishda turli 
mazmundagi masalani avval matematik tilga ko‗chirib, tenglama, proporsiya tuza 
olish va to‗g‗ri yechishni shakllantirishdir [4]. Buning uchun o‗qituvchidan avval 
masalaning matnini o‗quvchiga to‗g‗ri o‗qishni o‗rgatish, analiz va sintez jarayoni, 
tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishni talab qiladi. Aksariyat fizik 
va kimyoviy masalalar tenglama (yoki tenglamalar tizimi) tuzish bilan ishlanadi, 
demak, matematika fani nafaqat hisoblash apparati sifatida, balki matematik 
mulohazalar yordamida voqelik, hodisaning o‗tish jarayonining xarakteri haqida 
fizikaviy, kimyoviy xulosalar chiqarishga imkon tug‗diradi. Tenglamalar 
boshlang‗ich sinflarda o‗rgatila boshlanadi, 5-6-sinfga kelib yechishning oddiy 
usullari bayon qilinsa, 7-sinfdan boshlab tizimli ravishda o‗rganiladi. 
O‗quvchilar fizika, kimyo darslarida tenglamalar tuzib yechishga 
qiynalmasliklari uchun, matematika darslarida aynan fizikaviy voqelik natijasi 
bo‗lgan tenglamalarni yechish, shu bilan bir qatorda harfiy belgilashlarda uzviylikni 
ta‘minlash kerak. Fizika va matematika fanlarini fanlararo o‗qitilishida vektor va 
skalyar kattaliklar, funksional bog‗lanish, kvadrat tenglama, limit, hosila kabi 
tushunchalar ko‗p ishlatiladi. Funksiya tushunchasi, turlari, grafigi, to‗plam orasidagi 
munosabat, moslik, xossalari kabi tushunchalarni yaxshi o‗zlashtirgan o‗quvchi fizik 
munosabatlarni tushunadi va bilimida bo‗shliq paydo bo‗lmaydi. Matematik 
tushunchalarni bilmaslik esa chalkashlik hosil bo‗lishiga fanlararo tushunchalarni 
to‗liq va chuqurroq egallashga imkon bermaydi[3]. 
Algebradagi chiziqli funksiya, uning grafigi tushunchasi (7-sinf) fizikadagi 
tekis to‗g‗ri harakat (7-sinf), jismlarning o‗zaro proporsionallik holati mavzularini 
o‗zlashtirishda foydalanilsa, to‗g‗ri va teskari proporsionallik (y = kx, y = k/x), sonli 
va harfiy ifodalar(7-sinf), ularning sonli qiymatini topishda amallarning to‗g‗ri 
bajarilish ketma-ketligi, sonning standart shakli (7-sinf) - kimyoviy formulalar (7-



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə