Toshkent davlat stomatologiya instituti m. N. Israilova lotin tili va tibbiy farmatsevtik terminologiya asoslari



Yüklə 429,72 Kb.
səhifə29/107
tarix11.04.2022
ölçüsü429,72 Kb.
#85272
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   107
Lotin tili va tibbiy.farmat. Israilova M.N.

Qaqshatqich zarba o‘yini
Bu o‘yinda talabalar ikkita guruhga bo‘linib oladilar. Bunda birinchi guruh talabalaridan biri doskaga chiqadi va ikkinchi guruh talabalari undan o‘zbekcha so‘zlardan tuzilgan anatomik termini doskadagi raqib guruh talabasiga aytishadi. Doskada u savolga yozmajavob beradi va joyiga o‘tiradi. Shundan so‘ng ikkinchi guruh talabalaridan bir vakil chiqib, birinchi guruh savoliga sha’y turadi. Shunday holda ikkala guruhdagi barcha talabalar savol-javob qilinadi.

O‘yinni boshlash uchun mavzu bo‘yicha quyidagi so‘zlardan foydalanish mumkin:

abdomen, caput, corpus, crus, foramen, hepar, pectus, tempus, tegmen, zygoma, viscus, systema, glomus, occiput, stroma, chiasma, femur i.e.
Insert” usuli
Bu usul samarali o‘qish va fikrlash uchun matnda belgilashning interaktiv tizimidir. U talabalarning bazis bilimlarini tekshirishga, fan yoki mavzu bo‘yicha qay darajada bilimga ega ekanligi, qaysi bilimlarga ko‘proq e’tibor berish kerakligi haqida ma’lumot olishga mo‘ljal­langan. Bu metod pedagogga o‘quv materialini o‘zlashtirish va mustahkamlash borasidagi qator muammolarni hal qilishga yordam beradi. Talabalarga matn bilan, kitob bilan mustaqil ishlash malakalarini rivojlantirish xususiatiga ham ega.

Ushbu metodda talabalarga mavzuning tayyor matni tarqatiladi va ular mavjud bilimlaridan kelib chiqqan holda, matnda quyidagi belgilarni belgilab chiqadilar:



  • men buni bilaman

+ men uchun yangi axborot

– mening bilganlarimga qarama-qarshi

? men uchun noma’lum, menga qo‘shimcha axborot kerak

Bu usulda mavzu bo‘yicha quyidagi so‘zlardan foydalanish mumkin:

cancer, colica, coma, cysta, diabetes, eczema, gangraena, glaucoma, hernia, icterus, paralysis, paresis, pneumonia, varix i. e.
Baliq” o‘yini
Bu usulda mavzu bo‘yicha quyidagi so‘zlardan foydalanish mumkin:

omphalitis, typhlitis, oophoritis, dacryocystitis, trachelitis. cervicitis, sal­pingitis, orchitis, gonarthrosis, diverticulosis, diverticulitis, mastoiditis.


Nafis arra” oyini
Mazkur metod yordamida talabalar o‘rganiladigan material bo‘yicha ma’lum bilimga mustaqil ega bo‘lishi, jamoa bilan ishlash malakasini olishi, axborot bilan almashish hamda jamoa bo‘lib qaror qabul qilishi ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.


Talabalar 2-3 guruhgabo‘linadi

Har bir guruhga o‘rganiladigan material bo‘yicha mavzu berish

Mavzuni o‘rganish va muhokama qilish

Materialga oid muammoli vaziyatni berish

O‘rganiladigan material


Yangi ekspertlar guruhini tuzish



Har bir mavzu mazmunini o‘rganish


Muammoli vaziyatni muhokama qilish va to‘g‘ri yechimini topish

Bu usulda mavzu bo‘yicha quyidagi so‘zlardan foydalanish mumkin:

tabulattae Octeoestroli, tabulattae Pantocrini, tabulattae Mycoseptini obductae, species cholagogae, unguentum Tetracyclini ophtalmicum.
Qorbo‘ron” o‘yini
Bu usul talabalarda harakat va qiziqishnioshirib, yanada leksik minimumlarni va grammatik mavzuni mustahkam puxta egallab olishlariga yordam beradi. Bu metodda talabalar o‘zaro savol-javob qiladilar. Bir talaba boshqa talabaga savol beradi, u talaba savolga javob bera olsa, o‘z navbatida o‘zi istagan talabaga savol beradi. Eng ko‘p javob bergan talaba eng ko‘p savol bergan talabaga savol beradi. Talabalar bergan savollar miqdoriga qarab baholanadi. O‘qituvchi talabalarning javoblarini nazorat qilib, har bitta to‘g‘ri javobga ball qo‘yib boradi va baholaydi.

Bu usulda mavzu bo‘yicha quyidagi so‘zlardan foydalanish mumkin:

linimentum “Sanitas”, tabulattae “Cholenzymum”, flores Calendulae, solutio Glucosi, tabulattae “Panhexavitum”, species amarae.
Konkurs” o‘yini
O‘yin darsning mavzusi, maqsadi, mavzudan kutiladigan natijalar, ushbu mavzu bo‘yicha talabalarni baholash mezonlari va mashg‘ulot olib borish tartibi tushuniladi. So‘ng ikkita kichik guruhlar tuzib olinadi, bu guruhlar yarimdoira shaklida qarama-qarshi bo‘lib o‘tiradilar.

Kichik guruhlar o‘z guruhlariga nom beradilar (misol uchun doktor Aybolit, Aspirin, Ibn Sino va h.k.) va o‘z sardorlarini saylaydilar. Sardorlar “Ekspert” ya’ni baholovchi vazifasini bajaradilar.

Guruh sardorlari vazifalar topshiradilar.

Dorilarning qisqartma nomlari va ularni retseptda yozilishi kim tez va xatosoiz yozish ustida ishlanadi.

“Ekspertlar” o‘qituvchi boshchiligida bajargan ishlarni baho­lay­dilar. Baholar esa dorilar ramzida belgilanadi:

Askorbinka – a’lo

Aspirin – yaxshi

Levomitsetin – o‘rta

Bu usulda mavzu bo‘yicha quyidagi so‘zlardan foydalanish mumkin:

solutio Strophanthini, tabulattae Prednisolini, suppositoria vaginalia “Osarbonum”, tabulattae Mycoseptini obductae, species cholagogae.


Yo‘lbars” o‘yini
O‘yin ishtirokchilari: yo‘lbars, ovchi yoki sudya

O‘yin qoidasi:

1. Talabalar 2 guruhga bo‘linadi

2. Guruhlarga sardorlar tayinlanadi

3. Sardorlar o‘yin ishtirokchilaridan birini tanlaydi

4. Guruhlar bir-birlariga teskari qarab, qaysi ishtirokchi ekanliklarini kelishib olishadi

5. O‘qituvchi tomonidan 3 gacha sanaladi va guruhlar bir-birlariga qarab, o‘z ishtirokchilarini namoyon qilishadi

6. Agar 1-guruh ishtirokchisi Yo‘lbars bo‘lib, 2-si Ovchi bo‘lsa, bunda Ovchi Yo‘lbarsni otib qo‘yadi va Ovchi guruhi Yo‘lbars guruhiga savol tashlaydi

7. Agar 1-guruh Ovchi bo‘lib, 2-si Sudya bo‘lsa, unda Sudya Ovchini sud qiladi va Sudya guruhi Ovchilarga savol tashlaydi

8. O‘yin shu tariqa ishtirokchilarni tanlash orqali davom ettiriladi

9. Savollar 7 gacha raqamlangan bo‘ladi va savol beruvchi guruh 1 ta raqamni tanlab savol beradi.

Ushbu usulni boshlash uchun mavzu bo‘yicha quyidagi so‘zlardan foydalanish mumkin:

Benzylpenicillinum, Aethylmorphinum, Acidum acetylsalicylum, Methylii salicylas, Phenylii salicylas, Amylii nitris.


Yüklə 429,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə