Toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 176 Kb.
səhifə1/7
tarix05.05.2023
ölçüsü176 Kb.
#108558
  1   2   3   4   5   6   7
22-raqam


NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim
Himoyaga tavsiya etilsin”
Sirtqi(maxsus sirtqi)bo‘limboshligʻi
_________ S.Umarov
“______”___________2023-yil
5111800 – Maktabgacha ta`lim yo‘nalishi
3-kurs 302-guruh talabasi
Yo’ldosheva Mohinur Quvondiq qizining
Bolalarda vaqt tasavvurlarini shakllantirishning didaktik asoslari”
mavzusida yozgan
K U R S I SH I
Ilmiy rahbar: “Maktabgacha
ta’lim metodikasi ”
kafedrasi oʻqituvchisi
O.Shukrullayev ___________
Ro‘yxatga olindi:
Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim
“______”___________2023-yil
№___________
TOSHKENT – 2023
Mundarija

Kirish……………………………………………………………………………

I Bob. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA ELEMЕNTAR MATЕMATIK TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISH ASOSLARI VA METODIKASI KURSINING NAZARIY ASOSLARI.
1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda elemеntar matеmatik tasavvurlarini shakllantirish asoslari kursining nazariy asoslari ………………………………
1.2. Maktabgacha ta’lim muassasalarida matematika mashg’ulotlarini tashkil etishning ahamiyat ……………………………………….............................
II Bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida matematika mashg’ulotlarida bolalarda vaqt tasavvurlarini shakllantirish
2.1 Vaqt va uning xususiyatlari. Turli yoshdagi bolalarning vaqtni idrok qilishi.
2.2. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqtni his qilishni rivojlantirish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH


Mavzuning dolzarbligi.
Matematika bolalarning rivojlanishi uchun zarurdirdir. Bolaning ongini rivojlantirish bilan bir qatorda , maktab bosqichiga chiqqanda oqilona fikrlash va intelektual rivojlanishi uchun zamin yaratadi.
Oddiy matematik belgi sifatida talqin etiluvchi raqamlar aslida butun xalqning madaniyati , milliy mentaliteti , urf odatlari hamda kundalik turmush tarzini namoyon etadigan bebaho xazinadir. Raqamlarda juda ko’plab sir – sinoatlar yashiringan bo’lib, ular har bir millatning milliy ma’naviyatini ochib berishga xizmat qiladi. Insoniyat tarixini , ayniqsa zamonaviy dunyoni raqamlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Jamiyatning rivojlanishi , undagi evrilishlar, o’zgarishlar hamma hammasi raqamlarga bog’liqdir.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sifatli maktab ta’limiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyev “ Zamonaviy Maktabgacha ta’lim sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o’rin tutadi” deya ta’kidlaydi.
Bolalarni matematik bilimlarini shakklanishoi uchun “ Ilk qadam“ davlat o’quv dasturida Qurish – yasash , konstrusiyalash va matematika markazi ham tashkil etilgan. Bunda bolalar matematikaga oid dastlabki bilimlarni egallab borishi uchun bir zamin yaratiladi.
Matematik bilimlar bolalarga, ular nimani bilib olganliklari va nimaning uddasidan chiqa olishlarini hisobga olgan holda, aniq tizim va ketma-ketlikda beriladi. Bolalarning matematik tushunchalarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi, ularning idrokini, ya’ni sensor tuyg‘ularini o‘stirish bilan bevosita bog‘liqdir. Umumlashtirish va abstraktlashtirish qobiliyati predmetlarning xususiyatlarini aniqlash va shu xususiyatlarga qarab mazkur predmetlarni bir biriga taqqoslash hamda guruhlarga ajratish asosida o‘sib boradi. Shuning uchun bola maktabga borguniga qadar unda matematik tasavvurlarni shakllantirish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida barcha o‘quv-tarbiya ishlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq ravishda ish olib boriladi. Fan-texnika nihoyatda jadal rivojlanayotgan bugungi davrda bolalarning turli sohalardagi tajribalarni sodda holda o‘rganishi va ulardan amaliyotda foydalana olishi uchun ularning maktabgacha yoshdan kerakli va zarur bilimlarni egallashlariga jiddiy e’tibor berishimiz lozim. Ayniqsa, matematik bilimlar bola hayotida, uning har tomonlama rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Ilk matematik tushunchalarning qanchalik aniq va mustahkam bo‘lishi bolalar tafakkurining, ulardagi analiz va sintez, mantiqiy fikrlash, xulosa chiqarish jarayonlarining kuchli bo‘lishini ta’minlaydi. Bizga ma’lumki, sodda matematika orqali maktabgacha yoshdagi bolalar son va sanoq, geometrik shakllar, vaqt va fazo haqida, kattaliklar haqida boshlang‘ich bilimlarni oladilar. Bu bilimlar yordamida bolalar idrok qilinadigan obyektlarning xususiyatlarini analiz va sintez qilish, taqqoslash va umumlashtirishning eng sodda bog‘lanishlari hamda ular orasidagi munosabatlarni tushunib oladilar.

Yüklə 176 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə