Toshkent davlat stomatologiya instituti m. N. Israilova lotin tili va tibbiy farmatsevtik terminologiya asoslari



Yüklə 429,72 Kb.
səhifə27/107
tarix11.04.2022
ölçüsü429,72 Kb.
#85272
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   107
Lotin tili va tibbiy.farmat. Israilova M.N.

Qorbo‘ron o‘yini
Bu usul talabalarda harakat va qiziqishnioshirib, yanada leksik minimumlarni va grammatik mavzuni mustahkam puxta egallab olishlariga yordam beradi. Bu metodda talabalar o‘zaro savol-javob qiladilar. Bir talaba boshqa talabaga savol beradi, u talaba savolga javob bera olsa, o‘z navbatida o‘zi istagan talabaga savol beradi. Eng ko‘p javob bergan talaba eng ko‘p savol bergan talabaga savol beradi. Talabalar bergan savollar miqdoriga qarab baholanadi. O‘qituvchi talabalarning javoblarini nazorat qilib, har bitta to‘g‘ri javobga ball qo‘yib boradi va baholaydi.

O‘yinni boshlash uchun mavzu bo‘yicha quyidagi so‘zlardan foydalanish mumkin:

atlas, axis, dorsum, homo, thorax, major, medius, profundus, vertebra, substantia, lateralis, ventralis, truncus, horizontalis, superficialisi.e.

Aqliy hujum
Bu o‘yin biror muammoni yechishda guruh qatnashchilari tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarnito‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan eng samarali metoddir. Bu metod orqali shaxsni texnik rivojlantirish mumkin. U to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashgao‘rgatadi. «Aqliyhujum» metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar:

1. Bildirilgan g‘oya va fikrlar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi;

2. Bildirilgan har qanday g‘oya va fikrlar, ular xatto, bo‘lmag‘ur bo‘lsa ham hisobga olinadi;

3. Qancha ko‘p g‘oya va fikrlar bildirilsa, shuncha yaxshi;

4. Bildirilgan g‘oya va fikrlarni to‘ldirish va yanada kengaytirish mumkin;

5. G‘oya va fikrlarni bildirish uchun vaqt aniq belgilanadi.

O‘yinni boshlash uchun mavzu bo‘yicha quyidagi so‘zlardan foydalanish mumkin:

bursa, valvula, vena portae, cerebellum, encephalon, nodus, ostium, oculus, cavus, cutaneus, latus, auricularis, lacrimalis, lingualis i.e.



Yüklə 429,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə