Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va falsafa fakulteti



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə2/4
tarix28.11.2017
ölçüsü0,62 Mb.
#12945
1   2   3   4

حذف فعلfe’lning tushib qolishi:

که بود آمد؟ - علی (بود آمد)

Kim kelgan edi? – Ali (kelgan edi).

Bu keltirilgan misolda ikkinchi gap tarkibidagi بود fe’li tushib qolgan.



  1. حذف نهادeganing tushirib qoldirilishi:

Og‘izaki nutqda gap egasining ellipsisga uchrashi juda ko‘p kuzatiladi:

ابراهیم کجاست؟ − (ابراهیم) مریض است.



Ibrihim qayerda? – (Ibrohim) kasal!

  1. حذف مسند − ot kesimning tushib qolishi:

احسان غایب است؟ - نه، علی.( غایب است)

Ehson yo‘qmi? – yo‘q, Ali (yo‘q)

  1. حذف مفعول – (را bilan) to‘ldiruvchining tushib qolishi:

کتاب کو؟ − علی(کتاب را) برد.

Kitob qayerda? – Ali (kitobni) olib ketdi.

  1. حذف متمّم − vositali to‘ldiruvshining tushib qolishi:

به مسابقه رفتم. ولی (به مسابقه) دیر رسیدم

Musobaqaga bordim. Lekin (musobaqaga) kech yetib bordim.

  1. حذف قید – ravishning tushib qolishi:

دیروز به باغ رفتم و(دیروز) دوساعت در آنجا گردش کردم.

Kecha bog‘ga bordim va (kecha) u yerda ikki soat sayr qildim.

  1. حروف اضافه حذفko‘makchining tushib qolishi:

(در) عصر می رویم گردش.

Asr(da) sayrga boramiz.

  1. حذف حرف ربط – bog‘lovchining tushib qolishi:

بنشینید (و) فیلم را تماشا کنید.

O‘riting (va) kinoni ko‘ring.

  1. همه اجزای جمله حذف − butun bir gap bo‘laklarining tushib qolishi:

bu turda qaysi gap bo‘lagini saqlab qolinishiga qarab ham turlarga ajiratish mumkin:

  1. نهاد – ega:

که کتاب مرا از اینجا بر داشت؟ - من (کتاب ترا از اینجا بر داشتم).

Kim kitobimni bu yerdan oldi? – Men. (kitobingizni bu yerdan oldim)

  1. مسند – ot kesim:

ابراهم کیست؟ - (ابراهم) من (هستم).

Ibrohim kim? – (Ibrohim) Men (man).

  1. مفعول – (را bilan) to‘ldiruvchi:

شما که را صدا می کردید؟ − (من) ابراهم را (صدا می کردید).

Siz kimni chaqiryapsiz? – (men) Ibrohimni. (chaqiryapman)

  1. متمّم – vositali to‘ldiruvchi:

شما به که سلام دادید؟ − (من) به ابراهم (سلام دادم).

Siz kimga salom berdiz? – (men) Ibrihimga (salom berdim).

  1. قید – ravish:

شما کی از مسافرت شیراز بر گشتید؟ − (من) دیروز (از مسافرت شیراز بر گشتم).

Siz qachon Sheroz safaridan qaytdingiz? – (men) Kecha (Sheroz safaridan qaytdim).

Huddi shu kabi tahlilni biz P.N. Xonlariy va boshqa tilshunoslarning darsliklarida uchratdik66.
2.1. Sodda gaplarda kesim ellipsisi
Fors tilida gapning kesimi گزاره termini bilan ataladi. Ahmad Shefaiy yozadi: “Nutqda shunday o‘rinlar bo‘ladiki, bunday hollarda gapning egasini kuchliroq talaffuz qilib, kesimni tushirish orqali nutq ta’sirli va sodda ifodalanadi. Buni quyida keltirilgan misol orqali ko‘rish mumkin:

ــ... چه فایده (دارد)؟



Nima foyda (bor)? 67

Ko‘rinib turibdiki, bu gap ifoda maqasadiga ko‘ra so‘roq gap bo‘lib, ta’sirchanligini oshirish maqsadida gapning kesimi, uchinchi shaxs birlikdagi fe’l (دارد) tushirib qoldirilgan.

Bundan tashqari, Mohammadreza Boteniy ham kesim va unga bo‘glangan bo‘laklarning tushib qolishi haqida shunday yozadi: “Diologik nutdqa, ko‘pincha, maxsus so‘roq olmoshili gaplarga javoban aytiladigan gaplarda, aynan nima yoki kim so‘ralayotgan bo‘lsa, nutqni tez va osonlashtirish uchun vaziyatga qarab faqat so‘ralgan bo‘lak saqlanib, qolgan bo‘laklar tushirib qoldirilishi mumkin:

ــ دیشب کجا رفتی؟

Kecha kechasi qayerga bording?

ــ سینما


(kecha kechasi) Kinoga (bordim)68.

Ikkinchi gapda tinglovchidan aynan qayerga borganligi so‘ralgani sababli, javob beruvchi faqatgina سینما so‘zi bilan cheklandi. Qolgan kesim va unga bog‘langan o‘zga bo‘laklar tushib qolgan. To‘liq shaklda esa quyidagicha bo‘lishi kerak edi:

دیشب به سینما رفتم yoki دیشب رفتم سینما

Kecha kechasi kinoga bordim.

Xonlariy sodda gaplarda faqatgina fe’l - kesim emas, balki ot - kesim, ya’ni fors tilida مسند yoki اسم گذاره ای ham ellipsisga uchrashi mumkinligini keltirib o‘tadi. Bunda P.N. Xonlariy va A.E. Sodeqiyning fikrlari juda o‘xshash69.

Quyidagi keltirilgan misollarda ham gapning kesimi bo‘lib kelgan bo‘laklar tushib qolgan:

پرسیدم).) ø این بود که راه افتادم. رفتم و از اهلش پرسیدم. از یک کارچاق کن



Yo`lga chiqqan edim. Borib, aholidan so`radim. Bir dallol (so‘radim)

(ص 18-17 آلاحمد، جلال. مدیر مدرسه. −)

Bu misolda uchinchi sodda gapning kesimi bo‘lib kelgan پرسیدم fe’li tushirib qoldirilganligini oldingi konteksttda tushinib olish qiyin emas.

خبردار! (خبردار بایستید)

Ogoh (bo‘ling)!

آلاحمد، جلال. زیارت.− ص 29))

Sodda gapda gapning kesimi tishib qolib, elliptik gapni hosil qilgan.

2.2. Sodda gaplarda ega ellipsisi
Gapning egasi fors tilida نهاد deb atalib, نهاد ning ellipsisga uchrashi haqida P.N. Xonlariy yozadi: “Buyruq gaplarda gapning egasi doim tushirib qoldiriladi.

Masalan:

.ای ایراج، (تو) کتاب را بیاور

Ey Eroj,(sen) kitobni olib kel70.

Bu gapda ega bo‘lib kelgan تو kishilik olmoshi tushirib qodirilyapti. Lekin gapning kesimi tarkibidagi shaxs-son qo‘shimchasi gapning egasi qaysi shaxsda va sonda ekanligiga ishora qilib kelyapti.

Shuningdek, A.E. Sodeqiy71 ham sodda gapning egasi, ya’ni نهاد ning ellipsisga uchrashiga to‘xtalib, misollar keltiradi.

Quyidagi misolda sodda gap egasining ellipsisga uchrashini ko‘rishimiz mumkin:

برادرم آمد و (برادرم) ناهارش را خورد



Akam keldi va (akam)tushligini yedi.

(آلاحمد، جلال. مدیر مدرسه.− ص 14)

Ushbu gapda ikkinchi sodda gapning egasi برادرم ,shaxs oti, tushib qolgan.

بله، دولت هیچ "اوتوریته"ای از خود نشان نمی دهد. یعنی (آن) تقصیری هم ندارد.

Ha, davlat hech o`zining “afrotiteti”ni ko`rsatmaydi. (u) ning aybi ham yoq.

( آلاحمد، جلال. دید و بازدید عید.1369.− ص 19)

Uchinchi sodda gapning egasi bo‘lib kelgan آن ko‘rsatish olmoshi tushib qolgan.

ناظم دو سه کلمه برای بچه ها گفت که من رسیدم. (بچه ها) Ø دست زدند



Nazim bolalarga uch-to‘rtta so‘z aygan edi, man yetib keldim. (Bolalar) qarasak chalishdi.

( از رنجی که می بریم.− ص 27 آلاحمد، جلال.)

Bu misolda ham uchinchi sodda gapning egasi ellipsisga uchragan.

Ba’zi o‘rinda gapning egasi bilan birga, egani aniqlab kelgan aniqlovchi ham tushib qolishi mumkin. Bu holatni quyidagi misolda ko‘rish mumkin:

ø ... معلم کلاس اول باریکه‏ای بود سیاه سوخته

(بود) ø معلم کلاس اول) شبیه میرزا بنویس‏های دم پستخانه )


( (آلاحمد، جلال. مدیر مدرسه. − ص13

Ko‘rish mumkinki, ikkinchi gapda gapning egasi bolib kelgan معلم so‘zi o‘z qaratqich aniqlovchisi bo‘lib kelgan کلاس اول birligi bilan birga tushib qolgan.


2.3. Sodda gaplarda ikkinchi darajali bo‘laklar ellipsisi
O‘zbek tilshunosligida N.Maxmudov o‘zining “O‘zbek tilida ellipsis” nomli

nomzodlik dissertatsiyasida ellipsisni nutqiy va lisoniy hodisa sifatida tadqiq etgan va uning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib bergan72. Rus tilshunosi A.M.Muxin gap tarkibidagi har qanday bo‘lakning tushib qolishi elliptik gapni shakllantira olishini modellashtirish usuli bilan ko‘rsatib berishga harakat qiladi, gap tarkibida u qadar asosiy bo‘lmagan komponent tushib qolgan bo‘lsa ham, gap to‘liqsiz hisoblanadi degan ulosaga keladi73. N. Maxmudov bu fikrga to‘liq qo‘shilmaydi, chunki ikkinchi darajali o‘laklardan biri bo‘lmish aniqlovchining gap tarkibidan tushib qolishi ellipsisga olib kelmaydi. Uning sababi aniqlovchining gapda konstruktiv bo‘lak bo‘la olmasligidir.74
2.3.1. Toldiruvchi ellipsisi
Sodda gaplarning ikkinchi darajali bo‘laklari – to‘ldiruvchi (مفعول – (را bilan) to‘ldiruvchi, متمّم - vositali to‘ldiruvchi) ellipsisga uchragan holatlariga bir qator misollarda guvoh bo‘ldik.

Masalan:

کودکی چند را دیدم. پیش رفتم. (از ایشان) پرسیدم



Bir necha bolalarni ko‘rdim. Yaqinlashdim. (ulardan) so‘radim.

(مدیر مدرسه.− ص17 (جلال آل احمد.



Bu gapda vositali to‘ldiruvchining ellipsisga uchrashi, ya’ni حذف متمّم yuz bermoqda. So‘nggi gap tarkibidagi vositali to‘ldiruvchi (از ایشان) tushib qolmoqda.

از احمد کتابی گرفتم و( کتاب را) حواندم.

Ahmaddan bir kitobni oldim va (kitobni) o‘qidim.

یوسفی، دیداری با اهل قل. − ص 140) Internet.res.)

Ushbu misol esa را bilan ifodalangan to‘ldiruvchining tushishi, ya’ni حذف مفعول kuzatilmoqda. Ikkinchi gapdagi to‘ldiruvchi ( کتاب را) tushib qolgan.

.چه می گویی خانم؟ (گلدان را)هفتاد و پنج تومن خریده بودم



Nima deyapsiz, xonim?(guldonni) 75 tumonga sotib olganman.

("گزیده داستانها".− ص 8 جلال آل احمد. )



Bu misolda ham to‘ldiruvchining ellipsisga uchraganini ko‘rish mumkin.
2.3.2. Hol ellipsisi
Tatqiqot jarayonida biz ikkinchi darajali bo‘lak – hol (fors tilida “قید 75)ning ellipsisga uchragan holatini hamkuzatdik. Buni quyida keltirilgan misollar tahlilida korish mumkin:

.(خریدم) من چند تا کتاب . دفتر خرید دوستم دیروز چند تا

Do‘stim kecha bir nechta daftar sotib oldi. Men (kecha) bir nechta kitob (sotib oldim).

(آلاحمد، جلال. مدیر مدرسه.− ص 17)

Bu misolda ikkinchi gapda payt holi vazifasini bajarib kelgan دیروز payt ravishi hamda gapning kesimi bo‘lib kelgan خریدم birinchi shaxs birlikdagi fe’l tushirib qoldirilgan, lekin birinchi gapdan bu payt holining va kesimning mavjudligi anglashilib turibdi.

... – باز مهمان تازه ای (به خانه مان) رسید.



Yana yanbi bir mehmon (uyimizga) keldi.

(آل‏احمد، جلال. گلدان چینی. ص 34)

Ushbu misolda esa gap tarkibidagi o‘rin holi ellipsisga uchrab, elliptik gap hosil qilgan.
2.3.3. Aniqlovchi ellipsisi
Biz sodda gaplar aniqlovchisining, ya’ni fors tilida مضاف ning ham ellipsisga uchragan holatiga duch keldik.

Masalan:

اشعار نو او را در این مجموعه منتشر کرده اند.

(نو او) شعر زیبای "بودن" دیده می شود.ø در بین اشعار



Uning yangi she’rlari bu majmuada nashr etilgan edi. (Uning yangi) she’rlar(i) orasida “Bo‘lmoq” nomli bir she’ri ajiralib turadi.

( از رنجی که می بریم.− ص 11.آلاحمد، جلال )



Bu misolda ikkinchi sodda gapda to‘ldiruvchini aniqlab kelgan bir qaratqish او va bir sifatlovchi نو) (aniqlovchi tushib qolgan. Tadqiqot jarayonida shu ma’lum bo‘ldiki, aniqlovchining o‘zi alohida ellipsisga uchrashi juda kam kuzatiladi, ko‘pincha aniqlovchi o‘zi bog‘langan qism bilan birga tushib qoladi.

Masalan:

معلم کلاس سه) مقطع حرف می‏زد.) … ø معلم کلاس سه یک جوان ترکه‏ای بود

(مدیر مدرسه. − ص 14 آلاحمد، جلال. (

Bu gapda ega o‘zining aniqlovchisi bilan birga tushib qolgan.

اسم شریف (شما) آقا؟

(Sizning)Ismi sharifingiz, og‘o?

("گزیده داستانها". − ص 16 جلال آل احمد )



Bu gapda qaratqich aniqlovchi bo‘lib kelgan kishilik olmoshi tushib qolgan.
Shuningdek, for tilida sodda gaplarda sintaktik ellipsisning tahlili jarayonida bir paytning o‘zida bir nachta va hattoki butun bir gapning ellipsisga ushragan holatga ham duch keldik. Masalan:

شما از کخا به اینخا منتقل شده اید؟

از بهشهر.

Siz bu yerga qayerdan olib kelindingiz?

Behshahardan.

("گزیده داستانها".− ص 48.جلال آل احمد )



Ushbu misolda bir paytning o‘zida gapning agesi شما , gapning o‘rin joli به اینخا va gapning fe’l kesimi منتقل شده ام tushib qolib elliptik gapni hosil qilyapti.

مگه شما در بابل کار نمی کنید؟

نه.

Nahotki siz Bolilda ishlamasangiz?

Yo‘q.

( "گزیده داستانها" − ص 16 جلال آل احمد )

Bu keltirilgan misolda butun bir sodda gap ellipsisga uchragan.

Biz tadqiqot jarayonida shu narsaga ham guvoh bo‘ldikki, fors tilida sodda gap tarkibida grammatik vositalar ham ellipsisga uchrashi haqida bildirilgan fikrlar ham mavjud. Masalan, P.N. Xonlariy va M.J. Kazoziy sodda gaplarda هست bog‘lamasining qisqa shakillari va است ellipsisga uchrashi mumkin, deb yozadilar76. Masalan:

عشق دوردانه اشت و من غواص و دریا میکده



Ishq durdona va men g‘avvos va darya uy.

Bu yerda 3 ta sodda gap bor bo‘lib, birinchi gapda hech qanday gap bo‘lagi yoki bog‘lamaning qisqa shakli tushib qolmagan.

Ikkinchi gapda esa bog‘lamaning qisqa shakli م, uchinchi gapda است bog‘lamasi tushib qolgan.

F. Xusrav va A.E. Sodeqiy fors tilida predloglarning tushishini ham ellipsis deb qarashgan77.

Biz bu holatlarga ellipsis hodisasi deb qarolmaymiz, sababi bu gapda tushirib qoldirilayotgan so‘zlar gap bo‘lagi bo‘lib kela olmasligidir.



Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Eronda fors tilida sodda gap ellipsisining sintaktik jihatdan bunday tahlilida yevropa va o‘zbek tillari kabi bo‘lsada, bir narsaga etibor qaratish lozim. Eronda mazkur mavzu bo‘yicha bir nesha tadqiqot va darsliklarda terminlarning ishlatilishi bilan bog‘liq g‘alizlikni kuzatish mumkin. Ellipsis sintaktik jihatdan tahlil etilgan, lekin sintaksis va morfologiyaga xos bo‘lgan terminlar aralash holatda qo‘llangan:

حذف فعلfe’lning tushib qolishi va حذف قیدravishning tushib qolishi

Bu terminlar o‘rnida shu tushib qolgan so‘zlarning sintaktik vazifasidan kelib chiqib (حذف فعل – fe’lning tushib qolishi emas, fe’l kesimning tushib qolishi yoki حذف قیدravishning tushib qolishi emas, payt holining tushib qolishi kabi) nomlash maqsadga muvofiq.



Sodda gaplarda sintaktik ellipsis asosan dialogik nutqda yuz beradi.

Fors tilida sintaktik ellipsisni tahlili shuni korsatadiki, elliptik sadda gaplar orasida gapning bosh bo‘laklari, ya’ni ega va kesimning ellipsisi ikkinchi darajali bo‘laklarning ellipsisga uchrash holatidan ko‘proq kuzatildi.

Misollardan ko‘rindiki, gapning kesimi aksariyat hollarda ega bilan birga yoki unga bog‘langan so‘z bilan birga tushib qoladi.

Aniqlovchining alohida holatda ellipsisga uchrashi juda kam uchraydi. Aniqlovchi asosan o‘zi aniqlab kelgan bo‘lak bilan birga tushib qoladi.

UCHINCHI BOB



SODDA GAPLARDA ELLIPSIS TURLARI
3.1. Semantik ellipsis
Yevropa tilshunosligida Sh. Balli, O‘zbek tilshunosligida F. Ibragimova va N. Maxmudovlar ellipsisning turlariga alohida to‘xtalib o‘tadilar.

“Semantik ellipsisda ifodalanmagan qismning til formasi aniqlanmagan va “tilga olinmagan” ma’noni ifodalashi uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta variantlar qo‘llanilishi mumkin78:



Guillaume... vivant !

Geyom…..yashasin!”

Semantik ellipsis gapdagi ma'lum so‘zlar semantikasiga bog‘liq bo‘lib, unda ham gap bo‘laklari tushishi yuz beradi. Boshqacha aytganda, ellipsisga uchragan so‘z ma'nosi nutqda saqlangan boshqa so‘z ma'nosida aks etadi. Semantik ellipsisning namoyon bo‘lish imkoniyati belgilangan so‘z semantikasi hisoblanadi”79. N.Maxmudov semantik ellipsisni yuzaga keltiruvchi omillarni quyidagicha ko‘rsatadi: 1. Gapning ma'lum bo‘lagiga mantiqiy urg‘u tushishi. 2. Ekspressiv bo‘yoqdorlik hosil qilishga intilish. 3. Tavtologiyadan qochish80. Badiiy matnda ellipsisning sodir bo‘lishida va lingvopoetik vosita sifatida amal qilinishida ushbu omillarning yetakchilik qilishi va o‘zaro uyg‘unlashuvi kuzatiladi. N. Maxmudovning ta’kidlashicha, mantiqiy urg‘u o‘rnining o‘zgarishi gapda so‘z tartibining o‘zgarishiga olib keladi. Mantiqiy urg‘u olgan so‘zning, asosan, kesim oldiga o‘tishi, ba'zan kesimlik mavqeiga ega bo‘lishi tufayli ellipsis hodisasi sodir bo‘ladi.

Semantik ellipsisda so‘zlovchi ruhiy holati, nutq qaratilgan shaxsga bo‘lgan munosabati matndagi aktualizatorga bog‘liq bo‘ladi, aktualizatorning semantik tabiatiga bog‘liq holda emotsionallikning turli ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi.

Masalan:

Gapirma-gapirma, - dedi O‘zbek oyim, - boshda shu marg‘ilonliq balosiga o‘zing sababchi bo‘lg‘anmisan, hali ham o‘shaning tomonini olib so‘zlaysan! Sandek soqoli uzun, aqli qisqadan kengash so‘rab o‘lturg‘an men ham ahmoq! Hasanalining chalg‘itishi va hayron bo‘lishi O‘zbek oyimning tabiatini yaxshi bilgani uchun edi. Ul o‘z xohishiga teskari kelgan haqiqatni ko‘rmaydirgan qiziq bir tabiatga molik edi. -O‘zingiz to‘g‘risini so‘zlatib, tag‘in nega mendan xafa bo‘lasiz, oyi, - deb muqobala qila boshlag‘an edi, O‘zbek oyim yana gurullab ketdi:

- Bo‘ldi-bo‘ldi... tuzingni ichib, tuzlig‘ingga tupurganni xudoy ko‘tarsin, -dedi.

(A.Qodiriy, “O‘tkan kunlar” romani).

Keltirilgan matnda semantik ellipsis vositasida emotsionallikning turli ko‘rinishlari aks etgan. Hasanalining xatti-harakatidan norozilik ma'nosi O‘zbek oyim nutqida kamsitish, haqorat ifodalovchi soqoli uzun, aqli qisqadan kengash so‘rab o‘lturg‘an men ham ahmoq, tuzingni ichib, tuzlig‘ingga tupurganni xudoy ko‘tarsin kabi gaplardagi semantik ellipsisli ifodalar vositasida berilgan. O‘zbek oyimning Hasanaliga bo‘lgan salbiy munosabati tilimizdagi asosan ayollarga nisbat beriluvchi sochi uzun, aqli qisqa iborasini o‘zgartirib qo‘llash bilan yanada kuchaytirilgan”81.

“Asosiy holatlarda semantik ellipsis natijasida gapning semantik-sintaktik strukturasida deyarli o‘zgarish bo‘lmaydi. Faqat gapda keng ma'nodagi aniqlovchi belgi egasini ham ifodalagani holda poetik ta'kid oladi. Ellipsisning boshqa turlaridagicha bo‘lmasa-da, semantik ellipsis ham badiiy matnda o‘ziga xos lingvopoetik vazifani bajaradi”82.
حذف به قرینه معنوی (semantik ellipsis) − eshituvchi yoki o‘quvchi vaziyatdan to‘la xabardor bo‘ladi va jumla tarkibida ba’zi so‘zlarni qo‘llashning hojati qolmaydi83. Eronshunos olimlarning semantik ellipsisga bergan ta’riflarining hammasi bir-biriga juda yaqin, farq deyarli ko‘rinmaydi84.

Masalan:


دانش‏آموزی وارد کلاس می‏شود و در را می‏بندد و معلم می‏گوید: (تو) نبند. (تو) بگذار. (در) باز بماند!

Bir o‘quvchi xonaga kiradi va eshikni yopadi va o‘qituvchi aytadi: (sen) yopma, (sen) qo‘y, (eshik) ochiq qosin!

(28 (مدیر مدرسه، ص



Bu misolda tinglovchi ham eshituvchi ham vaziyatdan tolaligicha xabardor. Shu sababli bu o‘rinda ba’zi so‘zlarni tushirish va tushirilgan so‘zlarni esa tushinish mushkil emas.

نرو. من هم بیایم . ( تو نرو. تو صبر کن من هم بیایم.)



(sen) Borma. (Sabr qil) Men ham boraman.

( تو چه قدر دیر آمدی! )چه قدر دیر!

(Sen) Namuncha kech (kelding)!

(28, "گزیده داستانها". ­ ص 31, جلال آل احمد )

Bu gapda hem semnatik ellipsisni kuztish mumkin.
3.2. Kontekstual ellipsis
Sh. Balli kontekstual va situativ ellipsisni farqlagan. Kontakstual ellipsisda elliptik bo‘lak ifodalanmaydi, uning ma’nosi esa kontekstdan kelib chiqib aniqlanadi85.

F. Ibragimova va N. Maxmudovlarning ko‘rsatishlaricha, ellipsis hodisasining yuzaga kelishida kontekst va situatsiya asosiy omillardan hisoblanib, axborot mazmunini tinglovchiga yetkazishda yordam beradi. Shunga ko‘ra, ellipsisni ikki tur – situativ va kontkstual ellipsisga ajiratadilar. Eron tilshunosligida esa fors tilida ellipsis hodisasining bunday turlarga ajiratilganligiga guvoh bo‘lmadik. Kontekst deganda, nutq muhitlari majmui tushuniladi. Kontekst til omili sifatida, vaziyat esa tildan tashqari, ya'ni ekstralingvistik omil sifatida namoyon bo‘ladi. Kontekstual ellipsislar, asosan, dialoglarda sodir bo‘ladi. Ammo bu monologik nutqda konteksttual ellipsis sodir bo‘lmaydi degani emas. Monologik nutqda ham kontekstual ellipsis kuzatiladi. Kontekstual ellipsislar badiiy nutqda xilma-xil lingvopoetik imkoniyatlarga ega.

O‘zbek tilida misol:

...Zamonali buning sababini sezdi: “Kasalini hech unutmaydi-da”.

- Unutdim degan edingiz-ku, Cho‘lponoy?

- Boshqa narsani unutolmayman.

- Nimani?

- Menga qilgan shuncha yaxshilingiz ham yetadi

(P. Qodirov, “Qora ko‘zlar”romani) parchasida kasallik tushunchasini ifodalovchi so‘zlar Zamonali nutqida ataylab tushirib qoldirilgan86. Bunga kontekst, ya'ni parchadagi boshlovchi jumla imkon bergan.

Dialoglarda kontekst, ya'ni nutq ishtirokchilarining gaplari g‘oyat muhim

rol o‘ynaydi. Shu asosda so‘zlovchi tomonidan asosiy deb hisoblanmagan bo‘laklar

tushirib qoldiriladi. “Kontekstual ellipsis gapning aktual bo‘laklanishi nuqtai nazaridan, tema ifodachisi bo‘lgan bo‘lakni tushirib, uni ta'kidlash uchun xizmat qiladi”87. Ibgagimovaning ta’kidlashicha, “O‘zbek tilida ayrim hollarda konteksttual ellipsis frazeologik iboralarning muayyan qismlarini tushirib qoldirish hisobiga ham bo‘ladi.

Masalan:


- Zanjabil ham esdan chiqmasin, hoy Shamsiddinxon aka!

- Chiqmaydi, chiqmaydi, - deydi Shamsiddin qo‘llarini ko‘kragida qovushtirib.

(E.A'zam, “Farishta” kinoqissasi).

Parchada birinchi replikada “esdan chiqmoq” iborasi qo‘llangan bo‘lib, ikkinchi

replikada uning esdan qismi kontekstual ellipsisga uchragan. Bu iboraning tayanchnqismi chiqmaydi shaklida elliptik gapni hosil qilgan va u ikki marta takrorlangan. Bunday holatni biz fors tilida ham uchratdik.

Masalan:


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə